Vari
Vari (Lemur varius) — makilar (lemurlar) urugʻining bir turi. Madagaskar oʻrmonlarida katta poda boʻlib yashaydi. Boʻyi 0,6 m, dumi 0,6 m cha. V. bu uruqqa kiradigan turlar ichida eng yirigi. Tanasi qalin oq-qora jun bilan qoplangan. Boshi va boʻynining ikki yonida uzun junlari bor. Rangi har xil: baʼzilarida oq jun, boshqalarida esa qora jun koʻp, hatto, tamomila oq yoki qora junlilari ham uchraydi. Turli mevalar bilan oziqlanadi.
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
🔥 Top keywords: Maxsus:SearchBosh SahifaBirinchi yordamSayyoraAmir TemurVoleybolKoinotAlisher NavoiyBasketbolBotir ZokirovOʻzbekistonFeʼlAbdurauf FitratAbu Rayhon BeruniyJadidchilikFutbolHalima XudoyberdiyevaBirlashgan Millatlar TashkilotiKitobIslomIkkinchi jahon urushiNaqshFalsafaQoraqalpogʻistonTasviriy sanʼatYozAbu Ali ibn SinoOrol dengiziUslubDunyo aholisiAmerika Qoʻshma ShtatlariMicrosoft ExcelPoliz ekinlariInternetFutbol maydoniBirinchi jahon urushiTinish belgilariGʻarbiy frontda oʻzgarish yoʻqAllohning 99 nomi