Javohir Siddiqov

Javohir Sidiqov (1996-yil 8-dekabrda tugʻilgan) — oʻzbek futboli yarim himoyachisi , Qarshining „Nasaf“ klubida Oʻzbekiston ligasida va futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasida oʻynaydi.[1]

Javohir Sidiqov
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi8-dekabr 1996-yil (1996-12-08) (27 yosh)
Tavallud joyiToshkent, Oʻzbekiston
Boʻyi164 sm
AmpluasiYarim himoyachi
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
2015-2016Paxtakor FK2(-)
2016-2020Qoʻqon 191269(11)
2019-2020Paxtakor FK (Ijara)21(4)
2021Lokomotiv 19(0)
2022Qoʻqon 191221(4)
2022Lokomotiv
2023-Nasaf
Milliy terma jamoa
2013O‘zbekiston U-174(-)
2014-2015Oʻzbekiston U-206(0)
2017-2019Oʻzbekiston U-2320(4)
2018Oʻzbekiston13(1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Futbolchilik faoliyati

Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi tarbiyalanuvchisi.[2] U ushbu klubning yoshlar jamoasida oʻynagan. 2016-yilda „Paxtakor“ning asosiy tarkibida ikkita o‘yin o‘tkazgan.

2016-yildan Qoʻqon 1912 klubining asosiy oʻyinchilaridan biri.[3] 2021-yil Toshkentning „Temiryoʻlchilari“ bilan shartnoma imzolagan.[4] 2023-yildan Qashining "Nasaf" klubi futbolchisiga aylandi.

Xalqaro faoliyati

2013-yilda 17 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasida toʻrtta oʻyin oʻtkazgan. 2014-2015-yillarda 19 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasida 6 ta oʻyin oʻtkazgan. 2018-yildan Oʻzbekiston yoshlar (Olimpiya) terma jamoasida toʻp surmoqda. 2018-yilning yanvar oyida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bilan birgalikda yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida g‘olib chiqdi.

Sidiqov O‘zbekiston milliy terma jamoasidagi debyutini 2018-yilning 27-mart kuni Marokash terma jamoasiga qarshi o‘yinda (2:0) o‘tkazdi. U 2019-yilgi Osiyo Kubogida O‘zbekiston terma jamoasi safida bo‘lgan — bu turnir davomida 4 ta o‘yin o‘tkazgan. Ulardan birida — Turkmaniston terma jamoasi bilan oʻyinda milliy rangdagi ilk golini urdi

2018-yilning dekabr oyida u Osiyo Kubogi-2019 uchun arizaga kiritildi. 13-yanvar kuni Turkmanistonga qarshi guruh bosqichining ikkinchi oʻyinida u oʻyinning 18-daqiqasida gol urib, uchrashuvda hisobni ochdi. Natijada O‘zbekiston terma jamoasi 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Gol va natijalar ro‘yxatida birinchi bo‘lib O‘zbekistonning gollari qayd etilgan.[5]
SanaStadionRaqibHisobNatijaMusoboqa
1.13 January 2019Al Rashid stadioni, Dubay, Birlashgan Arab Amirliklari  Turkmaniston1-04-02019 AFC Asian Cup

Yutuqlari

  • O‘zbekiston chempioni (3):
Paxtakor: 2015, 2019, 2020
Paxtakor: 2019, 2020
Nasaf: 2023
Paxtakor: 2019-yil
  • Yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati chempioni : 2018-yil

Manbalar

Havolalar