21st Century Fox

21st Century Fox — Amerikaning transmilliy media xoldingi. U 2013-yilda News Corporation media-xoldingini qayta tashkil etish va ajralish natijasida paydo boʻlgan. Korporatsiyaning eng katta aktivi 20th Century Studios kino studiyasi hisoblanadi.

21st Century Fox America, Inc[1]
Turi Ommaviy kompaniya
Tarmogʻi Ommaviy axborot vositalari
Birja listingi FOXA
FOX
Qachon asos solingan 28-iyun 2013
Qchon tugatilgan 20 mart 2019
Tugatilish sababi xolding aksiyalarini sotilishi The Walt Disney Company
Joylashuvi  AQSh: Nyu-York
Asoschi(lari) Rupert Murdoch
Budjeti 29 mlrd $ (2018)
Operatsion foydasi 5 mlrd $ (2018)
Kapitallashtirish $82 mlrd (2018)[2]
Sof foydasi 3 mlrd $ (2018)
Ishchilar soni 22,400 (2018)
Shoʻba korxonalari 20th Century Fox
Blue Sky Studios
20th Century Fox Television
20th Television
FX
Vebsayti [1]

Tarixi

Media xolding News Corporation 1979-yilda tashkil etilgan. 2012-yilda uning asoschisi va egasi Rupert Murdoch media xoldingni ikkita mustaqil kompaniyaga boʻlishga qaror qildi. Sobiq kompaniyaning vorisi 21st Century Fox boʻlib, uning tarkibiga 20th Century Fox kinokompaniyasi, Fox Networks Group va boshqa bir qator telekompaniyalar kirdi; gazeta va nashriyot biznesi esa News Corp deb nomlangan yangi kompaniyaga oʻtdi. Rupert Murdoch ikkala kompaniyaning raisi va bosh ijrochi direktori boʻldi, uning oʻgʻillari James va Lachlan yangi tuzilmalar direktorlar kengashlarida oʻrinlarni egalladilar[3]. 2013-yil 1-iyundan boshlab, 21st Century Fox aksiyalari NASDAQ birjasida kotirovkalanishni boshladi[4].

2017-yilning noyabrida kompaniya rahbariyati sunʼiy yoʻldosh orqali uzatiladigan yangiliklar va sport kanallariga eʼtibor qaratishga qaror qilgani, unchalik daromad keltirmaydigan kino va televizion boʻlimlar esa sotuvga qoʻyilgani maʼlum boʻldi. Disney, Comcast (bosh kompaniyasi NBCUniversal, egasi Universal Pictures), Verizon Communications, Sony tomonidan xaridga qiziqish bildirildi.

2017-yil dekabr oyida Disney 21st Century Fox bilan ushbu boʻlinmalarni sotib olishga kelishib oldi. Buni 21st Century Fox aktsiyalarini Disney aksiyalariga jami 52,4 milliard dollarga almashtirish orqali amalga oshirish rejalashtirilgan edi[5]. Disney Foxning 13 milliard dollarlik qarzini ham oʻz zimmasiga oladi.

2018-yilning may oyida Comcast bitimga aralashib, Foxga qimmatli qogʻozlarni emas, balki katta miqdorda naqd pul taklif qilishni rejalashtirgani haqida xabar berilgan edi[6]. Disney 2018-yil 20-iyunida Comcastdan oʻzib ketib, Foxga 71,3 milliard dollar taklif qildi[7].

2019-yil 20-martda Disney 21st Century Foxni sotib olish boʻyicha kelishuvni rasman yopdi[8].

Aktivlar

Manbalar