Xvan Xi Chan

Xvan Xi Chan (koreyscha: 황희찬; 1996-yil 26-yanvarda tugʻilgan) — Janubiy Koreyalik professional futbolchi, Premyer-liganing „ Wolverhampton“ klubi va Janubiy Koreya terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Hwang Hee-chan
Hwang Red Bull Salzburg da, 2017-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiHwang Hee-chan[1]
Tavallud sanasi26-yanvar 1996-yil (1996-01-26) (28 yosh)
Tavallud joyiChuncheon, Gangwon, Janubiy Koreya
Boʻyi1.77 m[2]
AmpluasiHujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Wolverhampton Wanderers
Raqami11
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2009-2015Pohang Steelers
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
2015-2020Red Bull Salzburg86(28)
2015-2016→ FC Liefering (ijara)31(13)
2018-2019→ Hamburger SV (ijara)20(2)
2020-2022RB Leipzig20(0)
2021-2022Wolverhampton Wanderers (ijara)30(5)
2022-Wolverhampton Wanderers11(0)
Milliy terma jamoa
2011-2012Janubiy Koreya U177(7)
2013-2014Janubiy Koreya U2012(6)
2015-2018Janubiy Koreya U2322(5)
2016-Janubiy Koreya49(9)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 5-noyabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2022-yil 27-sentyabr uchun)

Xvang tajovuzkor oʻyin uslubi va familiyasi tufayli Janubiy Koreyada „Buqa“ (Xvansso) laqabini olgan.

Yoshligi

Xvan Xi Chan Chuncheonda tugʻilgan, ammo oilasi u tugʻilganidan soʻng darhol Bucheonga koʻchib oʻtgan. Oʻn bir yoshga toʻlgunga qadar oʻsha yerda yashadi[3]. Xvan Uijeongbu shahridagi Singok boshlangʻich maktabida futbol oʻynashni boshlagan. 2008-yilda Janubiy Koreya milliy yoshlar musobaqasi boʻlgan Xvarangdaegi turnirida va Dongvon yoshlar kubogida eng koʻp gol urgan. Koreyaning 12 yoshgacha boʻlgan terma jamoasida ham oʻynagan. Kanga kubogida 22 ta gol urib, turnirning yangi rekordini oʻrnatgan. Ushbu musobaqalardagi ajoyib oʻyinlari bilan Janubiy Koreyaning eng yaxshi yosh futbolchilariga beriladigan Cha Bum-kun Football Award mukofoti bilan taqdirlandi[4].

Klublardagi faoliyati

Red Bull Zalsburg

2014-yilning dekabr oyida Pohang Steelers hujumchi Xvan Xi Channi mahalliy futbolchi sifatida jamoasiga qoʻshib olmoqchi edi, biroq Avstriyaning Red Bull Salzburg klubi bilan shartnoma imzoladi[5]. 2016-yilning 3-noyabrida Xvang Liga 1 vakili „Nice“ga qarshi Yevropa ligasi o‘yinida zaxiradan maydonga tushib dubl qayd etdi, jamoasining Yevropadagi ilk g‘alabasiga hissa qo‘shdi[6]. Avstriya Bundesligasining birinchi mavsumida gol ura olmadi.

RB Leipzig

2020-yilning 8-iyulida Xvang „RB Leipzig“ bilan 5 yillik shartnoma imzoladi[7]. 12-sentyabr kuni 2020—2021-yilgi DFB-Pokal birinchi davrasida „1. FC Nürnberg“ga qarshi debyut oʻyinida bittadan gol va golli uzatmani amalga oshirdi[8]. Leipzig bilan 2021-yilgi DFB-Pokal finaliga chiqdi, ammo Xvan asosiy tarkibga kiritilmadi, oʻyinda zaxiradan maydonga tushdi[9][10]. Germaniya Bundesligasining ilk mavsumida gol ura olmadi.

Wolverhampton Wanderers

2021-yilning 29-avgustida Xvang Premyer-ligaga „Wolverhampton“ ga bir mavsumga ijara asosida o‘tdi[11]. 11-sentabr kuni Xvang „Watford“ga qarshi oʻyinda zaxiradan maydonga tushib debyut qildi. Jamoasining 2-goliga mualliflik qildi, 2:0 hisobida g‘alaba qozonishdi[12]. Keyingi gollarini 2-oktyabr kuni Molineuxda, „Newcastle United F.C.“ga qarshi oʻyinda kiritdi, oʻyinda dubl qayd etdi[13]. Premyer-ligadagi debyut mavsumida beshta gol urdi.

Xalqaro faoliyati

2012-yilgi 16 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida Janubiy Koreya chorak finalda ishtirok eta olmadi, biroq Xvang beshta goli (KXDR ga qarshi oʻyinda xet-trik) bilan turnirning eng yaxshi toʻpurari boʻldi[14]

Faoliyat statistikasi

Klubda

9-noyabr, 2022-yil holatiga koʻra[15]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar
KlubMavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiQitʼaJami
DiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollar
FC Liefering (ijara)2014—2015Avstriya 2. Liga132132
2015—2016Avstriya 2. Liga18111811
Jami31133113
Red Bull Salzburg2015—2016Avstriya Bundesligasi13010140
2016—2017Avstriya Bundesligasi2612623[lower-alpha 1]23516
2017—2018Avstriya Bundesligasi2053314[lower-alpha 2]53713
2019—2020Avstriya Bundesligasi2711518[lower-alpha 3]44016
Jami8628156251112645
Hamburger SV (ijara)2018—20192. Bundesliga20210212
RB Leipzig2020—2021Bundesliga180533[lower-alpha 4]0263
2021—2022Bundesliga201030
Jami2006330293
Wolverhampton Wanderers (ijara)2021—2022Angliya Premyer-ligasi3050010315
Wolverhampton Wanderers2022—2023Angliya Premyer-ligasi1100020130
Jami4150030445
Jami faoliyati1984822930281125168

Xalqaro

27-sentyabr, 2022-yil holatiga koʻra[16]
Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar
Milliy terma jamoaYilIshtirokGollar
Janubiy Koreya201630
201761
2018121
2019112
202021
202192
202262
Jami499
Ballar va natijalar birinchi boʻlib Janubiy Koreyaning gollari roʻyxatini koʻrsatadi, hisoblar ustuni Xvanning har bir golidan keyin ochkoni koʻrsatadi[17].
Xvan Xi Chan tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati
T/rSanaJoyRaqibHisobNatijaMusobaqa
12017-yil 13-iyunJassim Bin Hamad stadioni, Doha, Qatar  Qatar2-22-32018 FIFA Jahon chempionati saralashi
22018-yil 27-martSileziya stadioni, Chorzov, Polsha  Polsha2-22-3Doʻstona
32019-yil 22-yanvarRashid stadioni, Dubay, Birlashgan Arab Amirliklari  Bahrayn1-02-1 (q.v) )2019-yilgi Osiyo kubogi
42019-yil 10-oktyabrXvason stadioni, Xvason, Janubiy Koreya  Shri Lanka3-08-02022 FIFA Jahon chempionati saralashi
52020-yil 17-noyabrBSFZ-Arena, Mariya Enzersdorf, Avstriya  Qatar1-02-1Doʻstona
62021-yil 9-iyunGoyang stadioni, Goyang, Janubiy Koreya  Shri Lanka4-05-02022 FIFA Jahon chempionati saralashi
72021-yil 11-noyabrGoyang stadioni, Goyang, Janubiy Koreya  Birlashgan Arab Amirliklari1-01-02022 FIFA Jahon chempionati saralashi
82022-yil 6-iyunDaejon Jahon kubogi stadioni, Daejon, Janubiy Koreya  Chili1-02-0Doʻstona
92022-yil 23-sentyabrGoyang stadioni, Goyang, Janubiy Koreya  Kosta Rika1-02-2Doʻstona

Yutuqlari

Red Bull Salzburg

  • Avstriya Bundesligasi: 2015—2016, 2016—2017, 2017—2018, 2019—2020 [18]
  • Avstriya kubogi: 2015—2016, 2016—2017, 2019—2020 [19]

RB Leipzig

  • DFB-Pokal 2-oʻrin egasii: 2020—2021 [20]

Janubiy Koreya U23

  • Osiyo oʻyinlari: 2018[21]
  • 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionati 2-oʻrin egasi: 2016[22]

Individual

  • U16 Osiyo chempionatining eng yaxshi toʻpurari: 2012[14]

Manbalar