Islom Karimov

Oʻzbekiston Respublikasining birinchi prezidenti

Islom Abdugʻaniyevich Karimov (1938-yil 30-yanvar, Samarqand shahri — 2016-yil 2-sentyabr, Toshkent shahri[2]) — davlat va siyosat arbobi, Oʻzbekiston Respublikasining birinchi prezidenti. Oʻzbekiston Qahramoni (1994). Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari Oliy Bosh Qoʻmondoni va 2007-yilgi prezidentlik saylovlari gʻolibi, 2015-yilgi prezidentlik saylovlari gʻolibi. Oʻzbekiston mustaqilligi eʼlon qilingunga qadar OʻzSSR kommunistik partiyasi birinchi kotibi. 1991-yildan umrining oxiriga qadar Oʻzbekiston Prezidenti. Islom Karimov boshchiligida Oʻzbekiston oʻzining Konstitutsiyasiga ega boʻldi, BMTda tan olindi va MDH davlatlari bilan teng huquqli aloqalarni olib borgan.

Islom Abdugʻaniyevich Karimov
Oʻzbekiston Prezidenti
Mansab davri
1991-yil 29-dekabr – 2016-yil 2-sentyabrgacha
Hukumat boshligʻi Shukrullo Mirsaidov
Abdulhoshim Mutalov
Oʻtkir Sultonov
Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi lavozim taʻsis etilgan; uning oʻzi OʻzSSR Prezidenti sifatida
Vorisi Nigʻmatilla Yoʻldoshev (muvaqqat prezident)
Shavkat Mirziyoyev (muvaqqat prezident)
Shavkat Mirziyoyev
OʻzSSR KP MQ birinchi kotibi
Mansab davri
1989-yil 23-iyun – 1991-yil 14-sentyabrgacha
Oʻtmishdoshi Rafiq Nishonov
Vorisi lavozim tugatilgan
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 30-yanvar 1938-yil
Samarqand, Oʻzbekiston SSR
Vafoti 2-sentyabr 2016-yil(2016-09-02)
(78 yoshda)
Toshkent, Oʻzbekiston Respublikasi
Siyosiy partiyasi Oʻzbekiston Liberal-Demokratik Partiyasi[1]
Turmush oʻrtogʻi Natalya Kuchma (1965-1970)
Tatyana Karimova (1971-yildan)
Bolalari oʻgʻli: Pyotr (1966)
qizlari:Gulnora Karimova (1972)
Lola Karimova-Tillayeva (1978)
Onasi Sanobar Karimova
Otasi Abdugʻani Karimov
Mukofotlari
Oʻzbekiston qahramoni
“Mustaqillik” ordeni
Amir Temur ordeni
Xalqlar doʻstligi ordeni
Buyuk Vitautas oltin zanjirli ordeniPolsha Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun katta xochli ordeni
Italiya Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun katta xochli ordeniOltin moʻyna ordeni
Uch yulduz ordeni1-darajali Knyaz Yaroslav Mudriy ordeni
Fuqarolik xizmatlari uchun ordeni (Ispaniya)Serbiya Respublikasi lentali ordeni
Mugunxva ordeni
I darajali muqaddas sadoqatli Knyaz Daniil Moskovskiy ordeni
Vebsayti http://islomkarimov.uz/

Hayoti va faoliyati

Islom Karimov xizmatchi oilasida tugʻilgan. Oʻrta Osiyo politexnika instituti (1960), Toshkent xalq xoʻjaligi institutini (1967) tugatgan.

Mehnat faoliyati

Mehnat faoliyatini 1960-yilda Toshkent qishloq xoʻjaligi mashinasozligi („Tashselmash“) zavodida master yordamchiligidan boshladi. Soʻng mazkur korxonada master, texnolog. 1961-yildan 1966-yilgacha V. P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida muhandis, yetakchi muhandis-konstruktor boʻlib ishladi. 1966-yilda Oʻzbekiston Davlat plan komitetiga ishga oʻtib, bosh mutaxassislikdan respublika Davlat plan komiteti raisining birinchi oʻrinbosarigacha boʻlgan yoʻlni bosib oʻtdi. 1983-yildan Oʻzbekiston SSR Moliya vaziri, 1986-yildan Oʻzbekiston SSR Ministrlar Soveti raisining oʻrinbosari — respublika Davlat plan komitetining raisi. 1986—1989-yillarda Oʻzbekiston KP Qashqadaryo viloyat komitetining birinchi kotibi, 1989-yil iyunidan Oʻzbekiston KP MK birinchi kotibi. 1990-yil 24-martda Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining sessiyasida Islom Karimov Oʻzbekiston SSR Prezidenti etib saylandi.

Siyosiy faoliyati

1991-yil 31-avgustda Karimov tarixiy voqea — Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini eʼlon qildi. 1991-yil 29-dekabrda muqobillik asosida oʻtkazilgan umumxalq saylovida Karimov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi. 1995-yil 26-martda boʻlib oʻtgan umumxalq referendumi yakunlariga koʻra, Karimovning Prezidentlik vakolati 2000-yilga qadar uzaytirildi. 2000-yil 9-yanvarda u muqobillik asosida Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti etib qayta saylandi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 89- va 93-moddalariga muvofiq, Karimov ayni vaqtda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Raisi (1990—1992), Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qoʻmondonidir.

Ilmiy faoliyati

Karimov Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi (1994), shuningdek, iqtisod, fan, taʼlimni rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissasi uchun oʻndan ortiq xorijiy mamlakat universitet va akademiyalarining faxriy fan doktori, professor hamda akademikligiga saylangan. Uning

  1. „Oʻzbekistonning oʻz istiqlol va taraqqiyot yoʻli“ (1992),
  2. „Yangi uy qurmay turib, eskisini buzmang“ (1993),
  3. „Oʻzbekiston — bozor munosabatlariga oʻtishning oʻziga xos yoʻli“ (1993),
  4. „Bizdan ozod va obod Vatan qolsin“ (1994),
  5. „Istiqlol va maʼnaviyat“ (1994),
  6. „Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir“ (1995),
  7. „Oʻzbekiston XXI asr boʻsagʻasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari“ (1997),
  8. „Barkamol avlod orzusi“ (1998),
  9. „Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari“ (1998),
  10. „Tarixiy xotirasiz kelajak yoʻq“ (1998),
  11. „Olloh qalbimizda, yuragimizda“ (1999),
  12. „Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot — pirovard maqsadimiz“ (2000),
  13. „Tinchlik uchun kurashmoq kerak“ (2001),
  14. „Oʻzbekistonda demokratik oʻzgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yoʻnalishlari“ (2002)
  15. Yuksak ma'naviyat–yengilmas kuch (2008)

va boshqa asarlarida iqtisodiyot, ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotning dolzarb masalalari tadqiq qilingan, Oʻzbekistonning ichki va tashqi siyosati ilmiy asoslab berilgan, hozirgi va istiqboldagi vazifalar koʻrsatib oʻtilgan. Uning asarlari ingliz, rus, fransuz, ispan, nemis, hind, xitoy, arab, koreys, turk va boshqa xorijiy tillarga tarjima qilinib, bir necha bor nashr etilgan.

Xorijiy davlatlarga tashriflar

Quyida Prezident Islom Karimovning davlat rahbari sifatida xorijiy davlatlarga qilgan rasmiy tashriflari keltirilgan[3]:

#DavlatTashrif sanasiSabab
125 Rossiya03-05.01.2014ikki tomonlama munosabatlar
124 Latviya10-12.10.2014ikki tomonlama munosabatlar
123 Turkmaniston14-17.09.2014ikki tomonlama munosabatlar
122 Isroil20-21.03.2014ikki tomonlama munosabatlar
121 Shveysariya10-12.10.2013ikki tomonlama munosabatlar
120 Fransiya23-26.09.2013ikki tomonlama munosabatlar
119 Turkmaniston15-16.10.2012Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH) Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi
118 Ozarbayjon15-16.10.2012ikki tomonlama munosabatlar
117 Turkmaniston01-02.10.2012ikki tomonlama munosabatlar
116 Qozogʻiston06-07.09.2012ikki tomonlama munosabatlar
115 Xitoy05-07.06.2012Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) Davlat rahbarlari kengashining 12-majlisi
114 Rossiya20-21.12.2011Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti va Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi oliy organlarining Moskva shahrida boʻlib oʻtgan sessiyalari
113 Qozogʻiston14-15.06.2011Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) aʼzo davlatlar Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi
112 Hindiston17-18.05.2011ikki tomonlama munosabatlar
111 Xitoy19-20.04.2011ikki tomonlama munosabatlar
110 Yaponiya18.02.2011Imperator Akihito, Bosh vazir Naoto Kan, Yaponiya Parlamentining yuqori va quyi palatalari raislari bilan uchrashuv
109 Belgiya24.01.2011NATO Bosh kotibi Anders Fogh Rasmussen bilan uchrashdi
108 Rossiya10.12.2010ikki tomonlama munosabatlar, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (ODKB) Kollektiv xavfsizlik kengashi
107 Qatar23-24.11.2010ikki tomonlama munosabatlar
106 Turkmaniston19-20.10.2010ikki tomonlama munosabatlar, Oʻzbekiston va Turkmaniston xalqlarining doʻstlik festivali
105 AQSh20.09.2010BMT Bosh Assambleyasining Mingyillik rivojlanish maqsadlari boʻyicha oliy darajadagi yalpi majlisi
104 Koreya Respublikasi10-12.02.2010ikki tomonlama munosabatlar, Ustyurt gaz-kimyo majmuini qurish va konni oʻzlashtirish loyihasi
103 Turkmaniston13-14.12.2009ikki tomonlama munosabatlar
102 Ummon04-05.10.2009ikki tomonlama munosabatlar
101 Rossiya14-16.06.2009Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (ODKB) Kollektiv xavfsizlik kengashining sessiyasi, Shanxay hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammiti
100 Braziliya26-28.05.2009ikki tomonlama munosabatlar
99 Rossiya04.02.2009Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (ODKB) Kollektiv xavfsizlik kengashi sessiyasi
98 Qirgʻiziston09-10.10.2008Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Davlat rahbarlari kengashi, Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati Davlatlararo kengashi majlislari hamda Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining uchrashuvi
97 Ozarbayjon11-14.09.2008ikki tomonlama munosabatlar
96 Rossiya05-06.09.2008ikki tomonlama munosabatlar, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (ODKB) sammiti
95 Tojikiston27-28.08.2008Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari majlisi
94 Xitoy08-09.08.2008Yozgi Olimpiada oʻyinlari 2008 ochilish marosimi
93 Qozogʻiston22-23.04.2008ikki tomonlama munosabatlar
92 Ruminiya03-04.04.2008Buxarestda NATO/Yevroatlantika hamkorlik kengashi sammiti
91 Birlashgan Arab Amirliklari17-18.03.2008ikki tomonlama munosabatlar
90 Koreya Respublikasi24-26.02.2008Lee Myung-bakning oʻz lavozimini bajarishga rasman kirishish marosimi
89 Rossiya05-06.02.2008ikki tomonlama munosabatlar
88 Turkmaniston18-19.10.2007ikki tomonlama munosabatlar
87 Tojikiston05-06.10.2007Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Davlat rahbarlari majlisi, Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati Davlatlararo kengashining majlisi, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti Kollektiv xavfsizlik kengashining sessiyasi
86 Misr17-19.04.2007ikki tomonlama munosabatlar qoʻshma bayonoti
85 Singapur25.01.2007ikki tomonlama munosabatlar
84 Belarus22-25.06.2006Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati majlisi
83 Qozogʻiston17.06.2006Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari boʻyicha kengashning (OHICHK) sammiti
82 Pokiston02-05.05.2006ikki tomonlama munosabatlar
81 Koreya Respublikasi29-30.03.2006ikki tomonlama munosabatlar
80 Qozogʻiston10-11.01.2006ikki tomonlama munosabatlar
79 Rossiya14.11.2005ikki tomonlama munosabatlar
78 Rossiya06-09.10.2005„Markaziy Osiyo hamkorligi“ majlisi
77 Moldova02-03.10.2005ikki tomonlama munosabatlar
76 Qozogʻiston04.07.2005Shanxay hamkorlik tashkilotiga (SHHT) aʼzo davlatlar rahbarlari sammiti
75 Rossiya28.06.2005ikki tomonlama munosabatlar
74 Xitoy25.05.2005ikki tomonlama munosabatlar
73 Hindiston04.04.2005ikki tomonlama munosabatlar
72 Sloveniya15.03.2005ikki tomonlama munosabatlar
71 Tojikiston17-18.08.2004„Markaziy Osiyo Hamkorligi“ majlisi
70 Qozogʻiston02-03.07.2004MDH davlatlari sammiti
70 Rossiya02-03.07.2004ikki tomonlama munosabatlar
69 Rossiya15-18.04.2004ikki tomonlama munosabatlar
68 Latviya07-08.04.2004ikki tomonlama munosabatlar
67 Quvayt19-20.01.2004ikki tomonlama munosabatlar
66 Gruziya09-10.10.2003ikki tomonlama munosabatlar
65 Ukraina18-19.09.2003Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi davlat rahbarlarining Kengashi
64 Qozogʻiston05-06.07.2003„Markaziy Osiyo hamkorligi“ tashkiloti davlat rahbarlari sammiti
63 Eron17-18.06.2003ikki tomonlama munosabatlar
62 Rossiya29.05.2003Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) ishtirokchi-davlatlar rahbarlari sammiti
61 Ispaniya27-29.01.2003ikki tomonlama munosabatlar
60 Yaponiya27.12.2002„Markaziy Osiyo hamkorligi“ (MOH) tashkilotining ishtirokchi-davlatlari rahbarlari sammiti
59 Chexiya21.11.2002ikki tomonlama munosabatlar, NATO-yevroatlantik sheriklik Kengashi sammiti
58 Vengriya27.10.2002ikki tomonlama munosabatlar
57 Moldova07.10.2002Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH) sammiti
56 Tojikiston05-06.10.2002„Markaziy Osiyo hamkorligi“ tashkilotining sammiti
55 Litva23.09.2002doʻstlik va hamkorlik haqidagi bitim
54 Yaponiya29.07.2002ikki tomonlama munosabatlar
53 Rossiya06.06.2002MDH sammiti[4]
52 Rossiya17.05.2001MDH sammiti
51 AQSh08.09.2000BMT „Mingyillik majlisi“ sammiti
50 Tojikiston05.07.2000„Shanxay beshligi“ sammiti
49 Rossiya21-23.06.2000oʻzaro hamkorlik, MDHga aʼzo davlatlar boshliqlari kengashining majlisi
48 Eron09-11.06.2000Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammiti
47 Hindiston03.05.2000oʻzaro hamkorlik
46 Rossiya24-25.01.2000Mustaqil Davlatlar hamdoʻstligiga aʼzo mamlakatlar rahbarlarining sammiti[5]
45 Turkiya18-19.11.1999Yevropada xavfsizlik va hamkorlik boʻyicha sammit
44 Xitoy08-09.11.1999oʻzaro hamkorlik
43 AQSh23-25.04.1999oʻzaro hamkorlik, NATOning 50 yilligi, Yevroatlantik sheriklik kengashi majlisi
42 Rossiya02.04.1999oʻzaro hamkorlik, MDH sammiti
41 Fransiya06.11.1998oʻzaro hamkorlik, UNESCO Ijroiya kengashi 155-sessiyasining yakunlovchi majlisi
40 Turkiya29.10.1998mamlakat Respublika deb eʼlon qilinganligining 75 yilligi
39 Isroil14-16.09.1998oʻzaro hamkorlik
38 Ozarbayjon08.09.1998oʻzaro hamkorlik
37 Qozogʻiston10.06.1998Ostona shahri
36 Rossiya05-07.05.1998oʻzaro hamkorlik
35 Rossiya28-29.04.1998MDH majlisi
34 AQSh05.02.1998Solijon Sharipovni kutib olish
33 Turkmaniston05.01.1998Markaziy Osiyo sammiti
32 Turkmaniston14.05.1997Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) sammiti
31 Portugaliya02-03.12.1996Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti sammiti
30 AQSh23-28.06.1996oʻzaro hamkorlik
29 Italiya20-21.06.1996oʻzaro hamkorlik
28 Fransiya21-24.04.1996oʻzaro hamkorlik, Amir Temur 660 yilligi
27 Shveysariya06.02.1996Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi majlisi
26 Rossiya19.01.1996MDH majlisi
25 AQSh22-24.10.1995BMT majlisi
24 Qirgʻiziston28.08.1995Turkiy Kengash
23 Rossiya08-10.05.1995Ikkinchi jahon urushidagi gʻalabaning 50 yilligi
22 Koreya Respublikasi15-17.02.1995oʻzaro hamkorlik
21 Shveysariya01.02.1995Butunjahon iqtisodiy anjumani
20 Vengriya05.12.1994oʻzaro hamkorlik
19 Xitoy24-26.10.1994oʻzaro hamkorlik
18 Yaponiya16-19.05.1994oʻzaro hamkorlik
17 Shveysariya27-31.01.1994Butunjahon iqtisodiy anjumani
16 Qirgʻiziston16.01.1994oʻzaro hamkorlik
15 Hindiston03-05.01.1994oʻzaro hamkorlik
14 Birlashgan Qirollik22-25.11.1993oʻzaro hamkorlik
13 Fransiya27-30.10.1993MDH sammiti
12 AQSh26-28.09.1993BMT sammiti
11 Rossiya06.08.1993MDH sammiti
10 Turkiya06.07.1993oʻzaro hamkorlik, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammiti
9 Shveysariya28.01.1993Butunjahon iqtisodiy anjumani
8 Belarus22.01.1993MDH sammiti
7 Finlandiya10.07.1992Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti sammiti
6 Turkiya29.05.1992oʻzaro hamkorlik
5 Saudiya Arabistoni11-13.04.1992oʻzaro hamkorlik
4 Finlandiya26.02.1992Yevropada Xavfsizlik Va Hamkorlik Kengashining Yakunlovchi Hujjati
3 Shveysariya02.02.1992Butunjahon iqtisodiy anjumani
2 Turkmaniston14.12.1991oʻzaro hamkorlik
1 Rossiya29.10.1991oʻzaro hamkorlik

Mukofotlari

Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimovning davlat mukofotlari[6].

Oʻzbekiston

#MukofotSanasiSabab
1Oʻzbekiston Qahramoni“ unvoni, „Oltin Yulduz“ medali05.05.1994Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1048-XP-qarori asosida
2„Mustaqillik“ ordeni29.08.1996Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 269-I-qarori asosida
3„Amir Temur“ ordeni26.12.1997Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarori asosida

Sovet davridagi davlat mukofotlari

#MukofotSanasiSabab
1„Mehnat Qizil bayroq“ ordeni12.06.1981SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 5057-X-farmoni asosida
2„Xalqlar doʻstligi“ ordeni29.01.1988SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 8409-XI -farmoni asosida

Chet el davlatlari mukofotlari va faxriy unvonlari

#Davlat/Tashkilot va uning mukofotiSanasi
1Seuldagi Sogang universiteti (Koreya Respublikasi)Faxriy fan doktori1992-yil, iyun
2Al-Azhar universiteti (Misr) Faxriy doktor1992-yil, dekabr
3Jawaharlal Neru nomidagi universitet (Hindiston) Faxriy huquq doktori1994-yil, yanvar
4„Ruhoniyat“ maʼnaviyatni qayta tiklashga koʻmaklashish assotsiatsiyasi (Qirgʻiziston) „Xalqlar oʻrtasida tinchlik va totuvlik uchun“ medali va diplomi1994-yil, yanvar
5Koreya Respublikasi Hukumati Katta „Mugunxva 2“ ordeni1995-yil, fevral
6Yevroosiyo xalqaro kikboksing federatsiyasi Xotira kubogi1995-yil, mart
7Xalqaro fan, sanoat, taʼlim va sanʼat akademiyasi (AQSh)Akademiya faxriy aʼzosi1996-yil, yanvar
8Xalqaro olimpiya qoʻmitasi Oltin medal1996-yil, fevral
9UNESCO„Avitsenna“ oltin medali1996-yil, aprel
10Boku davlat universiteti (Ozarbayjon) Faxriy doktor1996-yil, may
11Osiyo Olimpiya kengashi Oltin medal1997-yil, may
12Qozogʻiston Respublikasi „Altin kiran“ („Oltin burgut“) ordeni1997-yil, iyun
13G. Plexanov nomidagi Rossiya iqdisodiyot akademiyasi (Rossiya) Faxriy fan doktori1998-yil, yanvar
14Rus pravoslav cherkovi nomidan Toshkent va Oʻrta Osiyo Yeparxiyasi I darajali Knyaz Daniil ordeni1998-yil, fevral
15Ukraina Respublikasi I darajali «Yaroslav Mudriy» ordeni1998-yil, fevral
16Aviatsiya va havoda suzish fanlari akademiyasi (Rossiya) Akademiki1998-yil, dekabr
17Fanlar oliy maktabi xalqaro akademiyasi (Rossiya) Akademik1999-yil, may
18Xalqaro havaskorlar kurash assotsiatsiyasi Oltin zanjir1999-yil, may
19Kurash boʻyicha I xalqaro turnir (Rossiya) Kubok1999-yil, sentyabr
20„Ey-Ti-Pi“ (Professional tennischilar assotsiatsiyasi)Billur raketka1999-yil, sentyabr
21„Fontis“ universiteti (Niderlandiya) Faxriy doktor2000-yil, sentyabr
22Oʻzbek kurashi boʻyicha xalqaro turnir (Rossiya) Kubok2000-yil, oktyabr
23M. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti (Rossiya) Faxriy professor2001-yil, yanvar
24Milliy olimpiya qoʻmitalari assotsiatsiyasi„Besh qitʼa belgisi“ oltin ordeni2001-yil, iyul
25„Ey-Ti-Pi“ (Professional tennischilar assotsiatsiyasi) Billur globus2001-yil, sentyabr
26Merilend universiteti (AQSh) Faxriy yorliq va oltin medal2002-yil, mart
27Yahudiylar milliy markazi (AQSh) Terrorizmga qarshi kurashdagi ulkan hissasi uchun „Xalqaro yetakchi“ mukofoti2002-yil, mart
28Amerika — Oʻzbekiston savdo palatasi (AQSh) Davlatni boshqarish sohasidagi xizmatlar eʼtirofi mukofoti2002-yil, mart
29Xalqaro kurash assotsiatsiyasi Oltin orden2002-yil, aprel
30Vaseda universiteti (Yaponiya)Faxriy huquq doktori2002-yil, iyul
31Alkada de Enares universiteti (Ispaniya) „Sisneros“ medali va faxriy diplom2002-yil, avgust
32Litva RespublikasiBuyuk Vitautas ordeni2002-yil, sentyabr
33Budapesht shahri meriyasi (Vengriya) Budapesht shahri „Oltin kalit“i2002-yil, oktyabr
34Soka universiteti (Yaponiya) Faxriy doktor2002-yil, dekabr
35Ispaniya qiroli „Fuqarolik xizmatlari uchun“ ordeni2003-yil, yanvar
36Ispaniya Senati Medal va Ispaniya Konstitutsiyasining 1978-yilgi nusxasi2003-yil, yanvar
37Madrid shahar meriyasi (Ispaniya) Madrid shahri „Oltin kalit“i2003-yil, yanvar
38Sorbonna universiteti, Parij-Syud universiteti (Fransiya) Prezidentlik faoliyati uchun faxriy diplomi2003-yil, yanvar
39„Andrey Pervozvanniy“ fondi (Rossiya) „Andrey Pervozvanniy“ oltin ordeni2003-yil, may
40Polsha Respublikasi „Xizmatlari uchun“ I darajali ordeni2003-yil, iyul
41Gruziya Respublikasi „Zolotoye runo“ ordeni2003-yil, oktyabr
42Bolgariya Respublikasi „Stara Planina“ ordeni2003-yil, noyabr
43„Rossiya kon sanoatchilari“ konchilik fanlari akademiyasi (Rossiya) Konchilik fanlari akademiyasining faxriy aʼzosi, „Rossiya konchisi“ oltin belgisi2004-yil, fevral
44T. Shevchenko nomidagi Kiev milliy universiteti (Ukraina) Universitet faxriy doktori2004-yil, aprel
45Xalqaro mukofotlar fondi (Latviya) „Karomatgoʻy muqaddas Nikolay“ oltin ordeni2004-yil, aprel
46Seul shahri meriyasi (Koreya Respublikasi) Seul shahri faxriy fuqarosi2006-yil, mart
47UNESCO „Borobodur“ oltin medali2006-yil, sentyabr
48YuNESKO„Aristotel“ oltin medali2007-yil, avgust
49YuNESKO„Buyuk ipak yoʻli“ oltin medali2007-yil, oktyabr
50Turkmaniston „Xormatli il yashulusi“ faxriy unvoni2008-yil, oktyabr
51Latviya Respublikasi „Uch yulduz“ ordeni2008-yil, oktyabr
52Amerika — Oʻzbekiston savdo palatasi (AQSh) „Oʻzbekiston Respublikasini davlat tomonidan samarali boshqariladigan bozor iqdisodiyotiga barqaror oʻzgartirishni taʼminlaganlik uchun“ faxriy mukofoti2011-yil, fevral
53Amerika — Oʻzbekiston savdo palatasi (AQSh) „Doʻstlikni mustahkamlashga qoʻshgan hissasi uchun“ mukofoti2012-yil, avgust
54G. Plexanov nomidagi Rossiya iqdisodiyot universiteti „Universitet oldidagi xizmatlari uchun“ faxriy koʻkrak nishoni2013-yil, yanvar
55Serbiya Respublikasi II darajali „Serbiya Respublikasi ordeni“2013-yil, fevral
56Latviya Respublikasi „Eʼtirof xochi“ ordeni2013-yil, oktyabr
57Gruziya Respublikasi „Jasorat“ ordeni2013-yil, oktyabr
58Turkmaniston Mahtumquli nomidagi xalqaro mukofot2014-yil, oktyabr
59„Natsistlarga qarshi urush jangchilari va partizan-nogironlari ittifoqi“ tashkiloti (Isroil) „II jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan gʻalabaning 70 yilligi“ yubiley medali2015-yil, mart
60Xalqaro olimpiya qoʻmitasi „Sport va Olimpiya harakatini rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissasi uchun“ medali2015-yil, iyun
61Osiyo milliy olimpiya qoʻmitalari assotsiatsiyasi va Osiyo olimpiya kengashi Oʻzbekiston va Osiyoda futbolni rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissasi uchun Osiyo olimpiya kengashi mukofoti2015-yil, iyun
62Xalqaro havaskor bokschilar uyushmasi (AIBA) „Xizmatlari uchun“ ordeni2015-yil, iyul

Vafoti

Oʻzbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov 2016-yil 2-sentyabrida Toshkent vaqti bilan soat 20:55 da Toshkent shahrida bosh miyada qayta tiklanmaydigan oʻzgarishlarga va poliorgan yetishmovchiligiga olib kelgan miya qon aylanishining oʻtkir buzilishi (insult) oqibatida vafot etdi[7].

Oilasi

  • Otasi — Abdugʻani Karimov, (1894—1967) Samarqand shahridagi fabrikada ishchi boʻlgan[8].
  • Onasi — Sanobar Karimova, (1902—1982) Samarqand shahridagi fabrikada ishchi boʻlgan.
  • 1965-yilda millati ukrain boʻlgan Natalya Petrovna Kuchmaga uylangan. 1970-yilda ajrashgan. Bu nikohdan Pyotr ismli oʻgʻli bor[9].
  • Opasi — Karimova Mexriniso Abduganievna (1920-yil tugʻilgan).
  • Akasi — Karimov Omonullo Abduganievich (1922-yil tugʻilgan).
  • Akasi — Karimov Ibod Gʻaniyevich (1926—2015), professor.
  • Akasi — Karimov Arslon Abduganievich (1931—1989).
  • Akasi — Karimov Ikrom Abduganievich (1933—1976).
  • Akasi — Karimov Quddus Gʻaniyevich, (1934—1995), professor.
  • Ukasi — Karimov Xurshid Abduganievich (1941—2009).
  • 1971—2016-yillar oraligʻida Tatyana Akbarovna Karimova bilan nikohda.
  • Qizi — Gulnora Karimova, diplomat. 2015-yilda moliyaviy jinoyatlarda ayblanib, 5 yilga qamalgan. Turmush oʻrtogʻi Mansur Maqsudiy, tadbirkor. 2 nafar farzandi bor: oʻgʻli Islom va qizi Imon.
  • Qizi — Lola Karimova-Tillayeva, diplomat. Oʻzbekistonning UNESCOdagi doimiy vakili sifatida ishlagan. Turmush oʻrtogʻi — Tillayev Timur Hakimovich, tadbirkor. 3 nafar farzandi bor: oʻgʻli Umar, qizlari Maryam va Safiya.

Xotirasi

Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 25-yanvardagi qaroriga[10] asosan, quyidagilar:

  • 2016-yil oktyabr oyida Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi tuzildi;
  • Toshkent shahri, Yashnobod tumanining Fargʻona yoʻli koʻchasida joylashgan jome masjidga „Islom ota jomeʻ masjidi“ deb nom berildi;

Shuningdek:

  • „Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimov siymosi tasvirlangan haykalni yaratish boʻyicha xalqaro ijodiy tanlovni tashkil etish toʻgʻrisida“gi qaror qabul qilindi.
  • Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning xotirasini abadiylashtirish chora-tadbirlari rejasini oʻrnatilgan tartibda ishlab chiqildi.

Shu munosabat bilan:

  • Samarqand shahrida Islom Karimov dafn etilgan hududda yodgorlik majmuasini barpo etish;
  • Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimov siymosini yaratish boʻyicha xalqaro ijodiy tanlovda gʻolib deb topilgan haykallarni Toshkent shahrida, Samarqand shahrida va u kishi birinchi rahbar boʻlib ishlagan Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida oʻrnatish;
  • Toshkent shahridagi Oqsaroy qarorgohida Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasini tashkil etish va Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondini ham ushbu manzil boʻyicha joylashtirish[11];
  • Samarqand shahrida Islom Karimov muzeyini tashkil etish;

Quyidagi muassasa va obyektlarga:

  • Toshkent davlat texnika universitetiga;
  • Asakadagi avtomobil zavodiga;
  • Fargʻona shahridagi Sanʼat saroyiga;
  • Toshkent xalqaro aeroportiga;
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi markaziy koʻchalarga (mahalliy davlat hokimiyati organlari takliflari asosida) Islom Karimov nomini berish;
  • har yili 30-yanvar kunini keng nishonlash, 2-sentyabr kunini Xotira kuni sifatida yod etish;
  • oliy oʻquv yurtlari talabalari uchun Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasini joriy etish;
  • Islom Karimovning hayoti va faoliyati haqida ilmiy va badiiy asarlar, hujjatli va badiiy filmlar yaratish;
  • Islom Karimov siymosi aks ettirilgan maxsus pochta markalarini chiqarish haqida koʻrsatmalar berildi.

2018-yil 17-oktyabrda Moskva shahridagi Oʻzbekiston elchixonasi yonida, Islom Karimov nomli xiyobon tashkil etilib, uning markazida Karimovning haykali oʻrnatildi[12].

Adabiyot

  • Eʼtirof (oʻzbek, ingliz, rus tillarida), T., 1995;
  • Oʻzbekistonning yangi tarixi, 3-j. (Mustaqil Oʻzbekiston tarixi), T., 2000;
  • Islom Karimov — Oʻzbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti (fotoalbom; oʻzbek, ingliz, rus tillarida), T., 1998;
  • Levitin L., Karlayl D. S, Islom Karimov — yangi Oʻzbekistan Prezidenti, T., 1996;
  • Levitin L., Uzbekistan na istoricheskom povorote, M., 2001;
  • Seriya vojdi narodov — XX vek, M., 1996;
  • Murod Sharifxoʻjayev. Formirovanie otkritogo grajdanskogo obщestva v Uzbekistane, T., 2002;
  • Amerikaga tashrif — Vizit v Ameriku, T., 2002[13].

Manbalar

Havolalar

VikiIqtibos
Vikiiqtibosda
Islom Karimov haqida sahifa mavjud.