Kansi
Kansi (haqiqiy ismi Syuan Ye., (1654.4.5-1722.20.12, Pekin) - Xitoydagi manjurlarning Sin sulolasi imperatori (1662 yildan). K. xukmronligi vaqtida manjurlar tomonidan Xitoyni istilo qilish tugallangan. Qoʻshni xalklar va davlatlarga nisbatan bosqinchilik siyosati olib borgan. 1691 yilda Xalxani bosib olgan, Oyrat xonligi bilan urush olib borgan. K. davrida Tibetda manjurlar sulolasining hukmronligi mustahkamlangan, Amur daryosi boʻyidagi rus qishloklariga hujumlar uyushtirib turgan, Rossiya bilan Nerchinsk shartnomasi tuzilgan (1689). Uning buyrugʻiga binoan, Xitoyda eng toʻliq "Kansi szidyan" iyeroglif lugʻati tuzish boshlangan. [1]
Manbalar
🔥 Top keywords: HamletMaxsus:SearchSoliqBosh SahifaQuyoshAmir TemurTabiatMuhammad YusufFeʼlTopishmoqWilliam ShakespeareKonstitutsiyaAlisher NavoiyAbulfayzxon (drama)Quyosh tizimiOʻzbekistonAl-XorazmiyIbroyim YusupovOʻzbek tilining izohli lugʻati (2006–2008)Birlashgan Millatlar TashkilotiAbdulla OripovTabiatni muhofaza qilishJinsiy aloqaSayyoraMaʼnaviyatMatematikaTemuriylar shajarasiMisr piramidalariJadidchilikTurkistonOʻzbekiston Respublikasi Oliy MajlisiAbdurauf FitratFalsafaBrauzerYerBuyuk Ipak yoʻliBoburBahorSharq taronalari