Shvetsiya imperiyasi

Shvetsiya imperiyasi - Yevropa tarixida 1611-1718 yillar orasidagi muhim ahamiyatga ega imperiyalardan biri edi. Shved tilida u „buyuk kuch davri“ degan maʼnoni anglatuvchi „stormaktstiden“ soʻzi bilan ataladi.[1] Gustavus Adolphus 1611 yildan imperiya qiroli boʻlgan edi. Bu davrda Yevropa siyosiy, diniy va harbiy toʻqnashuvlarga toʻla edi. Oʻttiz yillik urush (1618-1648) va Ikkinchi Shimoliy urush Shvetsiyaga oʻz taʼsir doirasini kengaytirish imkoniyatini berdi.

Tarix

Imperiyaning harbiy oʻsishi

Qirol Gustavus Adolphus Shvetsiyani kuchli davlatlardan biri boʻlishiga sababchi boʻlgan edi. Shvetsiya armiyasining kuchli piyoda qoʻshinlari bor edi va u ularni aql bilan boshqargan. Ketma-ket erishilgan gʻalabalar masalan 1631-yildagi Breitenfeld jangidagi kabi muvaffaqiyatli gʻalabalar Shvetsiyani kuchli davlatlar orasiga olib chiqdi. Shvetsiyaning juda kam sonli askarlari boʻlgan urushlarda muvaffaqiyat qozonishining asosiy sababi uning ilgʻor harbiy taktikasi edi.

Muhim yutuqlar

Bu davrda Shvetsiya ilm-fan, madaniyat va savdo sohasida ancha rivojlandi. Shuningdek 1786-yilda Stokgolmda Shvetsiya akademiyasi ochildi. Bu shved tili va adabiyotining rivojlanishi uchun muhim turtki edi. Imperiyaning asosiy Boltiqboʻyi savdo yoʻllari ustidan nazorati uning iqtisodiy barqaror boʻlishiga yordam bergan. Shvetsiyaning shahar markazlarida buyuk meʼmorchilik, jonli sanʼat va gullab-yashnayotgan madaniyat sahnasi paydo boʻldi.

Chekinish va Buyuk Shimoliy urush

Imperiya 1700-1721 yillar orasida davom etgan Buyuk Shimoliy urush tufayli tanazzulga yuz tutdi. Shvetsiya Rossiya, Daniya-Norvegiya va Polsha-Litva kabi yirik kuchlar ittifoqiga qarshi kurashdi. Shuningdek imperiya ushbu davrda bir necha muhim hududlarni yoʻqotdi va bu imperiyaning qulashini belgilab berdi.