Firoza Begum (qoʻshiqchi)
Firoza Begum (bengalcha: ফিরোজা বেগম: 1930-yil 28-iyul - 2014-yil 9-sentyabr) - Bangladeshlik Nazrul Geeti qo'shiqchisi.[2] U 1979-yilda Bangladesh hukumati tomonidan Mustaqillik kuni mukofoti bilan taqdirlangan.
Firoza Begum | |
---|---|
ফিরোজা বেগম | |
Tavalludi | 28-iyul 1930-yil[1] Buyuk Britaniya Hindistoni, Gopalganj tumanida Ratail Ghonaparxa zamindor oilasida |
Vafoti | 9-sentyabr 2014-yil (84 yoshda) Bangladesh, Dakka |
Fuqaroligi | Bangladesh fuqarosi |
Kasbi | Qoʻshiqchi |
Faoliyat yillari | 1940–2014 |
Turmush oʻrtogʻi | Kamal Dasgupta (turm. 1955; vaf. 1974) |
Bolalari | Tahsin Ahmed, Hamin Ahmed, Shafin Ahmed |
Otasi | Mohammad Ismail |
Onasi | Begum Kowkabunnesa |
Mukofotlari | Mustaqillik kuni mukofoti (1979)Netaji Subhash Chandra mukofotiSatyajit Rey mukofotiNosiriddin oltin medaliBangladesh Shilpakala akademiyasi oltin medaliEng yaxshi Nazrul Sangeet xonandasi mukofotiNazrul Akademiyasi mukofotiChuruliya oltin medaliCBS, Yaponiyadan oltin diskMeril-Protom Alo umr boʻyi faxriy mukofoti (2011) Sheltech mukofoti (2000) |
Yoshligi va karyerasi
Firoza Begum 1930-yil 28-iyulda Gopalganj tumanida Ratail Ghonaparxa zamindor oilasida tugʻilgan.[3] Uning ota-onasi Muhammad Ismoil va Begum Kovkabunnesa edi.[2] U bolaligidan musiqaga qiziqib qolgan.[2] U oʻz faoliyatini 1940-yillarda boshlagan.[4]
Firoza Begum oltinchi sinfda oʻqib yurgan chogʻida birinchi marta Butun Hindiston radiosida qoʻshiq kuylagan. U xalq shoiri Qozi Nazrul Islom bilan 10 yoshida tanishgan. Sonʼgra Firoza Begum uning shogirdi boʻldi. 1942-yilda u HMV plastinafon kompaniyasi tomonidan oʻzining birinchi islomiy qoʻshigʻini 78 rpm disk formatida yozib oldi. Oʻshandan beri 12 ta LP, 4 ta EP, 6 ta CD va 20 dan ortiq audiokassetalar chiqarildi.[5] U 1954-yildan 1967-yilda Dakkaga koʻchib kelguniga qadar Kalkuttada yashadi.[2]
Shaxsiy hayoti
1956-yilda Firoza Begum qoʻshiqchi, bastakor va soʻz muallifi Kamol Dasguptaga (u nikohdan oldin Islomni qabul qilgan va Kamol Uddin Ahmad ismini olgan) turmushga chiqdi. Kamol 1974-yil 20-iyulda vafot etdi. Ularning uchta oʻg'lidan ikkitasi Hamin Ahmad va Shafin Ahmad musiqachi boʻldi. Ular hozirda Miles rok guruhining aʼzolaridir.[2]
Vafoti
Firoza Begum 2014-yil 9-sentyabr kuni Dakkaning Apollo kasalxonasida yurak va buyrak muammosi tufayli vafot etdi.[2]
Mukofotlar va unvonlari
Mukofotlari
- Mustaqillik kuni mukofoti (1979)
- Netaji Subhash Chandra mukofoti
- Satyajit Rey mukofoti
- Nosiriddin oltin medali
- Bangladesh Shilpakala akademiyasi oltin medali
- Eng yaxshi Nazrul Sangeet xonandasi mukofoti
- Nazrul Akademiyasi mukofoti
- Churuliya oltin medali
- CBS, Yaponiyadan oltin disk
- Meril-Protom Alo umr bo'yi faxriy mukofoti (2011)
- Sheltech mukofoti (2000)[6][7]
Unvonlari
- Burdvan universitetidan D Lit
- Mamata Banerjidan Bongo Shomman (2012)
Merosi
"Feroza Begum xotirasi oltin medali" 2016-yilda Dakka universiteti tomonidan joriy qilingan. Ushbu medal sovrindorlari har yili hakamlar hayʼati tomonidan milliy tan olingan musiqa sanʼatkorlari orasidan tanlanadi.[8]
2018-yil 28-iyul kuni Google Firoza Begimning 88 yilligini Google Doodle bilan nishonladi.[9]