Kamalak
osmon gumbazida rangba-rang boʻlib koʻrinadigan yoy
Kamalak — osmon gumbazida rang-barang boʻlib koʻrinadigan yoy; yorugʻlikning atmosferadagi yomgʻir tomchilarida sinishi, qaytishi va difraksiyasi natijasida yuz beradi. Yomgʻir yogʻib oʻtgach, Quyoshga qarama-qarshi tomonda hosil boʻladi. Quyosh ufqqa qancha yaqin boʻlsa, kamalak shuncha katta koʻrinadi. Kamalakning burchak radiusi 42° ga teng, tashqi qismi qizil, ichki qismi binafsha rangda koʻzga tashlanadi; unda boshqa ranglar toʻlqin uzunligiga qarab joylashadi. Ayrim vaqtlarda atmosferada qoʻshaloq kamalak ham kuzatiladi. Qoʻshimcha kamalak ichki qizil qismining burchak radiusi 50° ga teng. Baʼzan, atmosferada ayni bir vaqtda 3 tadan 6 tagacha kamalak hosil boʻlishi mumkin)[1].
Manbalar
🔥 Top keywords: HamletMaxsus:SearchSoliqBosh SahifaQuyoshAmir TemurTabiatMuhammad YusufFeʼlTopishmoqWilliam ShakespeareKonstitutsiyaAlisher NavoiyAbulfayzxon (drama)Quyosh tizimiOʻzbekistonAl-XorazmiyIbroyim YusupovOʻzbek tilining izohli lugʻati (2006–2008)Birlashgan Millatlar TashkilotiAbdulla OripovTabiatni muhofaza qilishJinsiy aloqaSayyoraMaʼnaviyatMatematikaTemuriylar shajarasiMisr piramidalariJadidchilikTurkistonOʻzbekiston Respublikasi Oliy MajlisiAbdurauf FitratFalsafaBrauzerYerBuyuk Ipak yoʻliBoburBahorSharq taronalari