Tirik qolish rejimi

Tirik qolish rejimi — videooʻyinlardagi oʻyin rejimi boʻlib, unda oʻyinchi oʻyinda imkon qadar uzoq tirik qolishi kerak, oʻyin esa oʻyinchiga borgan sari qiyinlashib boruvchi topshiriqlar yoki vazifalar yuboradi.[1] Shunindek, rejimning bir turida oʻyinchi maʼlum bir vaqt davomida yoki maʼlum bir toʻlqingacha chidab berishi kerak, shundan soʻng gʻalabaga erishiladi.[2] Ushbu rejim minora mudofaasi oʻyinlari orasida keng tarqalgan boʻlib, unda oʻyinchi maʼlum bir yerning mudofaasini kuchaytirgan holda dushman kuchlaridan iloji boricha uzoq vaqt himoyalanishi kerak.[3] Tirik qolish rejimini klassik arkada oʻyinlariga oʻxshatishadi, bunga sabab, u yerda ham oʻyinchilar borgan sari kuchayib boradigan dushmanlar toʻlqiniga qarshi kurashishadi.[4] Ushbu rejim oʻyinga aniq, baʼzan esa kutilmagan yakun yasashga moʻljallangan boʻlib, bundan koʻzlangan maqsad boshqa oʻyinchilar ham oʻynay olishi uchundir.

1993-yilning noyabrida „Power Instinct“ oʻyini oʻzining Super Nintendo portiga „Life Attack“ deb ataluvchi tirik qolish rejimini qoʻshdi. Game Boyʼdagi „Street Fighter II: The World Warrior“ ushbu rejimni 1995-yilda taqdim etadi, shundan keyin, 1996-yilda „Tekken 2“ va 1997-yilda „Street Fighter EX“lar ham tirik qolish rejimini o‘z ichiga oldi. Tirik qolish rejimiga ega mashhur zombi oʻyinlarga Left 4 Dead seriyasi,[5] „Call of Duty: World at War“dan keyingi Call of Duty seriyasidagi oʻyinlar[6][7] va minora mudofaasi oʻyini boʻlmish „Plants vs. Zombies“lar kiradi.[8] „Gears of War 2“da tirik qolish rejimining oʻrindosh nomi oʻlaroq „oʻrda rejimi“ atamasini kiritiladi,[9] keyinchalik bu atama „World War Z“ kabi boshqa oʻyinlar tomonidan ham oʻzlashtirib olinadi.[10] Bundan tashqari, „Minecraft“ kabi koʻplab qumloq oʻyinlar ushbu rejimdan oʻyinchilarni tungi vaqtda skelet va zombi kabi turli xil maxluqlarga qarshi tirik qolishida ishlatishadi.[11] Boshqa bir qumloq oʻyin „Rust“, oʻyinchimas personajlarni ham, boshqa oʻyinchilarni ham oʻyin muhitida tirik qolish uchun bir-biriga qarshi qoʻyib dushman oʻlaroq ishlatadi.[12]

Manbalar

Andoza:Video game gameplay