Katta qullar koʻli
Katta qullar koʻli, Katta asirlar koʻli — Kanadaning shim.gʻarbiy qismidagi koʻl, 150 m balandlikda. Mayd. 28,6 ming km2, chuq. 150 m gacha, uz. 480 km. Koʻl oʻrni muzlik va tektonik harakat natijasida vujudga kelgan. Gʻarbiy sohili past, igna bargli oʻrmonlar bilan qoplangan, sharqiy va shim. sohili sertepa, oʻsimlik kam. Sharqiy qismida orol koʻp. Koʻlga Qullar daryosi, Xey va b. daryolar quyiladi; Makenzi daryosi oqib chiqadi. Okt. dan iyungacha muzlaydi. Kema qatnaydi, baliq ovlanadi. Shim. sohilida oltin konlari bor. Koʻl sohilida Yellounayf, FortRezolyushen portlari joylashgan.[1]
Manbalar
🔥 Top keywords: HamletMaxsus:SearchSoliqBosh SahifaQuyoshAmir TemurTabiatMuhammad YusufFeʼlTopishmoqWilliam ShakespeareKonstitutsiyaAlisher NavoiyAbulfayzxon (drama)Quyosh tizimiOʻzbekistonAl-XorazmiyIbroyim YusupovOʻzbek tilining izohli lugʻati (2006–2008)Birlashgan Millatlar TashkilotiAbdulla OripovTabiatni muhofaza qilishJinsiy aloqaSayyoraMaʼnaviyatMatematikaTemuriylar shajarasiMisr piramidalariJadidchilikTurkistonOʻzbekiston Respublikasi Oliy MajlisiAbdurauf FitratFalsafaBrauzerYerBuyuk Ipak yoʻliBoburBahorSharq taronalari