Undan nimam kam?

oʻzbek xonandalari Tohir Sodiqov va Lola ijro etgan qoʻshiq

Undan nimam kam?“ — „Bolalar“ oʻzbek pop-rok guruhi solisti Tohir Sodiqov va Lola ijro etgan qoʻshiq. 2004-yil eʼlon qilingan. Lolaning oʻsha yili eʼlon qilingan „Muhabbatim“ nomli studiyaviy albomiga oʻn ikkinchi trek oʻlaroq kiritilgan[1]. Oʻzbekistonda hamda qoʻshni mamlakatlarga xitga aylangan. Qoʻshiq pop-rok janrida boʻlib, do minor tonalligida yozilgan[2]. „Undan nimam kam?“ matnini ham, kuyini ham Sodiqov yozgan[manba kerak].

„Undan nimam kam?“
Tohir Sodiqov va Lola qoʻshigʻi
Yozib olingan 2004
Janr pop-rok
Davomiyligi 3:57
Matn muallif(lar)i Tohir Sodiqov
Bastakor(lar) Tohir Sodiqov
Klipi
„Undan nimam kam?“ YouTubeda

„Undan nimam kam?“ qoʻshigʻining studiyaviy yozuvida ikki xonanda bandlarni navbati bilan ijro etgan, ammo Sodiqov ham, Lola ham bergan konsertlarida qoʻshiqni yakkaxon tarzda ijro etib keladi. Sodiqov qoʻshiq matnini bir oz oʻzgartirib, uning remiksini yozgan[3]. Lola esa 2011-yil qoʻshiqni jaz janrida yozib olgan[4][5].

2021-yil guruh aʼzosi Husan Sodiqov oʻzining rasmiy YouTube kanalida „Undan nimam kam?“ qoʻshigʻi remiksini guruhning 2019-yilga qadar eʼlon qilingan qoʻshiqlari remikslaridan, bir yangi qoʻshiq, bir kaver hamda bir popurridan iborat „21-albom“ nomli albomiga toʻrtinchi trek oʻlaroq kiritgan[6], ammo bu taronalar 2019-yilda albom shaklida eʼlon qilinmagan, balki shunchaki singl oʻlaroq chiqarilgan.

Shuningdek, „Undan nimam kam?“ qoʻshigʻi „Bolalar“ guruhining 2007-yil „iTunes“da eʼlon qilingan „The Very Best of the Fontana Years“ (tarjimasi „Fontana yillarning eng sara [qoʻshiqlari]“) terma albomiga 14-trek oʻlaroq kiritilgan[7]. Bu albom markaziy osiyolik xonanda yoki guruhning „iTunes“da eʼlon qilingan ilk albomidir. Ammo albom mualliflik huquqlari bilan bogʻliq kelishmovchiliklar tufayli 2012-yildan keyin platformadan olib tashlangan.

„Undan nimam kam?“ qoʻshigʻi uchun sodda klip suratga olingan. Unda Sodiqov va Lola bir guruh musiqachilar bilan qoʻshiqni ijro etayotgani tasvirlangan[8].

Manbalar

Havolalar