Isroil–Hamas urushi

Yaqin Sharqda sodir boʻlgan harbiy toʻqnashuv

Isroil–Hamas urushi[8] – 2023-yilning 7-oktyabrida Hamas boshchiligidagi falastin kutilmaganda Isroilga muvofiqlashtirilgan hujum uyushtirganidan keyin boshlangan harbiy toʻqnashuv[9]sodir boʻldi[10][11]. Hujum ertalab Hamas boshqaruvidagi Gʻazo sektoridan Isroilga kamida 5 000 ta raketa otilishi bilan boshlandi[12]. Parallel ravishda taqriban 2 500 nafar falastinlik jangarilar Gʻazo–Isroil toʻsigʻidan oʻtib, qoʻshni Isroil hududlarida tinch aholi vakillarini asirga oldi[13]. Natijada kamida 1 400 nafar isroillik nobud boʻldi, jumladan, "Reʼim" musiqa festivalining 260 nafar ishtirokchisi[14][15][16]. Qurollanmagan tinch aholi vakillari, jumladan, ayollar va bolalar hamda qoʻlga olingan Isroil askarlari Gʻazo sektoriga olib ketildi[17][18][19][20]. Isroil bunga javoban havo zarbalarini bera boshladi[21] va oradan bir kun oʻtib Hamasga rasman urush eʼlon qildi[21]. Hamas hujumlarini sukkot yahudiy bayrami yakunida, 1973-yilda Yom Kippur urushi boshlanganiga roppa-rosa 50 yil toʻlgan kunda boshladi[11][22].

Isroil–Hamas urushi
Isroil–Falastin mojarosi

     Gʻazo sektori     Isroil ichida evakuatsiya qilingan hududlar
  Hamas hujumining maksimum qamrovi
  Gʻazoning Isroil tomonidan evakuatsiya qilish buyurilgan hududlari
Sanalar7-oktyabr 2023-yil – bugun
Urush yeri
HolatiDavom etmoqda
Raqiblar
 Isroil[3]

Hamasning hujumi

2023-yilning 7-oktyabr kuni tongda Falastinning Hamas guruhi jangchilari Gʻazo sektoridan Isroil tomonga kutilmagan hujumini uyushtirdi. 20 daqiqa ichida Isroilga Gʻazodan 5 000 dan ortiq raketalar otildi. Isroil ommaviy axborot vositalari Gʻazodan kamida 2200 ta snaryad otilganini xabar qilishdi. Hamas harakati harbiy qanoti qoʻmondoni Muhammad al-Dayf Isroilga qarshi harbiy operatsiya boshlanganini maʼlum qildi va buning nomini Al-Aqso toʻfoni (arabcha: عملية طوفان الأقصى) deya nomladi[23]. Gʻazo sektoriga tutash hududlar va Sharon tekisligidagi shaharlarda, shuningdek Gedera, Gerzliyo, Tel-Aviv va Ashklon shaharlarda portlashlar qayd etildi[24].

Isroilning javobi

Yahudiylarning Sukkot (ivritcha: סוכות) bayramiga toʻgʻri kelgan hujum isroilliklar uchun kutilmagan holat boʻldi[25]

„Temir gumbaz“ havo hujumidan mudofaa qilish tizimi ishga tushirildi. Bosh vazir Benjamin Netanyahu va mudofaa vaziri Yoav Gallant Tel-Avivdagi Isroil mudofaa kuchlari (IMK) shtabida xavfsizlikni taʼminladi. Keyinchalik Gallant armiyaning oʻn minglab zahiradagi askarlarini safarbar qilishni maʼqulladi va Gʻazo chegarasidan 80 kilometr (50 mil) radiusda favqulodda holat eʼlon qildi[26].

Xalqaro reaksiya

  Isroil va Falastin
  Isroilni qoʻllaganlar
  Isroil tomonini mojaroni qoʻzgʻatganlikda ayblaganlar
  Mojaroni toʻxtatishga chaqirganlar
  Vaziyat beqarorligi haqida ogohlantirganlar
  • Afgʻoniston: Afgʻoniston Tashqi ishlar vazirligi Afgʻoniston Islom Amirligi „Gʻazo sektoridagi soʻnggi voqealarni diqqat bilan kuzatib borayotganini“ va "Isroildagi sionistlar tomonidan mazlum Falastinliklarning huquqlarini poymol qilishlari, musulmonlarning ibodatxonalarini bir necha marotaba xoʻrlashlari va hurmatsizlik qilishlari natijasida bunday hodisalar sodir boʻlayotganini taʼkidladi[27].
  • Albaniya: Bosh vazir Edi Rama isroilliklar oʻz uylariga ega boʻlish va u yerga qaytish uchun ming yillar davomida kurashganini taʼkidladi[28]. Tashqi ishlar vaziri Igli Hassani hujumni keskin qoralab, qurbonlar, ularning oilalari va butun Isroil bilan birgaligini bildirdi.
  • Jazoir: Tashqi ishlar vazirligi, Isroilning Gʻazoni bombardimon qilishini keskin qoralab, xalqaro tashkilotlarni mojaroga aralashishga chaqirdi va „Isroil mustamlakachiligi“ga qarshi kurashayotgan falastinliklarga hamdardlik bildirdi[29].
  • Argentina: Tashqi ishlar va madaniyat vazirligi „HAMASning Isroil hududiga qarshi amalga oshirgan terrorchilik harakatlaridan afsusda“ ekanini maʼlum qilib, Isroil xalqi bilan birgaligini va qurbonlarga hamdardlik bildirgan[30].
  • Armaniston: Tashqi ishlar vazirligi falastinliklar va isroilliklar oʻrtasidagi zoʻravonlik va tinch aholiga qilingan hujumlardan xavotir bildirdi. Qurbon boʻlganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi va xalqaro hamjamiyatni zoʻravonlikka chek qoʻyishga chaqirdi[31].
  • Avstraliya: Tashqi ishlar vaziri Penny Wong „Avstraliya HAMASning Isroilga uyushtirgan hujumlarini, jumladan shaharlar va tinch aholiga raketalar bilan hujum qilishlarini soʻzsiz qoralaydi“ dedi'[32]. Bosh vazir Anthony Albanese ham hujumlarni keskin qoraladi[33].
  • Ozarbayjon: Ozarbayjon-Isroil parlamentlararo aloqalarning ishchi guruhi Isroilga qilingan hujumni qoralab, hamdardlik bildirdi[34].
  • Belgiya: Tashqi ishlar vaziri Hadja Lahbib TV X telekanalida mamlakat „Isroil fuqarolariga qarshi ommaviy raketa otilishini keskin qoralaydi“ va ular barcha jabrlanganlar bilan" ekanini aytdi[35].
  • Braziliya: Tashqi ishlar vazirligi Braziliyaning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi raisi sifatida ushbu organni shoshilinch yigʻilish oʻtkazishini bildirib, Gʻazo sektoridan Isroilga uyushtirilgan „quruqlikdagi hujumlarni“ qoralab, Isroil xalqiga hamdardlik bildirdi[36].
  • Bosniya va Gertsogovina: Vazirlar Kengashi raisi Borjana Krišto hujumlarni „adolatsiz va shafqatsiz“ deb qoralab, Isroilni qoʻllab-quvvatlashini bildirdi.
  • Kanada: Bosh vazir Jastin Tryudo "Kanada Isroilga qarshi amalga oshirilayotgan terrorchilik harakatlarini keskin qoralashini va zoʻravonlikni „mutlaqo qabul qilib boʻlmas“ deb atadi. U mamlakatini Isroil bilan birgaligini va uning „oʻzini himoya qilish huquqi“ni toʻliq qoʻllab-quvvatlashini taʼkidladi[37].
  • Qozogʻiston: Tashqi ishlar vazirligi tomonlarni vaziyatni tinch yoʻl bilan hal qilish uchun siyosiy vositalarni izlashga va nafaqat ikki davlat oʻrtasida, balki butun Yaqin Sharqda vaziyatning yanada keskinlashishiga olib kelishi mumkin boʻlgan harakatlarga qoʻl urmaslikka chaqirdi[38].
  • Qirgʻiziston: Vaziyatning jiddiyligidan chuqur xavotir bildirib, mojaroning barcha tomonlarini tinchlikka erishish, tinch aholi xavfsizligini taʼminlash va Yaqin Sharq mintaqasida vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida harbiy harakatlarni zudlik bilan toʻxtatishga va imkon qadar tezroq siyosiy va diplomatik muloqotni boshlashga chaqirdi[39].
  • Oʻzbekiston: Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqdagi vaziyatni sezilarli darajada murakkablashtirgan holat keskinlashganidan jiddiy xavotir bildirib, kurashayotgan tomonlarni qurolli qarama-qarshilikni tez fursatlarda tugatish va inqirozni siyosiy hamda diplomatik vositalar orqali hal qilish uchun barcha choralarni koʻrishga chaqirdi[40].

Manbalar