Vang Yafan

Vang Yafan (1994-yil 30-aprelda tugʻilgan) — xitoylik tennischi.

Vang Yafan
2019-yil
Hozirgi yashash joyiPekin, Xitoy
Tugʻilgan joyi va sanasi1994-yil 30-aprel
Nankin, Xitoy
Boʻyi1.70 m
MurabbiyiAlejandro Dulko
Pul jamgʻarmasi$ 2,170,438

Faoliyati davomida u WTA(Jahon tennis assotsiatsiyasi) turnirida bitta yakkalik va uchta juftlik, WTA 125 turnirida toʻrtta juftlik, shuningdek, ITF ayollar musobaqasida oʻnta yakkalik va oltita juftlik unvonini qoʻlga kiritdi. 2019-yil 7-oktyabrda u o‘zining eng yaxshi yakkalik reytingida 47-o‘ringa chiqdi. Vang Yafan 2016-yil 15-fevralda juftliklar reytingida 49-o‘rinni egalladi.

Faoliyati

Vang Yafan 1994-yilda Nankin shahrida tugʻilgan. Vang Yafan tennis bilan 9 yoshida shug‘ullana boshlagan[1]. Vang 2014-yil Shenzhen ochiq turnirida debyut oʻyinini oʻtkazdi va juftlik bahslarida Zheng Jie bilan hamkorlik qildi[2]. Bu juftlik birinchi raundda Sun Ziyue va Xu Shilinga qarshi oʻyinda gʻalaba qozondi va yarim finalda boʻlajak chempionlar Monica Niculescu va Klara Zakopalovaga magʻlub boʻlishdan oldin, Irina Buryachok , Oksana Kalashnikovani magʻlub etdi[2].

2014-yil sentyabr oyida Guanchjou ochiq chempionatida Vang yakkalik bahslarida joker belgisiga ega bo‘ldi va u yarim finalga yo‘l oldi. Birinchi bosqichda Vang Yafan dunyoning 20-raqamli oʻyinchisi Samantha Stosurni[3] va saralash bosqichida Petrani mag‘lub etdi. U yakunda chempion Monica Niculescu bilan bahsda imkoniyatni qoʻldan boy berdi[4].

Vang 2018-yilgi Mayami ochiq chempionatida oʻz karyerasini yuqoriroq koʻtarishga harakat qildi. Vang u yerda oʻninchi raqam ostidagi Angelique Kerberga qarshi ogʻir oʻyinda magʻlub boʻldi.

2019-yil: Birinchi WTA chempioni

Vang Akapulkodagi Meksika Ochiq chempionatida oʻzining birinchi WTA yakkalik chempionligini qoʻlga kiritdi, u yerda Vang Yafan Sofia Keninni 2-6, 6-3, 7-5 hisobida magʻlub etdi.

Mayami ochiq turnirida u birinchi raundda Kristina Mladenovichni magʻlub etdi. Ikkinchi raundda u dunyoning 5-raqamli oʻyinchisi Elina Svitolinani toʻgʻridan-toʻgʻri magʻlubiyatga uchratib, birinchi oʻnta oʻyinchiga qarshi birinchi gʻalabasini qoʻlga kiritdi (6:2, 6:4). Vang Yafan dunyoning 25-raqamli oʻyinchisi va Australiya ochiq chempionati yarim finalchisi Danielle Collinsga qarshi 7-5, 6-1 hisobida gʻalaba qozondi va toʻrtinchi raundga chiqdi, ammo keyin hamyurti Vang Qiangga imkoniyatni boy berdi.

Muhim finallar

WTA elita kubogi

Juftlik: 1 (1 ta medal)

NatijaYiliJoyiYuzasiHamkorRaqiblarHisob
Gʻalaba2015-yilChjuxay Elita kubogiQattiq Liang Chen Anabel Medina Garrigues Arantxa Parra Santonja6-4, 6-3

WTA karyera finallari

Juftliklar: 7 (3 ta unvon, 4 ta ikkinchi oʻrin)

NatijaGʻ-MTurnirDarajasiYuzasiHamkorRaqiblarHisob
Magʻlubiyat0-1Shenzhen ochiq chempionati, XitoyXalqaroQattiq Liang Chen Lyudmyla Kichenok Nadiya Kichenok4-6, 6-7 (6-8)
Gʻalaba1-1Malayziya ochiq chempionati, MalayziyaXalqaroQattiq Liang Chen Yuliya Beygelzimer Olga Savchuk4-6, 6-3, [10-4]
Gʻalaba2-1Elita kubogi, ChjuxayElita kubogiQattiq Liang Chen Anabel Medina Garrigues Arantxa Parra Santonja Anabel Medina Garrigues Arantxa Parra Santonja Anabel Medina Garrigues Arantxa Parra Santonja Anabel Medina Garrigues Arantxa Parra Santonja6-4, 6-3
Magʻlubiyat2-2Malayziya ochiq chempionati, MalayziyaXalqaroQattiq Liang Chen Varatchaya Vongteanchai Yang Chjaoxuan6-4, 4-6, [7-10]
Gʻalaba3-2Taypey ochiq chempionati, TayvanXalqaroQattiq Duan Yinging Nao Hibino Oksana Kalashnikova7-6 (7-4), 7-6 (7-5)
Magʻlubiyat3-3Xua Xin chempionati, TailandXalqaroQattiq Anna Blinkova Irina-Kameliya Begu Monika Nikulesku6-2, 1-6, [10-12]
Magʻlubiyat3-4Monterrey ochiq chempionati, MeksikaXalqaroQattiq Miyu Kato aterina Bondarenko Sharon Fichman6-4, 3-6, [7-10]

Manbalar