Ohangaron tuman 2-sonli kasb-hunar maktabi

Ohangaron tuman 2-sonli kasb-hunar maktabi

Ohangaron tuman 2-son kasb-hunar maktabi 2007 yil yangi qurilish yo’li bilan foydalanishga topshirilib, “Ohangaron tumani Transport va servis kasb-hunar kolleji” maqomida faoliyatini boshlagan. Quvvati 540 o’rin. Hozirgi kunda 344 nafar o’quvchi tahsil olmoqda.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 06 sentabrdagi “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora–tadbirlari to’g’risida”gi PF-5812 son farmoniga asosan , “Ohangaron tumani Transport va servis kasb-hunar kolleji” Ohangaron tuman 2-son kasb-hunar maktabiga aylantiridi. Hozirgi kunda 344 nafar o’quvchi tahsil olmoqda.

Ta’lim muassasida o’quv xonalari, innovatsiyon xonalar, o’quv ustaxonasi (chilangarlik ishi, avtomobil tuzilishi, tikuvchilik, yo’l harakati qoidalari xonalari), axborot- kutubxona markazi, 150 o’rinli faollar zali, o’quv laboratoriya xonalari, bufet, sport zal, avtodrom, 2 dona yengil rusumdagi o’quv mashq avtomobili (damas, matiz) mavjud.