Bahodir Matlyubov

Matlyubov Bahodir Ahmedovich — (1952-yil 10-mart, Samarqand shahri) — Oʻzbekiston Ichki ishlar vaziri (2006-2013)[1][2].

Matlyubov Bahodir Ahmedovich
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri
Mansab davri
5-yanvar 2006-yildan – 13-dekabr 2013-yilgacha
Hukumat boshligʻi Shavkat Mirziyoyev
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Zokir Almatov
Vorisi Adham Ahmadboyev
Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona qoʻmitasi raisi
Mansab davri
2004-yil 17-fevraldan – 5-yanvar 2006-yilgacha
Hukumat boshligʻi Shavkat Mirziyoyev
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Botir Parpiyev
Vorisi Sodirxon Nosirov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 10-mart 1952-yil (1952-03-10) (72 yosh)
Samarqand, OʻzSSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Mukofotlari 1-darajali Shon-sharaf ordeni2-darajali Shon-sharaf ordeniMehnat shuhrati ordeni

Biografiyasi

1973-yilda Samarqand davlat universitetining yuridik fakultetini bitirgan[3].

1973—1978 — Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasining jinoiy-qidiruv boʻlimi katta tezkor vakili.

1978—1983 — Samarqand shahar ichki ishlar boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari.

1983—1988 — Samarqand shahar Siyob tumani ichki ishlar boʻlinmasi boshligʻi.

1988—1989 — Samarqand shahar ichki ishlar boʻlimi boshligʻi.

1989—1990 — Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari.

1990—1994 — Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi.

1994—1997 — Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi.

1997—2004 — Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari.

2004—2006 — Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona qoʻmitasi raisi.

2006—2013 — Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri.

2013—2016 — pensiyada.

2016-2021 — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi boshligʻi[4].

2021-yil 12-dekabrdan — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi boshligʻining maslahatchisi.

Mukofotlari va unvonlari

1996-yilda general-mayor unvoni berilgan.

1999-yilda general-leytenant unvoni berilgan[5][6][7].

Manbalar