Anoa

Anoa (Anoa depressicornis), pakana buyvol — yovvoyi qoramolning bir turi. Juft tuyoqlilar turkumiga mansub. Faqat Sulavesi o.idagi tekislik va togʻ oʻrmonlarida yashaydi. A. shoxlari toʻgʻri, qisqa, buyvolga oʻxshab ketadi, lekin undan kichikroq; gavdasining uzunligi 1,7 m, boʻyi 1 m, rangi toʻq qoʻngʻir, boshi, boʻyni va oyoqlarida oq dogʻlari bor. Ilgari goʻshti, terisi uchun ovlangan. Soni keskin kamayib ketganligi tufayli Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan.

Anoa
Biologik klassifikatsiya
Olam:Hayvonlar
Tip:Xordalilar
Sinf:Sutemizuvchilar
Turkum:Jufttuyoqlilar
Kenja turkum:Kavsh qaytaruvchilar
Oila:Quvushshoxlilar
Kenja oila:Buqalar
Urugʻ:Osiyo buyvollari
Tur:Anoa

Xalqaro Qizil kitob

Вымирающие виды
Вымирающие виды
IUCN 3.1 Endangered : 3126
Voyaga yetgan anoa va buzoq

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil