Vikipediya:OAV uchun/250K

OʻzbekchaEnglishНа русском

Oʻzbekcha Vikipediyada maqolalar soni 250 mingga yetdi

5-mart 2024-yil



Vikipediya, ochiq ensiklopediya — 200 000 maqola
Vikipediya, ochiq ensiklopediya — 200 000 maqola

Insoniyat tomonidan toʻplangan jamiki bilimlar barcha uchun ochiq boʻlgan dunyoni tasavvur qiling. Biz ana shunday dunyoni yaratyapmiz[izoh 1].

— Jimmy Wales, Vikipediya asoschisi

2024-yilning 5-mart kuni oʻzbekcha Vikipediyada[izoh 2] yaratilgan maqolalar soni 250 000 taga yetdi. Ikki yuz ellik minginchi maqola Ahadjon Ibrohimov (foydalanuvchi nomi Axadjon1) tomonidan yaratilgan Xkachoyang maqolasi boʻldi.

Oʻzbekcha Vikipediya ayni paytda 250 198 ta maqola bilan barcha tillardagi Vikipediyalar orasida 42-[izoh 3] oʻrinda bormoqda. Turkiy tillardagi Vikipediyalar orasida esa turkcha va tatarcha Vikipediyalardan keyin 3-oʻrinni egallab turibdi.

250 000-maqola 2022-yilda yoʻlga qoʻyilgan „WikiStipendiya“ marafonining uchinchi mavsumi doirasida yana bir „WikiOromgoh“ uyushtirilgan paytda yaratildi. Oʻzbekcha Vikipediyada maqolalar soni 2022-yilning 26-noyabrida 200 000 dan oshgan edi.

„WikiStipendiya“ oʻzbekcha Vikipediyadagi kontentni yaxshilashga qaratilgan boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan Oʻzbekiston axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda Oʻzbek tilida soʻzlashuvchi vikimediachilar foydalanuvchi guruhi bilan hamkorlikda tashkillashtirilgan.

Izohlar

Havolalar