Akkorokamui


Akkorokamui - mahluqga oʻxshash, yirik sakkizoyoq . [1] Uning ulkan tanasi uzunligi 120 metrgacha boʻlishi mumkin deb aytiladi. [2] Uning nomi "tentacle-holding kamuy." deb tarjima qilinishi mumkin.[3]

Uchiura koʻrgazi

Tarixi

Tahminlarga koʻra, Akkorokamui bir vaqtlar Yaushikep ismli ulkan oʻrgimchak boʻlgan va Rebunge nomli qishloq yaqinidagi togʻlarda yashagan. Bir kuni Yaushikep Rebungega tushib, bu yerdagi aholiga zarar yetkazdi. Qishloqda yashovchilar oʻzlarini himoya qilish uchun, xudoga iltijo qilishadi. Ularning ibodatlariga dengiz xudosi Repun Kamuy javob berdi va u Yaushikepni Uchiura koʻrgazasiga olib kirdi. Aytilishicha, Yaushikep katta sakkizoyoqga aylangan va u koʻrgazni xudo sifatida egallab oldi , shundan beri u qishloq aholisi tomonidan At-kor-kamuy yoki Akkorokamui deb ataladi.[3]

Shinto dinida

Ushbu mavjudotga hurmat Shinto dinidan kelib chiqqan[4].Akkorokamui koʻpincha shifo va bilim berish qobiliyatiga ega mehribon iloh sifatida tasvirlangan boʻlsa-da, u oʻzgaruvchan va zarar yetkazishga qodir. Akkorokamui chidamlilik va itoatlilik sifatlariga ham ega.

Akkorokamui dengizni va undagi yeguliklarni yoqtiradi. Masalan: baliq, qisqichbaqa, mollyuskalar va shunga oʻxshash dengiz jonivorlari Akkorokamuining eng sevimli ozuqasidir. Akkaromuiga hurmat koʻpincha aʻzolar yoki teri kasalliklarini keltirib chiqaradi, lekin ongni tozalash va ma'naviy ozodlik uchun u muhim hisoblanadi.   

Akkorokamui oʻzini oʻzi jarohatlash va aʻzolarini qayta tiklash qobiliyatiga ega. Bu qobiliyatni shinto dinidagilar Akkorokamui shifo kuchiga ega deb ishonishadi. Natijada, agar Akkorokamuiga qurbonliklar keltirilsa tanadagi kasalliklarni, xususan, kasallangan aʻzolarni davolaydi deb oʻylashadi. [5]

Shunga koʻra, Yaponiyada Akkorokamui va sakkizozoyoq xudolarga bagʻishlangan muqaddas joylar mavjud.

Xalq madaniyatida

  • Bob Burgers "Flu-ouise" epizodida Louise Belcherning ba'zi oʻyinchoqlari Yaponiya afsonaviy mavjudotlarining nomidan nomlanganligi ayon boʻldi, shu jumladan Akkoro Kamui nomidan ham u foydalangan.

Yana qarang

  • Kraken
  • Kriptidalar roʻyxati

Manbalar

Andoza:Japanese folklore long