Biologik klassifikatsiya

Biologik klassifikatsiya organizmlarni tip yoki tur kabi guruhlarga ajratish metodidir. Bunday guruhlar takson deb ataladi. Biologik klassifikatsiya taksonomiyaning bir qismidir.

Zamonaviy biologik klassifikatsiya turlarni fizik xarakteristikalariga koʻra guruhlarga ajratgan Carolus Linnaeus ishlaridan boshlandi. Ushbu guruhlar keyinchalik Charles Darwin aniqlagan umumiy ajdod prinsipiga mos ravishda qayta koʻrib chiqilgan. XX asr oxirlarida kladistika metodi paydo boʻlishi bilan biologiyada organizmlarni faqatgina nasldorlik asosida guruhlovchi filogenetik taksonomiya qoʻllanila boshlandi.[1] Maʼlumot sifatida DNK qatorlarini ishlatuvchi molekular filogenetika ham taksonlarni qayta koʻrib chiqishga yordam qildi va shu ishda davom etmoqda.

Manbalar