Viskonsin

ViskonsinAQShning shimolidagi shtat. Michigan va Yuqori koʻllar oraligʻidagi tekislikda joylashgan. Mayd. 145,4 ming km2. Aholisi 5 mln.dan ziyod kishi (1990-yillar oʻrtalari). Maʼmuriy markazi — Madison shahri. Eng yirik shahri — Miluoki. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi— 6° dan — 13°gacha, iyulniki 18—22°. Yiliga 750 mm yogʻin yogʻadi. Daryolari (Viskonsin, Chippeva, Blek-River) Missisipi havzasiga kiradi. Hududida 2 mln. ga dan ortiq aralash oʻrmonlar bor. Iqtisodining muhim tarmogʻi — qishloq xoʻjaligi yerining asosiy qismi oʻtloq va yaylovlardan iborat. Makkajoʻxori va yemxashak oʻtlari, bugʻdoy, tamaki, kartoshka va qand lavlagi ekiladi. Bogʻdorchilik va polizchilik rivojlangan. Chorvachiligi sut yetishtirishga ixtisoslashgan. Sutli mahsulotlar ishlab chiqarishda yetakchi oʻrinda. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash, yogʻochsozlik, sellyuloza-qogʻoz, mebel ishlab chiqarish, mashinasozlik va metallsozlik, oziqovqat sanoati korxonalari bor. Pyx rudasi qazib olinadi. Buyuk koʻllarda kema qatnaydi. Yuqori koʻl sohillarida kurort koʻp.[1]

Viskonsin
Wisconsin
Shtat
Viskonsin bayrogʻiViskonsin tamgʻasi
Viskonsin bayrogʻiViskonsin tamgʻasi

Shtat laqabi:
(Badger State)

MamlakatAQSH bayrogʻi AQSh
PoytaxtMadison
Eng yirik shaharlarMilwaukee
Madison
Green Bay
Maydon

   • Butun
   • % suv

AQSh: 23-oʻrinda

169,639 km²
17.08 %

Aholi

   • Butun (2021)
   • Zichlik
   • Senat oʻrinlari
   • Elektoral ovozlari

AQSh: 20-oʻrinda

5,536,201
38.13 kishi/km²
8
10

YIM

   • YIM
   • YIM/kishi

AQSh: 19-oʻrinda

$211,616 million
$38,451

Ittifoqqa kirish

   • Sana

30-boʻlib

29 may 1848

VaqtUTC-6 (CST)
QisqartmaWV [54]
Shtat guliWood Violet

(Viola papilionacea)

Shtat daraxtiSugar Maple

(Acer saccharum)

Manbalar