Social Blade

Social Blade (baʼzida SocialBlade deb yoziladi) — bu YouTube, Instagram, Tvitter,Facebook, Mixer, Dailymotion va DLive kabi iktimoiy tarmoqlarning statistika va analitik tahlilini kuzatuvchi veb-sayt hisoblanadi. Social Bladening bosh direktori Jeyson Urgodir[1].

Tarix

Social Blade bosh direktori Jeyson Urgo[2][3],  2008-yilning fevral oyida Digg  saytining statistikasini kuzatish uchun veb-sayt ochdi. 2010-yilda sayt YouTube statistikasini kuzatishga oʻtdi[4].  2012-yil oktabr oyida Social Blade MChJga aylandi.  2014-yilda esa Social Blade konsalting va kanallarni boshqarish xizmatlarini ishga tushirdi[5][6].

2018-yilning 24-oktabrida Social Blade onlayn qarama-qarshilikda T-Series va Pyudipaem oʻrtasidagi obunachilar soni boʻyicha „poyga“ni kuzatish uchun mashhur jonli efirni ishga tushirdi[7]. 2019-yilning aprel holatiga koʻra, jonli efir muntazam ravishda 900 tomoshabinga ega boʻldi va ularning obunachilari sonining sezilarli darajada oshishiga olib keldi. 2019-yilning aprel oyida eʼtiborni jalb qilish uchun Social Blade birinchi aprel hazilini eʼlon qildi, unga koʻra foydalanuvchilarga obunachilar soni va darajalarini oshirishga ruxsat berdi[8][9][10].

2019-yilning sentysbr oyidan boshlab Social Blade endi 1000 dan ortiq obunachiga ega kanallar uchun obunachilar sonini batafsil koʻrsatmaydi.

Maʼlumotlarni toʻplash va boshqa funktsiyalar

Tez-tez soʻraladigan savollar (FAQ) sahifasida Social Blade shunday deb yozgan edi: "Social Bladening millionlab foydalanuvchilari ehtiyojlarini qondirish uchun kuzatishimizni eng yaxshi darajada kengaytirish maqsadida biz YouTube ommaviy APIdan maʼlumotlarni olamiz. Bu shuni anglatadiki, biz YouTube kanalining umumiy sahifalarida koʻrgan bir xil maʼlumotlarni olamiz, biz bu maʼlumotlarni bir necha kun davomida oʻrganish va ularni siz uchun foydali boʻlgan displey formatida birlashtirish ustida ishlaymiz[11]. Social Blade shuningdek, obunachilar soni boʻyicha bashoratlarni ham oʻz ichiga oladi[12]. Social Blade shuningdek, real vaqt rejimida obunachilar soni yangilanishini ham taqdim etadi.

SocialBlade shuningdek, ijodkorlarga hamkorlikda yordam berish uchun kontent yaratuvchilari va YouTube koʻp kanalli tarmoqlari bilan ishlash orqali ham ajralib turdi[13].

Tan olish

Ijtimoiy tarmoqlar

YouTubening rasmiy Twitter akkaunti @TeamYouTube „Iltimos, shuni yodda tutingki, SocialBlade kabi uchinchi tomon ilovalari obunachilar faolligini aniq aks ettirmaydi“. Rasmiy Social Blade Twitter akkaunti ushbu tvitga quyidagicha izoh berdi: „Biz maʼlumotlar yaratmaymiz. Biz uni YouTube APIdan olamiz[14]. Biz uning aniqligiga tayanamiz“[15].

Ommaviy axborot vositalari

Social Blade maʼlumotlari va tahlillari turli xil axborot agentliklari (masalan, Money, NBC i HuffPost)[16][17][18] hamda internet madaniyatiga yoʻnaltirilgan ommaviy axborot vositalarida (masalan, Kotaku, Polygon i Tubefilter) foydalanilgan[19][20][21].

Social Blade tomonidan eʼlon qilingan kuzatuvchilar statistik maʼlumotlaridan foydalanish bilan bir qatorda, ommaviy axborot vositalari kontent yaratuvchisi yoki hisob qaydnomasining taxminiy daromadiga nisbatan Social Blade-ga ham murojaat qiladi[22]. HuffPost yozishicha, „Social Blade har bir YouTube kanali daromadini reklamani mingta tomoshadan tushgan pulga qarab hisoblaydi. Bu taxminlar aniq emas. Buning oʻrniga ular kanal ishlay olishi mumkin boʻlgan minimal va maksimal miqdorni belgilaydi; baʼzi hollarda diapazon juda katta boʻlishi ham mumkin“. Social Bladeni qoʻllab-quvvatlash menejeri Jenna Arnoldning taʼkidlashicha[23], „diapazon juda katta, chunki CPM [mingta tomosha narxi] juda farq qiladi. Oʻrtacha $0,25 dan $4,00 gacha boʻlishi mumkin“. Urgo shuningdek, har 1000 tomosha uchun $0,25-4,00 orali’i haqida fikr bildirdi va „ushbu maʼlumotlar aniq emas va vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turadi, lekin koʻpchilik kanallar uchun odatda toʻgʻri boʻladi“ deb taʼkidladi[24][25].

Social Blade blogi, shuningdek, „kontent yaratuvchilarni qiziqtiradigan maqolalar va yangiliklar bilan doimiy ravishda yangilanib turadi, bu ularga YouTube va boshqa ijtimoiy media xizmatlaridan yaxshiroq foydalanish yoʻllariga ega boʻlish va rivojlanayotgan tendentsiyalardan xabardor boʻlishga yordam beradi“ deb qayd etilgan[26].

Manbalar