Arkanzas (daryo)


Arkanzas yoki Arkansas — (inglizcha: Arkansas River) AQShdagi daryo, Missisipi daryosining oʻng irmogʻi. Uzunligi 2410 km, havzasining maydoni 416 ming km2. Qoyali togʻlardan boshlanib, Buyuk va Markaziy tekisliklardan oʻtadi. Bahorda toʻlib oqadi, baʼzan toshadi, qor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sarfi 1300 m3/sek. Yirik suv ombori qurilgan. 1000 km masofada kemalar qatnaydi. Arkanzas daryosi yoqasida Uichito, Talsa va Litl-Rok shaharlari joylashgan[1].

Arkanzas
Arkanzas daryosining ko'rinishi
Arkanzas daryosining ko'rinishi
Tavsif
Uzunligi2 364
Suv sarfi240 m³/s
Joylashuvi
DavlatAQSh
Arkanzas (daryo)

Manbalar

Havolalar