Levan Keniya

Levan Keniya (gruzincha: ლევან ყენია; 1990-yil 18-oktyabrda tugʻilgan) — gruziyalik professional futbolchi, Germaniyaning KFC Uerdingen klubida hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Levan Kenia
ლევან ყენია
Kenia Schalke 04 bilan, 2009-yil
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi18-oktyabr 1990-yil (1990-10-18) (33 yosh)
Tavallud joyiTbilisi, Gruziya
Boʻyi1.76 m
AmpluasiYarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
KFC Uerdingen
Raqami11
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2004-2005Dinamo Tbilisi
2005-2007Lokomotive Tbilisi
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
2007-2008Lokomotive Tbilisi19(4)
2008FC Schalke 04 II2(0)
2009-2012Schalke 0411(0)
2012-2013Karpaty Lviv20(3)
2013-2014Fortuna Düsseldorf11(0)
2014-2017Slavia Prague31(3)
2017-2018Lokomotive Tbilisi3(0)
2018-2019Dudelange11(1)
2019-2020Saburtalo9(0)
2021-KFC Uerdingen25(4)
Milliy terma jamoa
2006Gruziya U172(0)
2007-2008Gruziya U195(0)
2008-2012Gruziya U215(1)
2007-Gruziya29(4)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 11-noyabr uchun)

Klublardagi faoliyati

Keniya 2008-yilning yanvarida „Lokomotive Tbilisi„dan „Shalke 04“ga kelib qoʻshilgan. Klub bilan 2012-yilning iyunigacha amalda boʻladigan shartnoma imzolagan[1]. Keniya 2008-yilning 2-oktyabrida „Schalke 04“ tarkibida UEFA kubogi doirasida APOELga qarshi oʻyinning 65-daqiqasida Gerald Asamoahning oʻrniga maydonga tushib debyut qildli[2]. Ilgari Keniya 14 yoshida „Barcelona“ da ikki hafta mashgʻulot oʻtkazgan[3].

2009-yil 11-aprelda Keniya „Schalke“ safida „Karlsruher SC“ ga qarshi oʻyinda Bundesligada debyut qildi[4].

2012-yil 14 avgustda Keniya Ukraina Premyer-ligasi vakili „Karpaty Lviv „ bilan ikki yillik shartnomaga rozi boʻldi. Ukrainada bir yil oʻtkazgandan soʻng, Keniya Germaniyaga qaytib keldi va Fortuna Düsseldorf bilan ikki yillik shartnoma imzoladi[5].

Keniya Düsseldorning umidlarni oqlay olmadi. Pleymeyker sifatida 2013—2014-yilgi mavsumda atigi oʻn bitta oʻyin oʻtkazdi. Mavsumning ikkinchi yarmida toʻrt daqiqa oʻynadi. 2014-yilning 1-iyulida, avvalgi mish-mishlarga koʻra, uning shartnomasi bekor qilingani eʼlon qilingan[6].

2018-yilning yozida Lyuksemburgning „F91 Dudelange“ klubiga oʻtdi[7].

2021-yilda Keniya Germaniyaning KFC Uerdingen mintaqaviy klubiga qoʻshildi[8].

Xalqaro faoliyati

Keniya Gruziya terma jamoasidagi debyutini 2007-yilning 8-sentyabrida Ukrainaga qarshi oʻyinda oʻtkazdi[9]. Gruziya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Klaus Toppmöller oʻz yoshidagi bunday texnik qobiliyatga ega futbolchini hech qachon koʻrmaganini aytgan[10]. Terma jamoada Keniya hamkasblari Levan Mchedlidze va Giorgi Makaridze bilan birgalikda UEFA Yevro-2008 saralash bosqichida Shotlandiya qarshi oʻyinda maydonga tushishdi, 2:0 hisobida gʻalaba qozonishdi[11]. Toppmöller Keniyani, „Keniya uchrashuvdagi eng yaxshilardan biri boʻldi“ deb maqtadi[12].

Kenya milliy terma jamoasidagi birinchi golini 2008-yilning 27-mayida Estoniyaga qarshi oʻyinda kiritgan[13].

Shaxsiy hayoti

Levan SC Freiburg klubining sobiq yarim himoyachisi Georgi Kiknadzening jiyani.

Faoliyat statistikasi

Klub

25-iyul, 2014-yil holatiga koʻra
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar
KlubMavsumLigaKubokQitʼaJami
IshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollar
Lokomotivi Tbilisi2005—200640000040
2006—20071130000113
2007—200841000041
Jami1940000194
Schalke 042008—200910001020
2009—20101002100121
2010—201100000000
2011—201200000000
Jami1102110141
Karpati Lvov2012—20132032100224
Fortuna Düsseldorf2013—20141101000120
Jami faoliyati6175210679

Xalqaro

27-may, 2016-yil holatiga koʻra[14]
Levan Keniya tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati
T/rSanaJoyKepRaqibHisobNatijaMusobaqa
12008-yil 27-mayA. Le Coq Arena, Tallin, Estoniya9  Estoniya1-11-1Doʻstona
22008-yil 20-avgustLiberti stadioni, Suonsi, Uels11  Uels1-12-1Doʻstona
32008-yil 6-sentyabrStadion am Bruchweg, Mainz, Germaniya12  Ireland1-21-22010-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi
42016-yil 27-mayASKÖ Stadion, Wels, Avstriya27  Slovakiya1-31-3Doʻstona

Manbalar