1950-yilgi Belgiya Gran-prisi

1950-yilgi Belgiya Gran-prisi, (rasmiy ravishda Belgiya Grand Prix Automobile de Belgique deb nomlangan) — 1950-yil 18-iyun kuni Spa-Francorchamp avtodromida boʻlib oʻtgan Formula-1 avtopoygasi edi. Shuningdek, 1950-yilgi haydovchilar oʻrtasidagi jahon chempionatining yettita poygasidan beshinchisi edi. 35 davrali poygada Alfa Romeo haydovchisi Juan Manuel Fangio gʻalaba qozondi. U startni ikkinchi oʻrinda boshlagan. Uning jamoadoshi Luigi Fagioli ikkinchi, Talbot-Lago piloti Louis Rosier uchinchi o‘rinni egalladi.

Spa-Francorchamp avtodromi (1947)

Poyga xulosasi

Belgiya Gran-prisi boʻlib oʻtayotgan paytda, mavsum sur’ati tezlasha bordi. Spa trassasiga bor-yoʻgʻi 14 ta mashina yetib kelgan. Ular orasida Alfa Romeo jamoasi poygachilari Nino Farina, Juan Manuel Fangio va Luidji Fagiolilar bor edi. Scuderia Ferrari poygachilari Luigi Villoresi va Alberto Ascarilar ham kelishdi. Ascarida sinab koʻrish uchun yangi V12 dvigateli bor edi. Talbot-Lago jamoasidan Louis Rosier, Yves Giraud-Cabantous va Philippe Étancelinlar ishtirok etishdi.

Farina va Fangio saralash bosqichida odatdagidek qolganlarga nisbatan tezroq boʻlishdi. Fagioli ularga tenglasha olmadi. Sommer oʻzining eski Talbot-Lagosida Ferrarilarni ikkiga ajrata oldi. Alfa Romeolar ham yaxshi start oldi. Alfa jamoasi aʼzolari yonilgʻi uchun toʻxtaganida, Sommer poyga yetakchisi boʻlishi ehtimoldan yiroq emas edi. Afsuski, uning dvigateli portlab ketdi. Ascari peshqadamlik qildi, ammo u yoqilgʻi uchun toʻxtashga majbur boʻldi va u ham peshqadamlikni qoʻldan boy berdi. Ammo uning jamoadoshi Luigi Villoresi peshqadamlikni qoʻlga oldi va Ferarriga muhim ballarni taqdim qildi.

Ishtirokchilar

NoPoygachiJamoaKonstruktorShassiDvigatelIshlab chiqaruvchi
2 Luigi VilloresiScuderia FerrariFerrariFerrari 125Ferrari 125 F1 1.5 V12sPirelli
4 Alberto AscariFerrariFerrari 275Ferrari 275 F1 3.3 V12Pirelli
6 Raymond SommerRaymond SommerTalbot-LagoTalbot-Lago T26CTalbot 23CV 4.5 L6Dunlop
8 Nino FarinaAlfa Romeo SpAAlfa RomeoAlfa Romeo 158Alfa Romeo 158 1.5 L8sPirelli
10 Juan Manuel FangioAlfa RomeoAlfa Romeo 158Alfa Romeo 158 1.5 L8sPirelli
12 Luigi FagioliAlfa RomeoAlfa Romeo 158Alfa Romeo 158 1.5 L8sPirelli
14 Louis RosierAutomobiles Talbot-DarracqTalbot-LagoTalbot-Lago T26C-DATalbot 23CV 4.5 L6Dunlop
16 Philippe ÉtancelinTalbot-LagoTalbot-Lago T26C-DATalbot 23CV 4.5 L6Dunlop
18 Yves Giraud-CabantousTalbot-LagoTalbot-Lago T26C-DATalbot 23CV 4.5 L6Dunlop
20 Eugène ChaboudEcurie LutetiaTalbot-LagoTalbot-Lago T26C-DATalbot 23CV 4.5 L6Dunlop
22 Pierre LeveghPierre LeveghTalbot-LagoTalbot-Lago T26CTalbot 23CV 4.5 L6Dunlop
24 Johnny ClaesEcurie BelgeTalbot-LagoTalbot-Lago T26CTalbot 23CV 4.5 L6Dunlop
26 Geoffrey CrossleyGeoffrey CrossleyAltaAlta GPAlta 1.5 L4sDunlop
30 Toni BrancaAntonio BrancaMaseratiMaserati 4CLMaserati 4CL 1.5 L4sPirelli
Manbalar:[1][2]

Saralash

OʻrinNoPoygachiKonstruktorVaqtFarq
18 Nino FarinaAlfa Romeo4:37-
210 Juan Manuel FangioAlfa Romeo4:37+ 0
312 Luigi FagioliAlfa Romeo4:41+ 4
42 Luigi VilloresiFerrari4:47+ 10
56 Raymond SommerTalbot-Lago-Talbot4:47+ 10
616 Philippe ÉtancelinTalbot-Lago-Talbot4:49+ 12
74 Alberto AscariFerrari4:52+ 15
814 Louis RosierTalbot-Lago-Talbot4:53+ 16
918 Yves Giraud-CabantousTalbot-Lago-Talbot4:56+ 19
1022 Pierre LeveghTalbot-Lago-Talbot5:01+ 24
1120 Eugène ChaboudTalbot-Lago-Talbot5:13+ 36
1226 Geoffrey CrossleyAlta5:44+ 1:07
1330 Toni BrancaMaserati5:45+ 1:08
1424 Johnny ClaesTalbot-Lago-TalbotNo time-
Manba: [3]

Musobaqadan keyingi chempionat jadvali

OʻrinPoygachiBall
1 Nino Farina22
2 Luigi Fagioli18
3 Juan Manuel Fangio17
24 Louis Rosier10
15 Johnnie Parsons9
Manba: [4]

Manbalar