Filip Bradarić

Filip Bradarić (talaffuzi: Filipp Bradarich[1][2])(1992-yil 11-yanvarda tugʻilgan) xorvatiyalik professional futbolchi, hozirda Xorvatiya terma jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Filip Bradarić
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiFilip Bradarić
Tavallud sanasi11-yanvar 1992-yil (1992-01-11) (32 yosh)
Tavallud joyiSplit, Xorvatiya
Boʻyi1.86 m
AmpluasiYarimhimoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2003—2010Hajduk Split
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
2011—2015Hajduk Split38(2)
2011—2013→ Primorac 1929 (Ijara)55(8)
2015—2018Rijeka103(7)
2018—2021Cagliari27(0)
2019—2020→ Hajduk Split (Ijara)9(0)
2020Celta Vigo (Ijara)14(0)
2020—2021→ Al-Ain (Ijara)25(1)
2021—2022Al-Ahli23(2)
Milliy terma jamoa
2010Xorvatiya U192(0)
2014Xorvatiya U213(0)
2016—2018Xorvatiya6(0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 18-mart uchun)

Klubdagi faoliyati

Hajduk Split

Hajduk Split yoshlar akademiyasi safidan chiqgach, Bradarić 2011-yilning yozida Treća HNL Jug jamoasi NK Primorac 1929ga ikki mavsumga ijaraga berilgan va u yerda Bradarić uchinchi va ikkinchi bosqichda asosiy jamoada oʻynagan. 2013-yil yozida u Igor Tudor bosh murabbiyligidagi Hajdukning asosiy jamoasiga qo‘shilgan va 2013-yil 13-iyulda Prva HNL doirasida debyut qilgan va jamoasi bilan mehmonda 5:1 hisobida g‘alaba qozongan. Bradarić uchrashuvning 73-daqiqasida maydonga tushgan.

Rijeka

2015-yil 3-fevralda Bradarić iHNK Rijeka bilan 3 yillik shartnoma imzolagan[3]. 2017-yil 5-may kuni HNK Rijeka va Bradarich shartnomani 2020-yilning iyunigacha uzaytirishga kelishib olishgan[4].

Cagliari

2018-yilning 3-avgustida Bradarić Cagliari bilan besh yillik shartnoma imzolagan va shu tariqa xorijdagi ilk klubida faoliyatini boshlagan. Sardiniya jamoasida u vatandoshlari Darijo Srna va Marko Pajachga qoʻshilgan[5].

Xalqaro faoliyati

2016-yilning noyabr oyida Bradarić Islandiya va Shimoliy Irlandiyaga qarshi oʻyinlar uchun Xorvatiya terma jamoasiga birinchi chaqiruvni olgan[6]. U 2016-yilning 15-noyabrida Shimoliy Irlandiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida debyut qilgan[7].

2018-yil may oyida u Xorvatiyaning 2018-yil Rossiyada boʻlib oʻtadigan futbol boʻyicha Jahon chempionati uchun dastlabki 32 kishilik tarkibiga kiritilgan[8]. 2018-yilning 4-iyunida Bradarić Xorvatiya terma jamoasining jahon chempionatida ishtirok etadigan yakuniy tarkibiga kiritilgan[9]. 2018-yil 26-iyun kuni u Islandiyaga qarshi JCh-2018 o‘yinining 65-daqiqasida Luka Modrichning o‘rniga maydonga tushgan va HNK Rijeka tarixida FIFA Jahon chempionatida ishtirok etgan uchinchi futbolchiga aylangan[10][11].

Faoliyat statistikasi

Klub

KlubMavsumLigaMamlakat KubogiQitʼaJami
DivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGol
Primorac 1929 (ijara)2011—12Treća HNL282--282
2012—13Druga HNL276--276
Jami10371511401328
Hajduk Split2013—14Prva HNL2514110302
2014—15Prva HNL1312030181
Jami10371511401328
Rijeka2014—15Prva HNL15120-171
2015—16Prva HNL2615120332
2016—17Prva HNL3326010402
2017—18Prva HNL29320110423
Jami10371511401328
Cagliari2018—19A Seriya27020-290
Hajduk Split (Ijara)2019—20Prva HNL9010-100
Celta Vigo (Ijara)2019—20La Liga14000-140
Karyerada jami2461724218028819

Xalqaro

Milliy terma jamoaYilOʻyinGol
Xorvatiya2016-yil10
2017-yil10
2018-yil40
Jami60

Yutuqlari

HNK Rijeka

  • Prva HNL : 2016-17
  • Futbol boʻyicha Xorvatiya kubogi : 2016-17

Xorvatiya

Manbalar