Dynamite

„Dynamite“ — Janubiy KoreyaningBTS“ oʻgʻil bolalar guruhining 2020-yil 21-avgustda chiqarilgan qoʻshigʻi[1]. Qoʻshiq AQSHning Billboard Hot 100 chartlar roʻyxatida birinchi oʻrinni egallab, AQSh chartidagi koreys guruhining eng yuqori oʻrinni egallagan xiti boʻlgan[2].

„Dynamite“
BTS qoʻshigʻi
„Big Hit, Columbia, Sony Music“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 21-iyun 2020-yil
Janr
Davomiyligi 3:19
Leybl
Matn muallif(lar)i David Stewart, Jessica Agombar, P-dogg, Miles Ale, „hit man“ Bang
Prodyuser(lar) David Stewart
BTS singllari xronologiyasi
„Stay Gold“
(2020)
Dynamite
(2020)
„Savage Love (Laxed – Siren Beat) (BTS Remix)“
(2020)
Klipi
„Dynamite“ YouTubeda

Ushbu qoʻshiqning YouTubeʼdagi videosi dastlabki 24 soat ichida 101,1 million marta koʻrilgan, bu ushbu platforma uchun mutlaq rekord boʻlib, „Guinnes rekordlar kitobi“ ga kiritilgan[3][4][5].

„Dynamite“ guruhning toʻliq ingliz tilida yozilgan birinchi qoʻshigʻidir[6].

Tijoriy muvaffaqiyati

„Dynamite“ qoʻshigʻi AQShning Billboard Hot 100 chartlar roʻyxatida birinchi oʻrinda debyut qilgan. „BTS“ guruhi „Hot 100“ roʻyxatining eng yuqori pogʻonasida debyut qilgan birinchi janubiy koreyalik ijodkorga aylangan. Shuningdek, „Dynamite“ 265 000 nusxada yuklanib, Billboard Digital Song Sales chartida birinchi oʻrinni egallagan. Bu yuklanishlar soni 2017-yilda 353 000 tani tashkil etgan Taylor Swiftning „Look What You Made Me Do“ qoʻshigʻidan keyingi birinchi haftaning ulkan natijali ko‘rsatkichdir[2].

Mukofotlar va nominatsiyalar

63th Grammy Awards marosimida „Dynamite“ qoʻshigʻi „BTS“ guruhiga birinchi bor „Best Pop Duo/Group Performance“ (Eng yahshi guruh ijrosi) Grammy nominatsiyasini qoʻlga kiritishga hissa qoʻshgan va ular Recording Academy[7] akademiyasi tomonidan tan olingan birinchi K-pop ijrochisiga aylangan. Trek Billboard Digital Songs chartida 1-oʻrinni uzoq haftalar davomida egallab turgani uchun rekordlar kitobiga kiritilgan. Shuningdek, qoʻshiq Janubiy Koreyada 32 ta musiqiy shou gʻolibligi boʻyicha rekord oʻrnatgan[8].

Izoh
Jahon rekordi oʻrnatilgan
„Dynamite“ qoʻshigʻining jahon rekordlari
YilTashkilotSovrinMnb.
2020Guinness rekordlar kitobi24 soat ichida YouTube da eng koʻp tomosha qilingan musiqiy video[9]
24 soat ichida YouTube da eng koʻp tomosha qilingan musiqiy video
YouTube da eng koʻp koʻrilgan K-pop janridagi musiqiy video
YouTube da bir vaqtning oʻzida eng koʻp tomoshabinlarga ega boʻlgan musiqiy video[10]
YouTube da eng koʻp koʻrilgan premyera videosi[11]
2021US Hot 100-da eng koʻp haftani egallagan K-pop janridagi qoʻshiq[12]
Billboard Digital Songs chartida 1-oʻrinni uzoq haftalar davomida egallab turgani uchun

Manbalar

Havolalar