Buyuk Litva knyazligi
Buyuk Litva knyazligi — hozirgi Litva va Belarus hududlarining bir qismida joylashgan davlat (13— 16-asrlar). 13-asr oxiri — 14-asrda belorus, ukrain va gʻarbiy rus yerlarini bosib olish hisobiga kengaygan. Poytaxti — dastlab Trakay, soʻngra Vilnyus. Nemis ritsarlari bilan kurashish maqsadida Polsha bilan yaqinlashgan (Krevo uniyasi, 1385). 15-asr oxirida buyuk knyaz hokimiyatini oʻz nazorati ostiga olgan panlar Radasi tashkil qilindi. Livon urushi paytida Polsha bilan yagona davlat — Rech Pospalita birlashgan (Lyublin uniyasi, 1569).
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
🔥 Top keywords: HamletMaxsus:SearchSoliqBosh SahifaQuyoshAmir TemurTabiatMuhammad YusufFeʼlTopishmoqWilliam ShakespeareKonstitutsiyaAlisher NavoiyAbulfayzxon (drama)Quyosh tizimiOʻzbekistonAl-XorazmiyIbroyim YusupovOʻzbek tilining izohli lugʻati (2006–2008)Birlashgan Millatlar TashkilotiAbdulla OripovTabiatni muhofaza qilishJinsiy aloqaSayyoraMaʼnaviyatMatematikaTemuriylar shajarasiMisr piramidalariJadidchilikTurkistonOʻzbekiston Respublikasi Oliy MajlisiAbdurauf FitratFalsafaBrauzerYerBuyuk Ipak yoʻliBoburBahorSharq taronalari