Vasiliy Utkin

Vasiliy Vyacheslavovich Utkin (ruscha: Василий Вячеславович Уткин; 6-mart 1972-yil – 19-mart 2024-yil) – rossiyalik sport muxbiri, muallif, „Futbol klubi“ telekoʻrsatuvining boshlovchisi, tele va radio boshlovchisi, koʻngilochar, aktyor va Rossiyaning Sports.ru sport veb-saytining ham egasi boʻlgan[1].

Vasiliy Utkin
Tavalludi 6-mart 1972-yil
Balashikha, Moskva viloyati
Vafoti 19-mart 2024-yil(2024-03-19)
(52 yoshda)
Moskva, Rossiya
Fuqaroligi SSSR va Rossiya

Biografiyasi

U 2010-yil 1-sentabrda NTV Plus sport kanallari bosh muharriri etib tayinlangan va Match TVga qayta tuzilmaguncha bu lavozimda ishlagan[2].

Utkin 2015-yilda Tina Kandelaki bilan ishlashdan bosh tortgach, Match TV telekanalini tark etgan[3][4]. 2020-yilda uning Rossiyadagi yomon boshqaruv haqidagi qarashlari teleboshlovchi Vladimir Solovyov tomonidan hujumga uchradi[5].

Utkin shuningdek, hayratlanarli xatti-harakatlari va bayonotlari bilan tanilgan, baʼzilari hatto xalqaro janjallarga sabab boʻlgan[6][7][8][9][10][11].

Utkin oʻz faoliyati davomida ikki marta, 2001 va 2019-yillarda ochiq fikrlari uchun hujumga uchragan. Ikkinchi hujum Rossiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Stanislav Cherchesov bilan bogʻlangan[12].

Aktyorlik

Utkin Kvartet I ning „Saylov kuni“ spektaklida va „Saylov kuni“ (2007) va „Saylov kuni 2“ (2016) filmlarida gubernatorlikka nomzod Igor Saplin rolini ijro etgan[13][14].

Egrisi FK

2017-yilda Vasiliy Utkin Moskva havaskor futbol ligasining (HFL) shimoli-sharqiy hududidagi 3-divizionida oʻynaydigan „Egrisi“ (qadimgi Gruziya qirolligining nomi) havaskorlar jamoasining egasiga aylanadi[15]. Utkin AiF nashriga bergan interyusida quyidagilarni aytadi:

Ha, men bu klubni oʻz mablag'im evaziga qoʻllab-quvvatlayman. Albatta, men mashgʻulot oʻtkazmayman. Bizda yosh murabbiy bor. Jamoa asosan yoshlardan iborat. Ulardan baʼzilari talabalardir. Bizning darvozabon esa, IT-biznes sohasi bilan shugʻullanadi. Biz ataylab futbolchilarga maosh toʻlamaymiz – hamma bir gʻoya uchungina oʻynaydi. Ammo ularda sifatli mashgʻulotlar uchun zarur boʻlgan hamma narsa mavjud. Jamoa 3-diviziondan 2-ligaga oʻtayotgan vaqtda jamoa bilan shugʻullanishni boshladim. Bu yil esa biz 1-diviziondamiz, u yerda yirik hisobda peshqadamlik qilmoqdamiz. Maqsad oliy havaskorlar ligasiga chiqish va u yerda pullik oʻyinchilarsiz va sobiq profissional futbolchilarsiz gʻalaba qozonish mumkinligini koʻrsatish. Nima uchun menga klub kerak edi? Birinchidan, men endi yoshlar qanday musiqa tinglashini bilaman. Ikkinchidan, bu juda qiziqarli faoliyat.

—Vasiliy Utkin[15]

2018-yil yozda Utkin jamoani ushlab turish uchun 1,5 million rubl sarflaydi. Ushbu mablagʻ uskunalar, liga toʻlovlari, maydonlarni ijaraga olish, hakamlar xizmatlari va boshqalarga sarflangan[15].

Vafoti

Vasily Utkin 2024-yil 19-mart kuni 52 yoshida[16] Moskvadagi Pirogov kasalxonasida vafot etdi[17]. Oʻlimning dastlabki sababi oʻpka emboliyasi edi.

Manbalar

Havolalar