Farovonlik qoʻriqchisi operatsiyasi

„Farovonlik qoʻriqchisi“ operatsiyasi (inglizcha: Operation Prosperity Guardian) — AQSh mudofaa vaziri Lloyd Austin tomonidan xalqaro yuk tashuvchi kemalarni himoya qilish maqsadida Qizil dengiz va Adan qoʻltigʻida 2023-yil 18-dekabrda eʼlon qilingan hamda AQSh boshchiligidagi koalitsiya tomonidan boshlab yuborilgan harbiy operatsiya[4][5][6][7][8]. Koalitsiyaning ilk tarkibiga AQSH, Birlashgan Qirollik, Kanada, Fransiya, Italiya, Niderlandiya, Norvegiya, Ispaniya, Bahrayn va Seyshell orollari kirgan[9][10]. Keyinchalik unga Gretsiya[11], Avstraliya[12] hamda Shri Lanka[13] ham qoʻshilgan. Pentagon bergan maʼlumotga koʻra, navigatsiya erkinligini taʼminlash maqsadida 20 ta davlat ushbu operatsiyada qatnashishga rozi boʻlgan[14][15].

„Farovonlik qoʻriqchisi“ operatsiyasi
Asosiy nizolar: Isroil–Hamas urushi
Yamandagi fuqarolar urushi


„Farovonlik qoʻriqchisi“ operatsiyasining xaritasi
Sanalar2024-yil 12-yanvardan — hozirgacha
(4 oy, 1 hafta va 2 kun)
Urush yeriQizil dengiz va unga tutash hududlar
SababHusiylarning Isroil–Hamas urushiga aralashuvi
Holatidavom etmoqda
Raqiblar
AQSH bayrogʻi AQSh

Avstraliya bayrogʻi Avstraliya
Bahrayn bayrogʻi Bahrayn
Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik
Daniya bayrogʻi Daniya
Yunoniston bayrogʻi Gretsiya
Ispaniya bayrogʻi Ispaniya
Italiya bayrogʻi Italiya
Kanada bayrogʻi Kanada
Niderlandlar bayrogʻi Niderlandiya
Norvegiya bayrogʻi Norvegiya
Seyshell orollari bayrogʻi Seyshell orollari
Shri Lanka bayrogʻi Shri Lanka
Qoʻllab-quvvatlovchilar:[1]BAA bayrogʻi Birlashgan Arab Amirliklari
Saudiya Arabistoni bayrogʻi Saudiya Arabistoni

Yaman Oliy siyosiy majlisi

Qoʻllab-quvvatlovchi
Eron bayrogʻi Eron [2]

Qoʻmondonlar
Qoʻshma Shtatlar Lloyd Austin Abdulmalik al Husiy
Yoʻqotishlar
nomaʼlumHusiylar bergan maʼlumotlarga koʻra:

5 kishi oʻldirilgan
6 kishi jarohatlangan[3]

Kelib chiqish sabablari

2023-yilning 19-noyabrda Yaman husiylari, ularning fikricha, Isroilga boruvchi va Isroildan keluvchi tijoriy kemalarga hujum qilishlarini eʼlon qildilar[16]. Kemalarga qilingan doimiy hujumlar va asirga olishlar navigatsion kompaniyalarning Qizil dengiz orqali suzishni toʻxtatishiga va kemada tashiluvchi yuklar uchun sugʻurta narxining koʻtarilishiga olib keldi[17][18]. Operatsiya eʼlon qilinishidan bir necha kun oldin u haqida ommaviy axborot vositalari xabar topdi[19][20][21].

Tomonlarning kuchlari

AQSh harbiy dengiz kuchlari koalitsiya tarkibiga oʻzining USS Dwight Eisenhower aviatashuvchisi (48 ta F/A-18 qiruvchi-bombardirovkachi samolyotga ega), USS Philippine Sea[en], USS Gravely, USS Stethem, USS Carney, USS Mason и USS Laboon esminetslaridan iborat harbiy kemalar guruhi bilan qoʻshilgan[22].

Buyuk Britaniya Qizil dengizga Diamond esminetsini yuborgan[23][24].

Gretsiya koalitsiya kuchlari tarkibiga Hydra[en] yoki bir tipdagi Psara[en] fregatini yuborishni rejalagan[25].

29-dekabr kuni Daniya koalitsiya kuchlariga oʻzining Esbern Snare[en] fregatini qoʻshishini maʼlum qildi[26].

Kanada, Niderlandiya va Norvegiya Qizil degizga faqat shtab ofitserlari guruhini yoʻllash bilan chegaralandi[27].

Avstraliya esa operatsiya shtab-kvartirasiga 11 nafar harbiy xizmatchini yuborishini maʼlum qildi[12].

Seyshell orollari esa maʼlumot almashinish bilan chegaralanadigan boʻldi[28].

Voqealar rivoji

2023

2023-yilning 18-dekabrida AQSh mudofaa vaziri Birlashgan dengiz kuchlarining operativ qoʻmondonligi tomonidan xalqaro dengiz savdo aloqalarini Eron qoʻllovida boʻlgan husiylar hujumidan himoya qilish maqsadida „Farovonlik qoʻriqchisi“ deb nomlangan operatsiyaning boshlanganini maʼlum qildi[29].

2023-yilning 18–23-dekabr kunlari husiylar dron va ballistik raketalar bilan Qizil dengizni kechib oʻtayotgan 5 ta kemaga hujum uyushtirdilar[30][31].

2023-yil 31-dekabr kuni AQSh harbiy vertolyotlari Qizil dengizda Maersk Line kompaniyasining konteyner tashuvchi kemasiga hujum qilgan husiylarga tegishli 3 ta katerni choʻktirib yubordi[32][33].

2024

2024-yilning 3-yanvarida AQSh va uning ittifoqdoshlari husiylarga navigatsiya erkinligini buzuvchi harakatlarni toʻxtatish boʻyicha ultimatum qoʻyishdi[34].

2024-yilning 9-dan 10-yanvarga oʻtar kechasi Buyuk Britaniyaning eskadrali minatashuvchi HMS Diamond kemasi AQSh kemalari bilan birgalikda husiylarning Qizil dengizdagi katta hujumini qaytarishdi[35].

2024-yil 11-yanvar kuni BMT Xavfsizlik kengashi husiylarning Qizil dengizda olib borayotgan agressiv harakatlarini qoralovchi rezolyutsiyani qabul qildi. Xavfsizlik kengashining 11 aʼzosi bu rezolyutsiyani yoqlab ovoz berdi, qarshi ovoz berilmadi, 4 aʼzo davlat ovoz bermadi (Jazoir, Mozambik, Rossiya va Xitoy)[36].

Husiylar kemalarga hujum qilishni toʻxtatish haqidagi ultimatumni inkor qilganidan soʻng, 2024-yil 12-yanvarda AQSh va Buyuk Britaniya qurolli kuchlari Husiylarning Yamandagi harbiy obyektlariga aviazarbalar berdilar[37].

13-yanvar kuni Yamandagi harbiy obyektlarga yana hujumlar uyushtirildi[38].

15-yanvarda Eagle Bulk kompaniyasiga qarashli „Eagle Gibraltar“ kemasining chap yon bortiga raketa kelib urildi. Hujum vaqtida kema Adan shahridan 177 km uzoqlikda boʻlgan. Husiylar ushbu hujum uchun javobgarlikni oʻz zimmalariga olmadilar[39].

16-yanvar kuni Qizil Husiylar dengizning janubiy qismidan oʻtayotgan, Malta bayrogʻi ilingan „Zografia“ yuk kemasiga raketa zarbasi berdilar[40], bu haqda AQSh harbiy kuchlari markaziy qoʻmondonligi (CENTCOM) xabar berdi[41].

Manbalar