Avimimus

sudralib yuruvchilar turkumi vakili

Avimimus ((AY-vimi-mus), „qushga taqlidchi“ (lotincha avis = qush + mimus = taqlid) degan maʼnoni anglatadi), oviraptorozavr teropod dinozavrilar turining vakili hisoblanadi. Uning nomi qushlarga oʻxshash xususiyatlari bilan bogʻliqdir. Hozirgi Moʻgʻuliston hududida boʻr davrining soʻnggi qismida, taxminan 85-70 million yil oldin yashagan.

Avimimusning chap tomoni, old, yuqori hamda koʻkrak qafasining yaqindan koʻrinishi.

Tuzilishi

Avimimus portentosusning odamga nisbatan hajmi.

Avimimus uzunligi 1,5 metgacha kattalikda hamda tana tuzilishi qushlarnikiga oʻxshash dinozavr boʻlgan.[1] Bosh suyagi tanasiga nisbatan kichik, shunga qaramay miyasi va koʻzlari katta boʻlgan. Miyani oʻrab turgan va uni himoya qilish vazifasini bajargan suyaklari ancha katta boʻlgan. Ushbu tavsiflov Avimimusning mutanosib ravishda katta miyaga ega ekanligi haqidagi gipotezaga ham mos keladi.[1]

Avimimusning qoldiqlari oʻrganilganda uning jagʻlarida tishlari boʻlmaganligini aniqlanadi. Garchi, tadqiqodlar uning jagʻ qismida tishlar oʻrini bildiruv turuvchi joylar boʻlganligini tasdiqlab tursada, ushbu zavrda huddi toʻtiqush kabi tishlar boʻlmagan.[2]

Biroq, keyinchalik topilgan namunalar kichik premasiller tishlari saqlanibb qolinganligi haqida xabar beradi.[3] Avimimusda kichik tishlar yoki ularning yoʻqligi uning oʻtxoʻr jonzot boʻlishi mumkinligini koʻrsatadi. Biroq, Kurzanovning oʻzi Avimimusni hasharotlar bilan oziqlangan deya ishonadi.

Avimimusda foramen magnum, orqa miyaning asosiyq qism bilan bogʻlanishiga imkon beruvchi teshik, mutanosib ravishda katta edi. Biroq, oksipital kondil kichik boʻlgan, bu esa bosh suyagining nisbatan yengil boʻlganligini bildiradi.[1] Boʻyni uzun va ingichka boʻlib, boshqa oviraptorozavrlarga qaraganda ancha choʻzilgan umurtqalardan iborat boʻlgan. Oviraptoridlar farqli oʻlaroq, orqa umurtqalarida havo qoplari uchun teshiklar boʻlmagan. Bu esa Avimimusning oʻz turidagi hayvonlarga qaraganda ancha ibtidoiy ekanligini koʻrsatadi.

Avimimus portentosus (tiklangan)

Old oyoqlari nisbatan qisqa, qoʻl suyaklari, xuddi zamonaviy qushlardagi kabi, bir-biriga jipslashgan. Bu esa Kurzanov tomonidan patlarni biriktiruvchi qism sifatida talqin qilingan.[4] Kurzanov, 1987-yilda, Avimimusda tirnoqli tugmalar mavjud boʻkganligi haqida eʼlon qiladi.[5] Dinozavrlar boʻyicha mutaxassi Chiappe tirsak suyagidagi boʻshliqlar mavjudligini tasdiqlagan boʻlsa-da, ularning asl vazifasi haligacha noaniq boʻlib qolmoqda. Kurzanov ushbu qism patlarni bogʻlash nuqtasi ekanligiga shunchalik ishonganidan Avimimus kichik parvoz qobilyatiga ega boʻlishi mumkin degan xulosaga keladi. Patlarning mavjudligi aniq fakt boʻlsa-da, aksari paleontologlar Avimimusning uchishi mumkinligiga ishonishmaydi.

Ilium suyagi, deyarli, gorizontal tuzilishda boʻlgan. Buning natijasida Avimimusda juda keng oyoq sonlari shakllangan. Quyruq qismi haqida kam narsa maʼlum, ammo dumi uzun boʻlgani aniqlangan. Oyoqlari juda uzun va ingichka boʻlib, Avimimus yugurushga moyil dinozavr boʻlgan deya hisoblanadi. Hayvonning boldirlari soniga nisbatan uzun boʻlgan va bu xususiyat yugurishga moyil hayvonlar orasida keng tarqalgan. Bundan tashqari, oyoqlarida, uchli tirnoqlarga ega barmoqlari ham boʻlgan

Tarixi

Avimimus portentosusning baʼzi maʼlum elementlarini koʻrsatadigan skelet diagrammasi

Avimimus qoldiqlari rus paleontologlari tomonidan topilgan va 1981-yilda doktor Sergey Kurzanov tomonidan rasman tasvirlangan. Avimimus qoldiqlari dastlab Kurzanov tomonidan Djadokta hudidan topilgan namuna qoldiqlaridan kelib chiqib tasvirlangan. Biroq, 2006-yilda yangi namunalarning tavsifida, Vatabe va uning hamkasblari Kurzanov Avimimusning kelib chiqishi haqida xato qilganligini va Avimimus Nemegt hududidan kelib chiqqanligini taʼkidladilar.[6]

Avimimus portentosus — Topilmalarda Avimimusning dum bilan bogʻliq jihatlari aniqlanmagani sababli Kurzanov Avimimusning aslida dumi boʻlmagan degan xulosaga keladi. Biroq, kaudal vertebralarni oʻz ichiga olgan keyingi Avimimus topilmalari ushbu jonzotning quyruq qismi boʻlganligini tasdiqlaydi. Avimimusning ikkinchi, deyarli toʻliq, namunasi 1996-yilda topilgan va 2000-yilda Vatabe va uning hamkasblari tomonidan tasvirlangan. Bundan tashqari, ushbu olimlar Avimimusga tegishli hududda bir qancha kichik teropod izlarini aniqlaydilar.

2006-yilda Avimimus nemegtensis suyak qoldiqlarini qazib olish ishlari olib borilganligi haqida xabar berilgan.

Avimimusga tegishli boʻlgan turli xil izolyatsiyaga olingan suyaklar Avimimu portentosusdan farqli deb hisoblangan va dastlab Avimimus sp nomi ostida boʻlgan.[7] 2008-yilda Fil Kurri boshchiligidagi kanadalik, amerikalik va moʻgʻul paleontologlar guruhi 2006-yilda Avimimus sp. fotoalbomlar boʻyicha izlanish oʻtkazishni boshlashadi. Suyak qoldiqlari, Gobi choʻlidagi Barun Goyot tizilmasidan, 10,5 metr balandlikdagi Nemegt tizilmasida aniqlangan. Jamoa Avimimusning kamida oʻndan ortiq suyaklarini topgani haqida xabar beradi. Ammo bu sonlar koʻproq boʻlishi ham mumkin, deya qoʻshimcha ham qilishadi.[8][9] 2018-yilda Avimimus sp. rasmiy ravishda yangi tur, Avimimus nemegtensis sifatida tasvirlanadi.[10]

Manbalar