Wang Jingbin

 

Wang Jingbin
王靖斌
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiWang Jingbin
Tavallud sanasi9-may 1995-yil (1995-05-09) (28 yosh)
Tavallud joyiBenxi, Liaoning, Xitoy
Boʻyi1.85 m (6 ft 1 in)
AmpluasiHujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Liaoning Shenyang Urban
Raqami19
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2005—2009Shenyang Xinyuanxiang
2010—2014Guizhou Renhe
2014—2015Guangzhou Evergrande
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
2012Shaanxi Laochenggen0(0)
2015Guangzhou Evergrande4(0)
2016→ Fagiano Okayama (Ijara)0(0)
2018→ Shanghai Shenxin (Ijara)14(0)
2020→ Shenyang Urban (Ijara)13(1)
2021Liaoning Shenyang Urban0(0)
Milliy terma jamoa
2016—2017Xitoy U-2311(3)
2017Xitoy2(1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2020-yil 31-dekabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2017-yil 21-iyul uchun)

Wang Jingbin (talaffuzi: Van Szinbin) (1995-yil 9-mayda tugʻilgan) — xitoylik futbolchi, hozirda Xitoyning Birinchi Ligasida „Liaoning Shenyang Urban“ jamoasida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati

Wang Jingbin futbolchilik faoliyatini 2010-yilda Guizhou Renhe yoshlar akademiyasiga qoʻshilganida boshlagan[1]. Keyin u 2012-yilgi mavsumda Xitoyning ikkinchi liga jamoasi Shensi Laochengenga qoʻshilgan va koʻp oʻtmay Guizhouga qaytgan[2]. U muvaffaqiyatli sinovdan soʻng 2014-yilda Xitoy Superligasi vakili „Guangzhou Evergrand“ga oʻtgan va 2015-yilning yozida Luiz Felipe Skolari tomonidan asosiy jamoa tarkibiga kiritilgan[3]. 2016-yilning 29-iyulida Wang J2 ligasi klubi Fajiano Okayamaga 2016-yilgi mavsum oxirigacha ijaraga berilgan[4]. U butun ijara muddati davomida Fagi safida maydonga tushmagan[5].

Wang 2017-yilgi mavsum uchun Guangzhouga qaytgan[6] va 2017-yil 16-aprelda „Tianjin Teda“ga qarshi safarda 3:0 hisobida g‘alaba qozonilgan o‘yinda klub safida debyut qilgan[7]. U 27-daqiqada Zhen Longga almashtirilgan[8]. 2017-yilgi mavsum oxirida Wang klub safida barcha musobaqalarda beshta oʻyinda maydonga tushgan.

Wang 2018-yilning fevral oyida Xitoyning birinchi ligasi vakili „Shanghai Shenxin“ klubiga bir mavsumga ijaraga berilgan[9]. 2018-yilning 11-martida u o‘z maydonida „Wuhan Zall“ga qarshi o‘yinda (1:0) debyut qilgan[10]. U o‘zining ilk golini 2018-yilning 10-aprelida 2018-yilgi Xitoy FA kubogi 3-bosqichida 2-liga klubi „Hunan Billows“ darvozasiga kiritgan[11].

Xalqaro faoliyati

2017-yilning 3-yanvarida Wang Xitoy terma jamoasining 2017-yilgi Xitoy kubogi uchun tarkibiga Marcello Lippi tomonidan Wu Ley o‘rniga chaqirilgan[12]. U 2017-yilning 10-yanvarida Islandiyaga qarshi o‘yinda (2:0) Xitoy terma jamoasi safida debyut qilgan va 80-daqiqada Kao Yunding o‘rniga maydonga tushgan[13]. U xalqaro miqyosdagi birinchi golini 2017-yilning 14-yanvarida uchinchi o‘rin uchun pley-offda Xorvatiyaga qarshi o‘yinda (1:1) kiritgan[14].

Faoliyat statistikasi

Klub statistikasi

KlubMavsumLigaMamlakat kubogiQitʼaBoshqaJami
BoʻlimOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGol
Shensi Laochenggen2012Xitoy Ikkinchi ligasi0000--00
Guangzhou Evergrand2015Xitoy Superligasi0000000000
20160000000000
20174010000050
Jami4010000050
Fajiano Okayama (ijara)2016J2 ligasi0000--00
Shanghai Shenxin (ijara)2018Xitoy birinchi ligasi14021--161
Shenyang Urban (Ijara)202013100--131
Karyerada jami311310000342

Xalqaro statistika

Milliy terma jamoa
YilOʻyinGol
201721
Jami21

Xalqaro maydondagi gollar

#SanaJoyRaqibHisobNatijaMusobaqa
1.14.01.2017Guangxi sport markazi, Nanning, Xitoy  Xorvatiya1 — 11-1 (4Xitoy kubogi 2017

Yutuqlar

Klub

Guangzhou Evergrand

Manbalar