Luis Federico Leloir
Leluar Luis Federiko (1906.6.11 — Parij—1987.2.12) — argentinalik biokimyogar. Buenos-Ayres universitetini tugatgan (1932), Kembrij (1935—36) va Sent Luis (AQSH) universitetlarida ishlagan. Biokimyo tadqiqotlari instituti rektori (1947-yildan), Buenos-Ayres universiteti professor (1962-yildan). Asosiy tadq-iqotlari uglevodlar biokimyosiga oid. Birinchi qand nukleotidi — uridin-difosfatglyukozani (1951), purin va pirimidin hosilalariga taalluqli juda koʻp nukleotiddifosfatqandlarni (NDFqandlar) kashf qilgan (1950—60). Shu kashfiyotlarga asoslanib koʻpgina uglevodlar, jumladan, glikogen (1959) va kraxmal (1960) biosintezi mexanizmini tushuntirib bergan. Nobel mukofoti laureata (1970).[1][2]
Manbalar
🔥 Top keywords: HamletMaxsus:SearchSoliqBosh SahifaQuyoshAmir TemurTabiatMuhammad YusufFeʼlTopishmoqWilliam ShakespeareKonstitutsiyaAlisher NavoiyAbulfayzxon (drama)Quyosh tizimiOʻzbekistonAl-XorazmiyIbroyim YusupovOʻzbek tilining izohli lugʻati (2006–2008)Birlashgan Millatlar TashkilotiAbdulla OripovTabiatni muhofaza qilishJinsiy aloqaSayyoraMaʼnaviyatMatematikaTemuriylar shajarasiMisr piramidalariJadidchilikTurkistonOʻzbekiston Respublikasi Oliy MajlisiAbdurauf FitratFalsafaBrauzerYerBuyuk Ipak yoʻliBoburBahorSharq taronalari