Turkum
Turkum (genus):
- 1) botanikada filogenetik jihatdan yaqin (qardosh) turlarni birlashtiruvchi asosiy taksonomik kategoriya. Zoologiyadagi urugʻ botanikadagi T. ga toʻgʻri keladi. Masalan, doʻlananing (Crataegus) har xil turlari (sariq, qizil va boshqalar) doʻlanalar T. iga birlashtiriladi. T.ning ilmiy nomi bitta lotincha soʻz bilan yuritiladi. T.lar bitta, bir nechta, oʻnlab, hatto yuzlab turlardan tashkil topadi. Har bir T. (urugʻ) biror oila tarkibiga kiradi.
- 2) zoologiyada hayvonlar sistematikasidagi taksonomik kategoriya, bir necha oilani birlashtiradi. Sistematikada koʻpincha T. sinflarga bevosita emas, balki oraliq kategoriyalar (ustturkum, infra sinf, kenja sinf) orqali birlashtiriladi.
Yana q.
🔥 Top keywords: HamletMaxsus:SearchSoliqBosh SahifaQuyoshAmir TemurTabiatMuhammad YusufFeʼlTopishmoqWilliam ShakespeareKonstitutsiyaAlisher NavoiyAbulfayzxon (drama)Quyosh tizimiOʻzbekistonAl-XorazmiyIbroyim YusupovOʻzbek tilining izohli lugʻati (2006–2008)Birlashgan Millatlar TashkilotiAbdulla OripovTabiatni muhofaza qilishJinsiy aloqaSayyoraMaʼnaviyatMatematikaTemuriylar shajarasiMisr piramidalariJadidchilikTurkistonOʻzbekiston Respublikasi Oliy MajlisiAbdurauf FitratFalsafaBrauzerYerBuyuk Ipak yoʻliBoburBahorSharq taronalari