Zindiq
oʻrta asrlarda islom taʼlimotini rad etgan
Zindiq (arab. – dinga ishonmaydigan, xudosiz, ateist) – oʻrta asrlarda islom taʼlimotini rad etgan, boshqacha fikrlovchi falsafiy oqimlar, dualistlar, shuningdek, moniylik, mazdaqiylik va xurramiylar taʼlimoti vakillariga berilgan umumiy nom. Zindiq nomi berilgan kishilar dinga qarshi, ateist deb hisoblangan, ular doimo taʼqibda boʻlgan, qoʻlga tushganda esa qattiq jazolangan. Faqiqlar ularning xattiharakatini paygʻambarni haqoratlash bilan barobar deb bilib, oʻlimga mahkum, deb hukm chiqarganlar. Islom tarixida zindiqqa qarshi namunali jazo choralari koʻrilgan hollar koʻp boʻlgan. Zindiq tushunchasini hozirgi vaqtda islom aqidaparastlari „din manfaati yoʻlida yetarlicha qaygʻurmayotganlar“ga nisbatan ham qoʻllaydilar.[1]
Manbalar
🔥 Top keywords: Maxsus:SearchBosh SahifaBirinchi yordamSayyoraAmir TemurVoleybolKoinotAlisher NavoiyBasketbolBotir ZokirovOʻzbekistonFeʼlAbdurauf FitratAbu Rayhon BeruniyJadidchilikFutbolHalima XudoyberdiyevaBirlashgan Millatlar TashkilotiKitobIslomIkkinchi jahon urushiNaqshFalsafaQoraqalpogʻistonTasviriy sanʼatYozAbu Ali ibn SinoOrol dengiziUslubDunyo aholisiAmerika Qoʻshma ShtatlariMicrosoft ExcelPoliz ekinlariInternetFutbol maydoniBirinchi jahon urushiTinish belgilariGʻarbiy frontda oʻzgarish yoʻqAllohning 99 nomi