Laura Dahlmeier

Laura Dahlmeier (1993-yil 22-avgustda tugʻilgan) — isteʼfodagi nemis biatlonchisi. Dahlmeier oʻzining birinchi jahon kubogi poygalarida 2012—2013-yilgi mavsumda boshlangan[2]. 2014-yilda u Sochida boʻlib oʻtgan qishki Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan. 2017-yilgi jahon chempionatida beshta oltin medalni qoʻlga kiritgan. 2018-yilda u xuddi shu Olimpiadada biatlon sprint va taʼqib qilishda gʻolib chiqqan birinchi ayol boʻlgan[3]. Faoliyati davomida Olimpiadada jami ikkita oltin va bitta bronza, jahon chempionatlarida yettita oltin, uchta kumush va beshta bronza medali, bitta umumjahon kubogi va ikkita intizom boʻyicha Jahon kubogi gʻolibi boʻlgan. Dalmeyer 2019-yilning may oyida, 25 yoshida musobaqadagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qilgan. 2019-yil oktyabr oyida u bolalar kitobini chiqargan.

Laura Dahlmeier
Shaxsiy maʼlumotlari
Fuqaroligi  Germaniya
Tavallud sanasi 22-avgust 1993-yil (1993-08-22) (30 yosh)
Garmisch-Partenkirchen, Germaniya
Boʻyi 1.62 m[1]
Veb-sayti http://www.laura-dahlmeier.de/
Sport
Qaysi sport (Biatlon)

Faoliyati

Biatlondagi faoliyati

2013-yilda Avstriyaning Obertilyax shahrida oʻtkazilgan biatlon boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida Dahlmeyer yakkalik, sprint va estafeta bahslarida uchta oltin medalni, shuningdek, taʼqib qilishda kumush medalni qoʻlga kiritgan. Shundan soʻng, u 2013-yilgi biatlon boʻyicha Jahon chempionatida ayollar estafetasida Germaniya terma jamoasiga qabul qilingan: uchinchi bosqichda u aniq zarba bergan va 38 soniyalik kamchilikni bartaraf etib, Germaniya bilan peshqadam boʻlgan. Dalmeyer oʻzining birinchi toʻliq Jahon kubogi musobaqalarini keyingi mavsumda yakunlagan: u Jahon kubogi estafetalarida koʻproq muvaffaqiyat qozongan, biroq yakka tartibli shohsupaga chiqa olmagan va 2014-yil Rossiyaning Sochi shahrida boʻlib oʻtgan Qishki Olimpiya oʻyinlarida bu natijalrni yaxshilashga taʼsir oʻtkaza olmagan.

Dahlmeierning 2014—2015-yilgi mavsumini boshlash jarohati tufayli kechiktirilgan va u 2014-yil dekabr oyida Pokljukada Jahon kubogi mavsumida debyut qilgan. Ikki oy oʻtgach, u Nové Město na Moravěda oʻzining birinchi Jahon kubogi gʻalabasini qoʻlga kiritgan, shundan soʻng u yana oltita shohsupaga koʻtarilishga sazovor boʻlgan, shu jumladan ikkinchi gʻalaba va oʻzining birinchi ikkita kattalar jahon chempionati medali, taʼqib qilishda kumush va ayollar estafetasida oltin medallariga ega chiqqan.

2015—2016-yillarda beshta Jahon kubogi gʻolibi boʻlgan va Osloda boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida u birinchi yakkalik oltin medalini, ommaviy startda kumush va sprint, shaxsiy va ayollar estafetasida bronza medalini qoʻlga kiritgan.

Dahlmeierning 2018—2019-yilgi mavsumi kasallik tufayli toʻxtatilgan, ammo u 2019-yil yanvar oyida Antholzda boʻlib oʻtgan Jahon kubogi poygasida gʻalaba qozongan va 2019-yilda Östersundda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida sprint va taʼqib qilish boʻyicha ikkita bronza medalini qoʻlga kiritgan. Mavsum tugagandan soʻng, 2019-yil may oyida u professional biatlon uchun zarur boʻlgan 100 % ishtiyoqni his qilmasligini aytib, musobaqadan ketishini eʼlon qilgan[4].

Biatlondan keyingi faoliyati

2019-yil 18-oktyabrda Dahlmeier oʻzi hammuallif boʻlgan Die Klima Gang: Laura Dahlmeier und Freunde im Einsatz für die Natur nomli bolalar kitobini chiqargan.

2019—2020-yilgi biatlon boʻyicha Jahon kubogi mavsumida u Germaniyaning ZDF teleradiokompaniyasida ekspert sharhlovchisi boʻlib ishlagan[5].

Biatlon natijalari

Barcha natijalar Xalqaro biatlon ittifoqidan olingan[6]. 2019-yil 17-may kuni u biatlondan ketishini eʼlon qilgan[7].

Olimpiya oʻyinlari

3 ta medal (2 ta oltin, 1 ta bronza)

MusobaqaShaxsiySprintTaʼqib qilishOmmaviy startEstafetaAralash estafeda
2014-yil Sochi13463011DSQ
2018-yil PxyonchxanBronzaOltinOltin1684
*Aralash estafeta musobaqa sifatida 2014-yilda qoʻshilgan.

Jahon chempionatlari

15 ta medal (7 ta oltin, 3 ta kumush, 5 ta bronza)

MusoaqaShaxsiySprintTaʼqib qilishOmmaviy startEstafetaMixed relayYagona aralash estafeta
2013-yil Nové Město5
2015-yil Kontiolahti64Kumush7Oltin
2016-yil OsloBronzaBronzaOltinKumushBronza
2017-yil HochfilzenOltinKumushOltinOltinOltinOltin
2019-yil Ostersund4BronzaBronza64

Yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati

MusobaqaShaxsiySprintTaʼqib qilishEstafeta
2011-yil Nové Město1214BronzaBronza
2012-yil Kontiolahti1637346
2013-yil ObertilyaxOltinOltinKumushOltin

Yevropa yoshlar olimpiya qishki festivali

MusobaqaShaxsiySprintAralash estafeta
2011-yil LiberecOltinOltinOltin

Manbalar