Disko
Disko - 1) 1970-yillar oʻrtasida AQSH va bir qancha Yevropa mamlakatlarida qaror topgan ommabop musiqa uslubi. D.ga raqsbop, surʼati oʻrtacha tez, ohanglari kuychan, shaklan sodda namunalar xosdir. D.ning taniqli ijrochilari: "Boney M", "Silver Conventions" (Germaniya), Geynor, Dayana Ross, Dana Sammer (AQSH) va b. 1970-yillar oxiridan D. uslubi Sharqda, jumladan Oʻzbekistonda diskotekalarda, keyinchalik estrada va telekinomusiqasida odat tusini olmoqda; 2) zamonaviy ommabop musiqaning asosiy usullaridan biri boʻlib, barcha elektron musiqa cholgʻulari (ritm-boks, orkestrator va b.) ning kompyuter dasturlariga kiritilgan.
Adabiyot
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
🔥 Top keywords: HamletMaxsus:SearchSoliqBosh SahifaQuyoshAmir TemurTabiatMuhammad YusufFeʼlTopishmoqWilliam ShakespeareKonstitutsiyaAlisher NavoiyAbulfayzxon (drama)Quyosh tizimiOʻzbekistonAl-XorazmiyIbroyim YusupovOʻzbek tilining izohli lugʻati (2006–2008)Birlashgan Millatlar TashkilotiAbdulla OripovTabiatni muhofaza qilishJinsiy aloqaSayyoraMaʼnaviyatMatematikaTemuriylar shajarasiMisr piramidalariJadidchilikTurkistonOʻzbekiston Respublikasi Oliy MajlisiAbdurauf FitratFalsafaBrauzerYerBuyuk Ipak yoʻliBoburBahorSharq taronalari