Courtney Eaton

Courtney Eaton (talaffuzi: Kortni Eyaton) — avstraliyalik model va aktrisa. U 2019-yilda suratga olingan „Line of Duty“ filmidagi Ava, 2015-yilda suratga olingan „Mad Maks: Fury Road“ filmidagi Cheedo va 2016-yilgi "Gods of Egypt"(Misr xudolari) filmidagi Zaya rollari bilan tanilgan.

Courtney Eaton
Tavalludi 6-yanvar 1996-yil (1996-01-06) (28 yosh)
Bunbury, Western Australia, Avstraliya
Fuqaroligi Avstraliya
Kasbi
  • Model
  • Aktrisa
Faoliyat yillari 2014-yildan hozirgi kungacha

Yoshlik yillari

Courtney Eaton Gʻarbiy Avstraliyaning Bunbery shahrida tugʻilib oʻsgan. Uning otasi Stephan Eaton, IT-menejeri boʻlib, kelib chiqishi ingliz. Onasi esa Yangi Zelandiyalik boʻlib, kelib chiqishi xitoyliklarning maori va Cooc orolidan.[1][2]

Eaton Bunbery sobori grammatika maktabida tahsil olgan.[3]

Faoliyati

Eatonni „Vivienʼs Models“ rahbari Christine Fox oʻn bir yoshida moda boʻyicha bitiruv marosimida koʻrgan. Fox Courtney Eatonning otasining roziligi bilan shartnoma imzoladi va uni oʻn olti yoshida modellikga tayyorladi. Eaton oʻzining modellashtirishni rivojlantirishning bir qismi sifatida Myles Pollard bilan aktyorlik mahorat darsida qatnashdi va Sidneyda „Mad Maks: Fury Road“(2015) filmida rol ijro etdi. U filmdagi Oʻlmas Joning beshta xotinidan biri boʻlgan Cheedo the Fragile rolini oʻynadi.

U "Goods of Egypt"(Misr xudolari")(2016) fantastik filmida Alex Proyas rejisyorligi ostida Gerard Butler va Nikolaj Coster-Waldau bilan birga bosh qahramonlardan biri (Brenton Twaites)ning qul qizi va muhabbati Zaya rolini oʻynagan.[4]

2016-yilning may oyida Eaton Ross Lynch bilan bir qatorda „Status Update“ nomli fantastik-komediya filmda rol oʻynashi maʼlum boʻldi. Bu film keyingi oyda suratga olinishi kerak edi.[5] U Aaron Eckhart bilan birga 2019-yilda chiqqan „Line of Duty“ trillerida rol oʻynagan. Uning keyingi roli 2021-yilda Showtimeʼning „Yellowjackets“ dramasida Lotti rolini oʻynadi.

Shaxsiy hayoti

Eaton Los-Anjelesda yashaydi.[6][7][8] U 2015-yildan 2017-yilgacha Ross Lynch bilan oilaviy munosabatda boʻlgan.[8][9][10]

Filmografiya

Film va televidenie rollari
YilSarlavhaRolIzohlar
2015Mad Max: Fury RoadCheedo the Fragile
2016Gods of EgyptZaya
2017NewnessBlake Beeson
2018Status UpdateCharlotte AldenToʻgʻridan-toʻgʻri video film
2018PerfectSarah
2019Line of DutyAva Brooks
2021YellowjacketsLottie MatthewsTakroriy rol

Manbalar

Havolalar