Geoffrey Chaucer

Geoffrey Chaucer (talaffuzi: Jeffri Choser; tax. 1340-yillar – 1400-yil 25-oktyabr) – ingliz shoiri va yozuvchisi[1]. „The Canterbury Tales“ („Canterbury hikoyalari“) asari bilan tanilgan[2]. Chaucer Westminster abbatligidagi „Shoirlar burchagi“ deb nomlangan joyga dafn etilgan ilk yozuvchidir. U, shuningdek, faylasuf va astronom sifatida ham shuhrat qozonib, oʻn yashar oʻgʻli Lewis uchun „A Treatise on the Astrolabe“ („Usturlab haqida risola“) ilmiy asarini yozgan. Yozuvchilikdan tashqari, byurokrat, saroy amaldori, diplomat va parlament aʼzosi oʻlaroq faoliyat yuritgan.

Geoffrey Chaucer
Tavalludi tax.  1340-yillar
Vafoti 25-oktabr 1400-yil (56–57 yosh)
London, Angliya
Fuqaroligi Kingdom of England
Kasbi
Turmush oʻrtogʻi
Philippa Roet (turm. 1366)
Bolalari 4
Otasi John Chaucer
Onasi Agnes Copton
Imzosi

Chaucerning boshqa mashhur asarlari qatoriga „The Book of the Duchess“, „The House of Fame“, „The Legend of Good Women“ va „Troilus and Criseyde“ kiradi.

Asarlari

  • The Book of the Duchess (1369)
  • The Parliament of Fowls (1380)
  • The House of Fame (1380)
  • The Legend of Good Women
  • Troylus and Cryseyde
  • The Canterbury Tales (1386)[3]
  • The Book of the Lion
  • Romaunt of the Rose (tarjima)
  • De Consolatione Philosophiae (tarjima)
  • Treatise on the Astrolobe (tarjima)

Manbalar

Bibliografiya

Havolalar