Axtem Seitablayev

Axtem Shevketovich Seitablayev (qrim tatarcha: Ahtem Şevket oğlu Seitablayev, ukraincha: Ахтем Шевкетович Сеітаблаєв, ruscha: Ахтем Шевкетович Сеитаблаев, 1972-yil 11-dekabrda tugʻilgan) – asli qrim-tatarlardan boʻlgan ukrainalik aktyor, ssenariynavis va rejissyor. 2013-yili „Haytarma“, 2017-yilda „Another’s Prayer“ kabi bir qancha nufuzli filmlarning rejissyori. U Qrimning Rossiya Federatsiyasi tomonidan anneksiya qilinishiga qarshi ekanligini bildirgan. Uning bir qancha taniqli qrim tatarlari taqdiri haqidagi filmlari butun sobiq Sovet Ittifoqida olqishlangan. Ammo, qattiqqoʻl rus millatchilari tomonidan tanqid qilingan.

Axtem Seitableyev
Tavalludi
Axtem Shevketovich Seitablayev

1972-yil 11-dekabr
Kasbi aktyor
Filmlari Haytarma (2013), Cyborgs (2017), The Rising Hawk (2019)
Faoliyat yillari 1999-yildan — hozirgacha
Turmush oʻrtogʻi Ivanna Diadiura
Bolalari 3 ta

Hayoti

Axtem Seitablayev 1972-yili Yangiyoʻl shahrida (Oʻzbekiston SSR) tugʻilgan. Stalin davrida uning ota-onasi Sovet hukumati tomonidan surgunda boʻlib, Oʻzbekistonga deportatsiya qilingan. Chunki, qrim tatarlar Stalin davrida universal surgunni boshdan kechirgan bir nechta etnik guruhlardan biri boʻlgan. U Oʻzbekistondagi maktabda oʻqib, 1989-yilda Qayta qurish davrida Qrimga qaytib kelguniga qadar oilasi bilan birga boʻlgan. U yerda 1992-yili Qrim madaniy-maʼrifiy maktabini tamomlagandan soʻng, kinodagi faoliyatini boshlagan[1][2][3].

Faoliyati

1992-yildan 2004-yilgacha Simferopol davlat Qrim-tatar teatrida ishlagan. Teatrda bir nechta spektakllarni, shu jumladan Aleksandr Pushkin asarlarini ijro etgan. 2005-yilda Dneprning chap qirgʻogʻidagi Kiyev akademik drama va komediya teatrida ish boshlaydi. 2009-yilda oʻzining birinchi filmi „Quartet for Two“ filmini sahnaga qoʻygan.

Axtem 2018-yil 29-mayda Rossiya nazorati ostidagi Qrimda hibsga olingan kinorejissyor Oleg Sentsovni qoʻllab-quvvatlab bayonot bergani sababli.

Oilasi

Aktrisa Ivanna Diadiura bilan turmush qurib, ularning turmushidan uchta farzandi boʻlgan[4][5]. Katta qizi – Nazli, aktrisa, raqqosa va model boʻlib, „Haytarma“ da ham rol oʻynagan[6].

Filmografiyasi

Aktyor

Aktyorlik faoliyati
YilFilmRol
2003-yilMamayOʻrtanchi akasi Umay
2004-yilMoskovskaya saga(qism)
Tatarskiy triptikhStambulskiy soxti / Rustem
2005-yilMuhtar’s return-2Safiullin
'Zoloti khloptsi(qism)
NavizhenaAvtoturargohning xavfsizlik xodimi
2006-yilBohdan-Zynoviy Khmelnytskyi
Muhtar’s return−3Timur Xazov
Zhinocha robota z ryzykom dlia zhyttiaArtem Polonskiy
2007-yilZhaha ekstrymuNikita
2008-yilPrityazhenieArkadiy (Aleksandr Nikolaevichning oʻgʻli)
2009-yilOsinni kvityMeshochnik poezdda
2011-yilTemni vody(qism)
2012-yilActor, or the Love not after playwright(tugallanmagan)
2012-yilSvaty-6Murat Vladlenovich (Bukovel egasi)
2012-yilHaytarmaAmet-xon Sulton
2015-yilHvardiyaTatar
Tsentralna likarnyaRustam Agalarov
2016-yilYa z toboyuAndriy
Den nezalezhnosti. Vasyl StusVasil Stus
Skhidni solodoshchiIbrahim
Na liniyi zhyttiaSergey Zadorojniy
2017-yilPravylo boyuQora kiyimdagi odam
2017-yilChujaya molitva
2018-yilSpisok zhelaniyLeonid Kaufman (shahar hokimi)

Direktor

Direktorlik faoliyati
YilFilm
2013-yilHaytarma
2017-yilCyborgs: Heroes Never Di
Another’s Prayer

Manbalar