Ella Toone

Ella Ann Toone (1999-yil 2-sentabrda tugʻilgan) - ingliz futbolchisi, FA WSL Manchester United klubi va Angliya terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Ella Toone
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiElla Ann Toone[1]
Tavallud sanasi2-sentyabr 1999-yil (1999-09-02) (24 yosh)
Tavallud joyiTyldesley, Angliya
Boʻyi1.63m
AmpluasiHujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Manchester United
Raqami7
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2005—2007Astley & Tyldesley FC
2007—2013Manchester United
2013—2016Blackburn Rovers
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
2015—2017Blackburn Rovers20(13)
2016—2018Manchester City5(0)
2018–Manchester United77(31)
Milliy terma jamoa
2015—2016Angliya U-1712(4)
2017—2018Angliya U-196(5)
2019Angliya U-2113(2)
2021–Angliya13(10)
2021–Buyuk Britaniya1(0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(8-may 2022-yil uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (12 aprel 2022 uchun)

U ilk bora Manchester City va Blekbern Rovers klublarida oʻynagan bundan tashqari Angliyaning 17 yoshgacha, 19 yoshgacha, 21 yoshgacha hamda terma jamoalarida oʻynagan.

Jamoalardagi faoliyati

Manchester City

Toone 2016-yilning yozida Blekbern Rovers dan Manchester City ga kelib qoʻshilgan, u avvalroq Manchester Unitedning yoshlar jamoasida olti yil toʻp surgan. U Milliy ligada Blekbern bilan ikki tomonlama roʻyxatdan oʻtish shartlari bilan oʻynashni davom ettirdi[2]. 2016-yilning iyul oyida u Manchester Citydagi debyutini Qitʼa kubogida Aston Villa ga qarshi oʻyinda (8:0) zaxiradan maydonga tushib oʻtkazdi[3].

U 2018-yil may oyida FA tomonidan Yilning eng yaxshi yosh oʻyinchisi nominatsiyasiga toʻrt kishi bilan bir qatorda nomzod boʻldi, natijada bu mukofot Bet Midga nasib qildi[4][5].

Manchester United

Toone (o'rtada) 2019-yilda Manchester Unitedda Brayton va Xouv Albionga qarshi o'yinda.

2018-yil iyul oyida Toone 2018-19-yilgi mavsumda Angliya ayollar chempionatidagi Manchester Yunayted jamoasiga qoʻshildi, bu klubda yoshlar darajasida oʻynab, kattalar safiga qaytgan yetti nafar futbolchidan biri boʻldi[6] U 19-avgust kuni Liverpul ga qarshi Liga kubogidagi 1:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinning ikkinchi boʻlimida Molli Grinning oʻrniga maydonga tushib Manchester United safida debyut uchrashuvini oʻtkazgan[7]. 9-sentabr kuni u ligadagi debyutida Unitedning 2018-19-yilgi mavsumdagi birinchi oʻyinida Aston Villa mehmoni boʻlib, 12:0 hisobida gʻalaba qozonishgan. U 2019-yil fevral oyining ayollar oʻrtasidagi Angliya chempionatida oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi, u Unitedning ikki liga oʻyinida beshta gol urdi va shulardan toʻrttasini 13-fevral kuni Lester City darvozasiga kiritdi.

2019-20-yilgi mavsumda Toone Liga kubogi guruh bosqichi oʻyinida beshta gol urdi. Bundan tashqari United tarkibida 2019-yil 21-noyabrda Lester Cityni 11:1 hisobida magʻlub etib, oʻtgan mavsumda Jessika Sigsvort oʻrnatgan klub rekordini takrorladi[8].

2020-21-yilgi mavsum oldidan Toone yangi ikki yillik shartnoma imzoladi[9]. Toone mavsumni barcha musobaqalarda 10 ta gol bilan Unitedning eng yaxshi toʻpurari sifatida yakunladi.

2021-yilning 20-noyabrida Toone 2025-yilning iyunigacha yangi shartnoma imzoladi[10].

Xalqaro karyera

Yoshlar jamoasi

Tune 2016-yilda Iordaniyada boʻlib oʻtgan FIFA U-17 ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Angliya safida oʻynadi[11].

2017-yilning 17-oktabr kuni Toone 19 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi UEFA chempionati saralash bosqichi doirasida Qozogʻistonga qarshi oʻyinda maydonga tushdi va 9:0 hisobida qozonilgan gʻalabali uchrashuvda ikkita gol urdi[12]. Angliya saralash bosqichida 5 ochko toʻpladi, bu natija bilan Angliya elit-raundda Germaniyadan keyin ikkinchi oʻrinni egallagan[13][14].

2018-yil iyun oyida Toone FIFA U20 ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga Angliyaning 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasitarkibiga nomzod boʻlgan 35 oʻyinchidan biri edi, biroq jarohati tufayli musobaqda qatnasha olmadi[15][16].

Kattalar jamoasi

2020-yil sentabr oyida Toone Sent-Jorjdagi 30 oʻyinchidan iborat yigʻin doirasida oʻzining birinchi kattalar terma jamoasiga chaqiruv oldi[17][18]. U terma jamoadagi debyutini 2021-yil 23-fevralda ikkinchi taymda zaxiradan maydonga tushdi va Shimoliy Irlandiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida (6:0) penaltini aniq amalga oshirdi[19][20].U 2021-yil 26-oktabr kuni 2023-yilgi ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Latviyaga qarshi oʻyinda xet-trik qayd etgan[21]. 2022-yil iyun oyida Toone UEFA ayollar oʻrtasidagi Yevro-2022 uchun terma jamoa roʻyhatiga kiritildi.[22]

Buyuk Britaniya Olimpiadasi

2021-yil may oyida Toone Tokio-2020 Olimpiadasining kechiktirilgan toʻrtta zaxira oʻyinchisidan biri sifatida Buyuk Britaniya jamoasi tarkibiga kiritildi[23]. U 2021-yil iyun oyida ingliz futbolchilari uchun oʻtkazilgan Olimpiya oʻyinlaridan oldingi yigʻinni COVID-19 aniqlanganligi tufayli tark etishga majbur boʻldi[24]. 2021-yilning 1-iyulida XOQ va FIFAning tasdiqlagan roʻyxatlar 18 tadan 22 taga kengaytiriladi, ya’ni toʻrtta zaxira oʻyinchi oʻyin kuni boʻlib oʻtadigan tarkibga kirishi mumkin boʻldi[25]. Toone Chiliga qarshi guruhdagi dastlabki oʻyinda zaxira oʻrindigʻida qldirilidi 2:0 hisobidagi gʻalabaga erishilgan uchrashuvning soʻngi daqiqalarida zaxiradan maydonga tushdi[26].

Shaxsiy hayoti

Tyldesley shahrida tugʻilgan[27] Toone Fred Longworth oʻrta maktabida oʻqigan. Oʻrta maktabni tugatgandan soʻng, Manchester Unitedda oʻynab, Kechki vaqtda Uigan va Ley kollejida BTEC Level 3 kengaytirilgan sport fanlari kursiga oʻqishni davom ettirgan.[28]

Tune Manchester Unitedning bolalikdan muxlisi, Crishtiano Ronaldo esa uning sevimli futbolchilaridan biri[29].

Karyera statistikasi

Klub

Mavsumdagi natijalar
KlubMavsumLigaFA kubogiLiga kubogiYevropaUmumiy
DivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGol
Blackburn Rovers2015–16[30]WPL North53003285
2016–17[31]15100010112521
Umumiy2013001313003226
Manchester City2016WSL 10000100010
201720000020
2017–183000300060
Umumiy5000400090
Manchester United2018–19Championship201431602915
2019–20WSL1310056187
2020–2122921302710
2021–222272151299
Umumiy7731731970010341
Karyerada umumiy102447336200014567

Xalqaro

Terma jamoa va yil boʻyicha oʻyin va gollar
Milliy terma jamoaYilOʻyinumumiy
Angliya2021-yil86
202254
Jami1310
Buyuk Britaniya2021-yil10
Jami10


Ella Toone tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati
Yoʻq.SanaCapJoyRaqibHisobNatijaMusobaqa
123 Fevral 20211Sent-Jorj bogʻi, Burton-apon Trent, AngliyaShimoliy Irlandiya6–06–0Oʻrtoqlik
217 Sentyabr 20213Sent-Meri stadioni, Sautgempton, Angliya Shimoliy Makedoniya1–08–02023-yilgi jahon chempionati saralashi
326 Oktyabr 20216"Daugava" stadioni, Riga, Latviya Latviya1–010–0
42–0
56–0
630 Noyabr 20218Keepmoat stadioni, Donkaster, Angliya Latviya7–020–0
78 Aprel 202212Toshe Proeski Arena, Skopye, Shimoliy Makedoniya Shimoliy Makedoniya3–010–0
89–0
910–0
1012 Aprel 202213Windsor Park, Belfast, Shimoliy Irlandiya Shimoliy Irlandiya2–05–0

Yutuqlar

Manchester City

  • FA WSL kubogi : 2016[32]

Manchester United

  • Ayollar oʻrtasidagi Angliya chempionati : 2018–19[33]

Angliya

  • Arnold Klark kubogi : 2022[34]

Angliya U17

  • 17 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi UEFA chempionati uchinchi oʻrin: 2016[35]

Shaxsiy yutuqlar

  • FA Ayollar Superligasida oyning eng yaxshi futbolchisi: 2021-yil dekabr[36][37]
  • FA ayollar chempionatida oyning eng yaxshi futbolchisi: 2019-yil fevral[38]
  • Manchester Unitedda yilning eng yaxshi futbolchisi : 2021–22-yilgi mavsum[39]

Manbalar

Havolalar