Ulugʻbek Hamdam

Ulugʻbek Hamdam (Hamdamov Ulugʻbek Abduvahobovich) — yozuvchi, tarjimon. 1968-yil 24-aprelda Oʻzbekiston Respublikasi Andijon viloyati Marhamat tumani Yuqori Ravvat mahallasida duradgor oilasida tugʻilgan. 1988-yilda Toshkent davlat universitetining filologiya fakultetiga oʻqishga kirib, uni 1993-yilda tamomladi. 1992-yilda, davlat taʼlim taqsimotiga koʻra, oʻqishni davom ettirish uchun u Turkiyaning Konyo shahriga joʻnatildi[1].

Faoliyati

Ulug‘bek Hamdam

1993-1994-yillarda Sharqshunoslik institutida oʻqituvchi boʻlib ishladi. 1994-1996-yillarda Oʻzbekiston milliy universitetining oʻzbek filologiyasi fakultetining aspiranturasini tugatdi. 1997-yilda „XX asrning 30-yillari sheʼriyatida oʻzbekcha“ sof lirika „muammolari“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.

1997-yildan 2009-yilgacha Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutida katta va kichik ilmiy xodim boʻlib ishladi. 2003-yildan — Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining aʼzosi[2]. 2009-yildan 2016-yilgacha — „Sharq yulduzi“ jurnalining bosh muharriri[3]. 2016-yildan Alisher Navoiy nomidagi ToshDOʻTAUda jahon adabiyoti kafedrasi mudiri, 2017-yildan dotsent oʻqituvchi, 2021-yildan hozirgacha Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Til va adabiyot institutida XX asr oʻzbek adabiyoti va hozirgi adabiy jarayon boʻlimi mudiri boʻlib ishlamoqda.

Asarlari

Sheʼriy asarlari:

  • „Tangriga eltguvchi isyon“ (2002),
  • „Atirgul“ (2006),
  • „Seni kutdim“ (2007)

Nasriy asarlari:

  • „Yolgʻizlik“[4] (2000),
  • „Muvozanat“ (2003),
  • „Isyon va itoat“ (2004),
  • „Sabo va Samandar“,
  • „Uzoqdagi Dilnura“ (2010),
  • „Ota“ (2019)[5]
  • "Bizdan rozi bo'ling ota" (2022)
  • "Yaxshiyam sen borsan" (2023)

Ilmiy asarlari:

  • „Badiiy tafakkur tadriji“ (2003),
  • „Yangilanish ehtiyoji“ (2007),
  • „Jahon adabiyoti: Modernizm va postmodernizm“ (2020)[6]

Tarjimalari

Ulugʻbek Hamdam Jaloliddin Rumiyning „Ichindagi ichindadir“[7] (1997, 2001), professor Usmon Turonning „Turkiy xalqlar mafkurasi“ (1995) nomli asarlarini turk tilidan oʻzbek tiliga tarjima qilgan.

2018-yili Qozon shahrida "Ma'orif-Vaqt" nashriyotida uning "Yolg'izlik[8]" (Ялгызлык) asari tatarchaga tarjima qilingan. Tarjimon Fakil Safin.

Mukofotlari

Manbalar