Iordaniya

Osiyodagi davlat

Iordaniya yoki Urdun[1], Iordaniya Hoshimiylar Qirolligi (arabcha: المملكة الأردنية الهاشمية, Al-Mamlaka al-Urduniuah al-Hashimiuah) — Yaqin Sharqda, Osiyoning gʻarbiy qismida joylashgan davlat. Maydoni 91,8 ming km2. Aholisi 7,259,932 kishi (2023). Poytaxti — Amman shahri. Maʼmuriy jihatdan 12 muhofaza (viloyat)ga, muhofazalar tumanlarga boʻlinadi.

Iordaniya Hoshimiylar Qirolligi
المملكة الأردنية الهاشمية
Al-Mamlakah al-Urdunniyyah al-Hāšimiyyah
Shior_الأردن أوّلاً,
Madhiya: السلام الملكي الأردني
(Al-Salam Al-Malaki Al-Urdunni)
Location of Iordaniya
Poytaxt Amman
Rasmiy til(lar) Arabcha
Hukumat Semi-Konstitutsion Rohiblik
• Rohib
Qirol Abdullah II
• Bosh Vazir
Abdulla al-Nussur
Mustaqillik (Millatlar Ligasi mandatidagi Britaniya maʼmuriyatidan)
• Sana
25-may, 1946
Maydon
• Butun
92,300 km2 (110-oʻrin)
• Suv (%)
0,01
Aholi
• 2012-yilgi roʻyxat
6,259,932 (106-oʻrin)
• Zichlik 68/km2
YIM (XQT) 2010-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$34,530 mil. (103-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$5,400
Pul birligi Iordaniya dinori (JOD)
Vaqt mintaqasi UTC+2
• Yoz (DST)
UTC+3
Qisqartma JO
Telefon prefiksi 962
Internet domeni .jo

Davlat tuzumi

Xusayn Iordaniya qiroli (boshqardi: 1952—1999)

Iordaniya — konstitutsiyali monarxiya. 1952-yil 8-yanvarda qabul qilingan konstitutsiya amal qiladi (keyingioʻzgarishlar bilan). Davlat boshligʻi — malik (podshoh) boʻlib (1999-yildan Abdulloh II bin Talol), u qonun chiqaruvchi va ijrochi hokimiyat sohasida katta huquqqa ega. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — podshoq va Millat majlisi (parlament); u senat va deputatlar palatasidan iborat. Senatni podshoh 4 yil muddatga tayinlaydi (senat tarkibining yarmisi har 2 yilda yangilanib turadi). Deputatlar palatasi toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 4 yilga saylanadi. Ijroiya hokimiyatni podshoh oʻzi tayinlaydigan hukumat — Vazirlar Kengashi orqali amalga oshiradi.

Tabiati

Iordaniyaning aksar qismi sharqdan (500 m) gʻarbga tomon (1000–1500 m gacha) balandlashib boradigan yassi-togʻlikdan iborat. Janubidagi Ram togʻi — Iordaniyaning eng baland nuqtasi (1764 m). Mamlakatning gʻarbiy qismida meridian chizigʻiga parallel holda yoʻnalgan chuqur botiq voha — Hor (Alhor) va uning davomi Vodiy al-Arab joylashgan. Hor mintaqasida Iordan daryosi vodiysi va Oʻlik dengizi (suv yuzasi dengiz sathidan 395 m pastda) oʻrin olgan. Bu mintaqaning har ikki tomonida Suriyafalastin togʻlari qad rostlab turadi.

Iqlimi

Iqlimi — subtropik, quruq iqlim. Yanvarda oʻrtacha harorat 8—14 °C, iyulda esa 24—30 °C ga toʻgʻri keladi, Hor mintaqasi hamda Iordaniyaning choʻl qismida harorat 50 °C gacha koʻtariladi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqsori mamlakatning gʻarbidagi togʻlarda 500–700 mm, sharqida va Hor botigʻida 100 mm ni tashkil etadi.

Ichki suvlari

Doim oqib turuvchi daryolari kam boʻlib, quruqoʻzanlar va mavsumiy soylar koʻp uchraydi. Iordaniyaning gʻarbiy qismidagi togʻlarda Oʻrta dengiz qirgʻoqlariga xos nabotot xillari oʻsadi, daraxtzor va butazor koʻp. Sharqiy qismida esa, chalachoʻl va choʻl oʻsimliklari, ahyon-ahyonda hurmozorli kichik vohalar uchraydi. Iordaniya hayvonot olami uncha boy emas; sirtlon, choʻl tulkisi, toʻngʻiz uchraydi. Qushlar, kemiruvchilar va sudralib yuruvchilarning turi koʻp. Azraq milliy bogʻi bor[2].

Aholisi

Mamlakat umumiy aholisining 98 % arablar; yahudiylar, armanlar, yunonlar, kurdlar, cherkeslar, chechenlar, dogʻistonliklar, oʻzbeklar, turkmanlar ham yashaydi[3]. Rasmiy tili — arab tili. Mamlakat aholisining 90 % islom diniga, qolgan qismi xristian va yahudiy dinilariga mansubdir. Aholining 71 % shaharlarda istiqomat qiladi. Mamlakatda 5 % ga yaqin badaviylar boʻlib, ular koʻchmanchi hayot tarziga ega. Aholining 70 % ga yaqini xizmat koʻrsatish sohasida, 12 % ishlab chiqarish va torshon sanoatida, qolganlari boshqaruv tizimi[4], taʼlim, savdo, transport va harbiy sohalarda xizmat qiladi. Yirik shaharlari: Ammon, Az-Zarqa, Irbid, Al-Xalil[5].

Hududiy boʻlinishi

Iordaniya muhofazalari

Iordaniya hududi 12 ta muhofazaga boʻlinadi.

MuhofazaMuhofaza
(ing.)
Maʼmuriy markaziMaydoni,
km²[6]
Aholisi,
(01.01.2012), kishi[6]
Zichlik,
kishi/km²
1AljunAjlunAljun420143 700342,14
2AqabaAqabaAqaba6 905136 20019,72
3AmmonAmmanAmmon7 5792 419 600319,25
4JerashJerashJerash410187 500457,32
5IrbidIrbidIrbid1 5721 112 300707,57
6MaʼanMaʼanMaʼan32 832118 8003,62
7MadabaMadabaMadaba940156 300166,28
8Az-zarqaZarqaAz-zarqa4 761931 100195,57
9Al-BalqaBalqaEs-Salt1 120418 600373,75
10Al-KerakKerakAl-Kerak3 495243 70069,73
11Al-MafraqMafraqAl-Mafraq26 551293 70011,06
12At-TafilahTafilahAt-Tafilah2 20987 50039,61
Umumiy88 7946 249 00070,38

Tarixi

Hozirgi Iordaniya hududida dastlab xanaaneylarning somiy qabilalari yashagan. Mil. av. 1 ming yillikda bu hududning bir qismi Isroil va Yahudiya (Iudeya) podshohliklari tarkibida boʻlgan. Mil. av. 1ming yillik oxirida qad. arab davlati — Nabateya podshohligi vujudga keldi. Mil. 2-asrning 30-yillaridan Iordaniya Rim, 4-asrdan Vizantiya imperiyalari, 7-asrdan Arab xalifaligi qoʻl ostida boʻldi. Iordaniyada sekin-asta arab tili va islom dini tarqala boshladi. 11 — 15-asrlarda salibchilar, saljuqiylar, Misr mamluklari bostirib kirdi. 16-asrning boshidan 1918-yilgacha Iordaniya Usmonli turk imperiyasi tarkibida boʻldi. Mamlakat birinchi jahon urushi davrida arab qoʻzgʻolonchi vatanparvarlari tomonidan ozod qilindi. Soʻng hozirgi Suriya hududi bilan birga amir Faysal qoʻl ostiga oʻtdi (1918). 1920-yildan Iordaniya Britaniya mandatidagi Falastinga qoʻshildi. 1921-yil Iordan daryosining sharqiy qismida Hoshimiylar sulolasidan boʻlgan amir Abdulloh rahbarligida Transiordaniya amirligi tashkil topdi. Uning tashqi siyosati, qurolli kuchlari va iqtisodiyoti ustidan Angliya nazorati oʻrnatildi. Hoshimiylar hukmronligini mustahkamlaydigan konstitutsiya qabul qilindi. Ikkinchi jahon urushi davrida Transiordaniya Buyuk Britaniyaning Yaqin Sharqdagi qarbiy tayanch maydoniga aylantirildi. 1946-yil 25-mayda Transiordaniya Iordaniya nomi bilan mustaqil davlat, amir Abdullox. esa uning podshohi deb eʼlon qilindi. 1948—49 yillardagi Arab-Isroil urushi natijasida Nablus, Bayt-Lahm, Quddusning sharqiy qismi Iordaniyaga qoʻshib olindi. 1967-yil iyunida Isroil Iordaniya urushi natijasida mamlakatning iqtisodiy jiqatdan eng rivojlangan qismi — 6,6 ming km2 hududini Isroil qoʻshinlari bosib oldi. Iordaniya — 1955-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlari 1993-yil 13-fevralda oʻrnatilgan[7].Milliy bayrami 25-may — Mustaqillik kuni (1946).

Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari

Iordaniya Xalqbirligi demokratik partiyasi, 1991-yildan oshkora faoliyat yurita boshlagan; I. Kommunistik partiyasi, 1943-yilda tuzilgan, 1951-yilgacha Milliy ozodlik ligasi deb nomlangan; Xalq demokratik partiyasi, 1989-yilda tuzilgan; Arab sotsialistik uygʻonish partiyasi (Base), 1947-yilda tashkil topgan, umumarab Baʼs partiyasining mintaqa boʻlimi; Islom harakati fronti, 1991-yilda asos solingan. Iordaniya kasaba uyushmalari umumiy federatsiyasi, 1954-yilda tashkil topgan[8].

Xoʻjaligi

Iordaniya dunyoning rivojlanayotgan mamlakatlari qatoriga kirib, iqtisodiyoti asta barqarorlashib borayotgan davlatdir. Mamlakat iqtisodiy faoliyatida davlat sektorining kulami katta. Lekin, xususiy mulkchilik ham keng rivojlangan. Davlat sektoriga, asosan, sogʻliqni saqlash, taʼlim, kommunal xizmat, suv va elektr tarmogʻi, transport, kommunikatsiya va irrigatsiya tarmoklari kiradi. Iordaniya iqtisodiyotida xizmat koʻrsatish, sanoat, qishloq xoʻjaligi va sayyohlik sohalari jadal surʼatlarda rivojlanayotir. Iordaniya fosfat va ishqor (potash), mis va marganets zaxiralariga va unchalik yirik boʻlmagan neft konlariga ega. Mamlakatda konchilik, energetika, toʻqimachilik sanoatlari rivojlangan.

Sanoati

Iordaniya iqtisodiyotining muhim tarmoqlaridan sanaladi. Mazkur tarmoq yalpi ichki mahsulotning 27 % ni beradi. Mamlakatda sanoatning konchilik, energetika, yoqilgʻi, neftni qayta ishlash, kimyo, mashinasozlik, avtomobilsozlik tarmoqlari rivojlangan. Konchilik sanoati mamlakat iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega. Iordaniya yuqori sifatli fosforit katlamlariga ega boʻlib, uning zaxirasi 1,5 mlrd. tonnadan ortiq. Yiliga oʻrtacha 6—7 mln. tonnadan koʻproq (2000-yilda 10 mln. tonna) fosforit qazib olinadi. Iordaniya dunyoning bu qimmatli xom ashyosiga ega boʻlgan 5 asosiy davlat qatoridan joy olgan. Uning yirik konlari Ammondan 35 km uzoqlikda boʻlgan Ruseyfa, Al-Xasa va Shaydiyada joylashgan. Ichki bozorda bu mahsulotga ehtiyojning cheklanganligi sababli uning katta shemi eksport qilinadi. Fosforit eksporti boʻyicha u dunyoda AQSh va Marokashdan keyin 3-oʻrinda turadi. Mamlakat mineral tuzlarga ham boy. Ularning zaxirasi 40,8 mlrd. tonna boʻlib, 1,8 mlrd. tonnasi kaliy xloridga, 6 mlrd. tonnasi kalsiy xloridga, 11 mlrd. tonnasi osh tuziga toʻgʻri keladi. Shuningdek, brom, magniy oksidi ham qazib olinadi. Iordaniyada mis rudasi (zaxirasi 60 mln. tonna), marganets (zaxirasi 3 mln. tonna), uran (300 ming t), temir rudasi (560 ming t) ham bor. Bulardan tashqari, uning yeri kaolin, gips, ohaktosh, kvarsli qumlar, dolomit, bentonit, dala shpati konlariga ham boydir. Ular, asosan, ichki ehtiyojlarga sarflanadi va bir qismi eksport qilinadi. Iordaniyada kimyo sanoati rivojlangan. Aqabada maʼdanli oʻgʻitlar zavoddi ishlaydi. Yiliga 200 ming tonna ftorli alyuminiy eritadigan, 300 tonna uran oksidi ishlab chiqaradigan bir necha inshootlar ham mavjud. Kir yuvish sodalari, turli xil sovunlar, shampunlar hamda yiliga 7 mln. tonnadan ortiq sement ishlab chiqariladi. Roshadiya, Azraq, Holidiya, Fuheysa va boshqa joylarda sement zavodlari mavjud. Neft mahsulotlari zavodlarida yiliga 4—5 mln. tonna neft qayta ishlanadi. Bunday zavodlarning eng yirigi Az-Zarkada joylashgan. Iordan daryosining vodiysi, Oʻlik dengiz atrofi, Azraq, Ruseyfa, Sarxon, Rish kabi hududlarida bir necha neft konlari bor.

Metallni qayta ishlash sanoati keyingi yillardan rivojlana boshlagan. Bir necha armatura zavodi, yiliga 10— 12 ming tonna quvur, 8—10 ming tonna alyuminiy mahsuloti, mayda metall buyumlar (mix, bolt, halqa kabilar) ishlab chiqaradigan zavodlar bor. Iordaniyada sovitkich, gaz plitalar, akkumulyatorlar ishlab chiqaradigan zavodlar, qurilish mollari, mebel korxonalari ishlab turibdi.

Iordaniyada dori-darmon, sigareta, kulolchilik buyumlari, poyabzal, toʻqimachilik mollari ham ishlab chiqariladi. Yiliga oʻrtacha 3,7 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi.

Qishloq xoʻjaligi

Iordaniya iqtisodiyotida unchalik yuqori mavqega ega emas. Mamlakat hududining atigi 5 — 6 % haydaladigan yerlardir. Bu yerlardan yiliga 4 martagacha hosil olish mumkin, biroq suv tanqisligi bunga imkon bermaydi. Qishloq xoʻjaligi yalpi ichki mahsulotning 10 % ni tashkil etadi. Unda aholining 8—10 % mashgʻul. Qishloq xoʻjaligi yerlari, asosan, Iordan daryosi boʻylari va Transiordaniya yasei tepaliklari atrofida joylashgan boʻlib, sitrus mevalar, olxoʻri, olma, shaftoli, karam, bodring, baqlajon, qovun, pomidor, tamaki kabilar yetishtiriladi. Mamlakatda paxtachilik rivojlangan. Chorvachilik oqsoq tarmoq hisoblanadi. Asosan, qoramol, qoʻy va echki boqiladi, biroq yem-xashakning yetishmasligi, yaylovlarning kamligi bu tarmoqning rivojlanishiga imkon bermaydi.

Transporti

Iordaniyada avtomobil, temir yoʻl, suv va havo transporti keng rivojlangan. Avtomobil transportida Ammon — Aqaba, Ammon — Quddus, Ammon— Damashq, Mafraq — Iroq chegarasi yoʻnalishidagi yoʻllar muhim ahamiyatga ega. Avtomobil yoʻllari uzunligi — 9 ming km. Temir yoʻl transportida esa Ammon — Suriya chegarasi, Ammon — Alhosa, Alhosa — Aqaba, Maon — Rasnaqab kabi oʻnlab temir yoʻl liniyalari mavjud. Temir yoʻl uzunligi — 600 km ga yaqin. Suv transportida mamlakatdagi yagona Aqaba portining mavqei katta. Ikkita yirik aeroport — Ammon va Aqaba aeroportlari mavjud. Mamlakat hududidan Kirkuk (Iroq) — Xayfo (Isroil) va Dahron (Saudiya Arabistoni) — Sayda (Livan) neft quvurlari oʻtgan[9].

Iqtisodi

Iordaniya chetga asosan fosfat, fosfatli va kaliyli oʻgʻitlar, ishqor, sement, marmar, akkumulyatorlar, toʻqimachilik buyumlari, parafin, lok, boʻyoqlar, tozalash moddalari (soda va sovunlar), qandolatchilik mahsulotlari, mevalar, poliz ekinlari, kimyoviy mollar chiqaradi. Chetdan mashina, asbob-uskuna, neft va neft mahsulotlari, don, goʻsht va sut mahsulotlari oladi. Ularning 15—20 % ni bugʻdoy, bugʻdoy uni, shakar, goʻsht, sut mahsulotlari, 10 — 15 % ni neft va neft mahsulotlari, 25—30 % ni mashina, asbob-uskuna, elektr jihozlari va mebel tashkil etadi. Iordaniya iqtisodiyotida sayyohlik salmoqli oʻrin egallaydi. Savdo-sotiqdagi mijozlari: Arab davlatlari (asosan, Saudiya Arabistoni, Iroq, Kuvayt), AQSh, Italiya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Hindiston va boshqalar. Pul birligi — iordan dinori.

Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari

Iordaniyada 6 yillik boshlangʻich va 6 yillik oʻrta taʼlim bepul va majburiydir. Oʻquv yurtlari asosan davlatga qaraydi. Xususiy maktablar ham mavjud. Aholining 75 % savodli (mustaqillikdan ilgari 80 % savodsiz boʻlgan). Maorifga har yili mamlakat byudjetining 8—10 % sarflanadi. Mamlakatda Ammon va Irbid universitetlari, bir qancha institut va kollejlar bor. Ularda oʻqish pulli. Ammonda ilmiy tadqiqotlar kengashi, Podshohlik ilmiy jamiyati, Iordaniya arab tili akademiyasi mavjud. Ammonda universitet kutubxonasi, Xalq kutubxonasi, arxeologiya muzeyi, Badiiy galereya, Mozaika muzeyi, Islom muzeyi, Xalq muzeyi ishlaydi.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi

Iordaniyada 1909-yildan boshlab gazeta chiqa boshlagan. Iordaniyada nashr etiladigan asosiy gazeta va jurnallar: „Al-Axbor“ („Yangiliklar“, kundalik gazeta, 1975-yildan), „Axbor al-Us bua“ („Xafta yangiliklari“, haftalik gazeta, 1959-yildan), „Jordan tayme“ („Iordaniya vaqti“, ingliz tilidagi kundalik gazeta, 1975-yildan), „Al Yaqza al-Arabiya“ („Arab uygonishi“, arab tilidagi gazeta, 1991-yildan), „Al Aqso“ (Quddusdagi masjidning nomi, haftalik jurnali, 1970-yildan), „Nido al Vatan“ („Vatan chaqirigʻi“, haftanoma). Iordaniya axborot agentligi hukumatning rasmiy agentligi boʻlib, 1965-yil tashkil etilgan. Iordaniya Xoshimiylar Podshohligi radioeshittirish va telekoʻrsatuv xizmati davlatga qarashli boʻlib, 1959-yilda tashkil qilingan. Radioeshittirishlar arab, ingliz, ispan va ivrit tillarida olib boriladi. Iordaniya telekoʻrsatuviga 1968-yilda asos solingan.

Adabiyoti

Iordaniya adabiyoti 19-asrgacha umum arab adabiyoti tarkibida rivojlandi. 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida Yusuf Ziyovuddin al-Xolidiy, Naxliya Zarriq, Xalil Baydos, Xalil al-Sakkokiniy va boshqaning maʼrifatparvarlik faoliyati kuchaydi. Birinchi „Adabiy jamoa“ (toʻgaraklar)lar paydo boʻldi. Bu davrda isteʼdodli publitsistlar yetishib chiqdi. 20-asr 1-yarmida Mustafo Vaxba at Till va Ibrohim Tukan sheʼriyatda, Najoti Sidqiy prozada milliy ozodlik gʻoyalarini ifodaladilar. Iskandar alhuri al-Baytajali asarlarida, Muhammad ashshariki, Husni Fariz, Muayyad Ibrohim al-Eroniy sheʼrlarida chuqur ijtimoiy muammolar koʻtarildi. Ikkinchi jahon urushidan keyin milliy ozodlik harakatiga bagishlangan sheʼr, hikoya, qissalar paydo boʻldi. Mahmud Sayfiddin al-Eroniy, Iso Annauri, Muhammad Adib al-Amiriy proza janrida asarlar yozishdi. Keyingi yillarda Samira Aʼzam, Abd al-Karim al Karmi (Abu Salma), Muin Bsisu, Nazxat Salom, Ismoil Abd al-Rahmon kabi yozuvchilar, Fariz al-Buhayri, Burhoniddin al-Abushiy kabi shoirlar, Fadva Tukan va Salma al Jausi kabi shoirlar lirikada samarali ijod qildilar.

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati juda qadimgi boʻlib, dunyodagi eng koʻhna shaharlar ham Iordaniya hududida joylashgan. Bu yerlarda soʻnggi paleolit (Kilva qoyalaridagi rasmlar), neolit (xom gʻishtdan qurilgan uylar va tosh istehkomlarning krldiklari), eneolit va jez davriga oid yodgorliklar (tosh saganalar, guvala uylar, diniy inshootlar, toshtaroshlik, sopol va zeb-ziynat buyumlari) saqlangan. Mil. av. 4-asrdan eʼtiboran Filadelfiya (hozirgi Ammon), Geras (hozirgi Jerash) shaharlarini loyihalash va qurishda qadimgi meʼmorlik va tasviriy sanʼat anʼanalariga suyanildi. Mil. av. 9-asrga oid meʼmoriy va tasviriy sanʼat yodgorliklari bu oʻlkada Misr, Bobil, Ossuriya mada-niyatining taʼsiri kuchli boʻlganini koʻrsatadi. Rim hukmronligi davrida ulugʻvor ehrom, teatrlar, Vizantiya hukmronligi davrida cherkov, monastirlar qurilgan, koshinkorlik sanʼati avj olgan. Islom dini tarqalishi munosabati bilan mayejidlar qurildi, eski ibodatxonalar mayejidlarga aylantirildi (Qubbat as-Saxra, al-Aqso mas-jidi va boshqa). 8-asrda Mshatta, Xirbet al-Mafjar, Kusayr-Amra kabi hashamatli saroylar barpo etildi. Umaviylar hukmronligi davrida imoratlarni qadama naqshlar bilan bezash va turli suratlar chizish udum boʻldi. 12—14-asrlarga oid qalʼalar, qoʻrgʻonlar saqlanib qolgan. Iordaniyada 20-asrdan zamonaviy maʼmuriy va jamoat binolari koʻrila boshladi.

Tasviriy sanʼat uncha rivoj topmagan. Xalq sanʼatida badiiy matolar, kashta, gilam, guldor gazlamalar, sopol, charm, yogʻoch buyumlar tayyorlash rivojlangan.

Oʻzbekiston — Iordaniya munosabatlari

Havolalar

Adabiyotlar

  • Густерин П. На родине христианства // Азия и Африка сегодня. — 2006. — № 5.
  • Густерин П. Джераш — Помпеи Востока // Азия и Африка сегодня. — 2006. — № 10.
  • Сычёва Л. Наши люди в Иордании. // «РФ сегодня», 2010, № 16.
  • Helen Chapin Metz, ed. Jordan: A Country Study. Washington: GPO for the Library of Congress, 1989.

Manbalar