Xaltali boʻri
Xaltali boʻri, Tasmaniya boʻrisi (Thylacinus cynocephalus) — yirtqich xaltalilarga mansub sut emizuvchi hayvon. Gavdasining uzunligi 100—130 sm, dumi 50—65 sm. Tanasi choʻziq, oyokdari uzun, orqa oyoqlarida 1 barmogʻi yoʻq. Xaltayei tanasining keyingi qismida ochiladi, sut soʻrgʻichlari 4 ta. Qoziq va oziq tishlari kuchli rivojlangan. Dingo (yovvoyi it) tarqalmasidan oldin Avstraliyaning barcha hududlarida yashagan. Yevropaliklar Avstraliyani kashf etganida faqat Tasmaniya orolida daraxtzorlarda qolganligi aniklangan (2 nomi shundan). 2—4 ta dan bolalagan. Xaltali boʻri soʻnggi marta 20 a.ning 40-yillarida uchratilgan. Hozir kirilib ketgan boʻlishi mumkin. Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi Qizil kitobiga kiritilgan.
🔥 Top keywords: HamletMaxsus:SearchSoliqBosh SahifaQuyoshAmir TemurTabiatMuhammad YusufFeʼlTopishmoqWilliam ShakespeareKonstitutsiyaAlisher NavoiyAbulfayzxon (drama)Quyosh tizimiOʻzbekistonAl-XorazmiyIbroyim YusupovOʻzbek tilining izohli lugʻati (2006–2008)Birlashgan Millatlar TashkilotiAbdulla OripovTabiatni muhofaza qilishJinsiy aloqaSayyoraMaʼnaviyatMatematikaTemuriylar shajarasiMisr piramidalariJadidchilikTurkistonOʻzbekiston Respublikasi Oliy MajlisiAbdurauf FitratFalsafaBrauzerYerBuyuk Ipak yoʻliBoburBahorSharq taronalari