Mason Greenwood

Mason Will John Greenwood (2001-yil 1-oktabrda tugʻilgan) — ingliz professional futbolchisi, Premer liga klubi Manchester Yunaytedda hujumchi sifatida oʻynaydi.

Yoshlar akademiyasidan chiqib kelib, Greenwood 2019-yil sentabr oyida UEFA Yevropa Ligasi doirasida „Astana“ga qarshi oʻyinda gol urdi va 17 yoshu 353 kunligida klubning yevrokuboklardagi eng yosh gol urgan oʻyinchisiga aylandi. Uning Angliya terma jamoasidagi debyuti 2020-yil sentabrida UEFA Millatlar Ligasi doirasida Islandiyaga qarshi oʻyinda boʻlgan. 2022-yil yanvar oyida Greenwood zoʻrlash va tajovuz qilishda, bir necha kundan keyin esa jinsiy zoʻravonlik va oʻldirish bilan tahdid qilishda gumonlanib hibsga olingan. Greenwood oʻsha kundan beri oʻz klubi yoki terma jamoasi bilan mashgʻulot oʻtkazmagan yoki maydonga tushmagan.

Mason Greenwood
Mason_Greenwood_(cropped)
Greenwood Manchester Unitedda 2017-yil
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud joyiBradford, West Yorkshire, Angliya bayrogʻi Angliya
Boʻyi1.81m[1]
AmpluasiHujumchi[2]
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Angliya bayrogʻiManchester United
Raqami11
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2007-2018Angliya bayrogʻiManchester United
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
2018-Manchester United(22)
Milliy terma jamoa
2015England U15(0)
2017-2018England U17(1)
2018England U18(1)
2019-England U21(1)
2020-Angliya(0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(22-yanvar uchun)

Jamoalardagi faoliyati

Manchester United

Dastlabki yillari

Greenwood olti yoshida Manchester Unitedga kelib qoʻshildi va Halifaxdagi klubning rivojlanish maktabida oʻynadi[3]. Akademiya saflarini bosib oʻtgandan soʻng, u 16 yoshgacha boʻlganlar uchun munosib boʻlishiga qaramay, 2017-18 yilgi mavsumda 18 yoshgacha boʻlganlar jamoasiga qoʻshildi va 21 oʻyinda 17 gol bilan U18 Premer liganing Shimoliy toʻpurari boʻldi[4]. 2018-yil may oyida Yoshlar Niderlandiyada ICGT Trophy sovrinini qoʻlga kiritdi, Greenwood Turnirning eng yaxshi oʻyinchisi deb topildi[5].

2018-19 yilgi mavsum: debyut yili

Mason Greenwood Chempionlar ligasida

2018-yil iyul oyida Greenwood Amerika Qoʻshma Shtatlariga mavsumoldi safarida birinchi jamoa bilan birga sayohat qildi[6]. 20-iyul kuni u Amerika klubiga qarshi 1:1 hisobidagi durang bilan tugagan oʻyinda 76-daqiqada zaxiradan maydonga tushib, debyutini oʻtkazdi.[7]. 2-oktabr kuni Greenwood klub bilan birinchi professional shartnomasini imzoladi[8]. Dekabr oyida u José Mourinho tomonidan UEFA Chempionlar Ligasi doirasida „Valensiya“ga qarshi oʻyin oldidan asosiy jamoa bilan mashgʻulot oʻtkazish uchun tanlangan[9].
2019-yil 6-mart kuni Ole Gunnar Solskjær boshchiligida Greenwood Chempionlar Ligasi doirasida PSJga qarshi oʻyinda (3:1) 87-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi[10]. 17 yoshu 156 kunligida u Yevropa musobaqalarida klub sharafini himoya qilgan ikkinchi eng yosh futbolchiga aylandi (faqat Norman Whitesidedan keyin) va Chempionlar Ligasi davridagi eng yosh futbolchi[11]. Toʻrt kundan soʻng u Premer-ligadagi debyutini Arsenalga qarshi oʻyinda (2:0) zaxiradan oʻyinga qoʻshildi va klubning eng yosh liga debyutantlaridan biriga aylandi[12][13].
7-may kuni Greenwood Premer liganing 2-aprel oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi[14]. Mavsum oxirida u har yili klubning yoshlar jamoalaridagi eng yaxshi futbolchisiga beriladigan Jimmi Merfi nomidagi yilning eng yaxshi yosh futbolchisi mukofotini oldi[15]. 12-may kuni, mavsumning soʻnggi kunida, Grinvud oʻzining klub uchun birinchi marta asosiy tarkibdagi oʻyinini „Kardiff Siti“ga qarshi uchrashuvda (2:0) oʻtkazdi[16].

2019-20 yilgi mavsum: Jamoaning birinchi yutugʻi

Greenwoodning „Yunayted“dagi birinchi goli 19-sentabr kuni Qozogʻistonning „Astana“ jamoasiga qarshi Yevropa ligasining dastlabki oʻyinida kiritdi, oʻyindagi yagona golni urib, 17 yosh-u 353 kunligida klubning Yevropa musobaqalaridagi eng yosh gol muallifiga aylandi[17]. 7-noyabr kuni u „Yunayted“ning Belgradning „Partizan“ klubi ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda ham gol urdi va ular musobaqaning pley-off bosqichiga yoʻl oldi[18]. 24-noyabr kuni Greenwood „Sheffield United“ bilan 3:3 hisobida durang oʻynab, ligadagi birinchi golini kiritdi[19]. 12-dekabr kuni u AZ Alkmaarga qarshi Yevropa Ligasi guruh bosqichining soʻnggi oʻyinida ikki marta gol urdi(bittasi penaltidan). „Manchester Yunayted“ oʻyinda 4:0 hisobida gʻalaba qozondi va oʻz guruhida birinchi oʻrinni egalladi[20].
2020-yil 11-yanvarda ketma-ket uchta oʻyinda gol ura olmagach, Greenwood Norvich Siti ustidan 4:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda bitta gol urdi[21]. 15 kundan keyin u Angliya kubogidagi ilk golini Tranmere Roversga qarshi oʻyinda urdi(6:0 hisobida Yunayted gʻalaba qozondi)[22]. Greenwood toʻrt hafta oʻtgach, ligada Watfordga qarshi 3:0 hisobidagi gʻalabali oʻyinda yana gol urdi[23]. 12-mart kuni u Avstriyaning LASK jamoasi ustidan 5:0 hisobida gʻalaba qozonib, Yevropa Ligasidagi beshinchi golini kiritdi, „Yunayted“ safida bir Yevropa mavsumida kamida beshta gol urgan birinchi oʻsmirga aylandi[24].

Mason Greenwood va Bruno Fernandes



COVID-19 pandemiyasi tufayli uch oy futbol toʻxtatilganidan soʻng, Greenwood 2020-yil 9-iyul holatiga koʻra „Yunayted“ning barcha oltita oʻyinida maydonga tushdi. U dastlabki uchta oʻyinda gol ura olmadi, ammo keyingi uchtasida jami toʻrtta gol urdi. 4-iyul kuni Bournemouthga qarshi 5:2 hisobida gʻalaba qozongan uchrashuvda dubl qayd etdi[25]. Shundan soʻng u Aston Villa darvozasiga gol urdi, bu uni Premer ligada ketma-ket uchta oʻyinda gol urgan 19 yoshgacha boʻlgan toʻrtinchi oʻyinchi va Francis Jeffers 1999-yilda Everton uchun gol urganidan beri birinchi futbolchiga aylandi[26].

2020-21 yilgi mavsum: 11-raqam

Manchester_United vs Aston_Villa, 25-sentabr, 2021-yil

2019-yilgi mavsumda 26-raqamdan soʻng, Greenwoodga 2020-yil 4-sentabr kuni „Manchester Yunayted“ tomonidan 11-raqamli futbolka berildi[27]. U 11-raqamni kiyadigan mashhur futbolchilar roʻyxatiga qoʻshildi(Ryan Giggs kabi). Ryan Giggs 2014-yilda 963 ta oʻyin bilan „Yunayted“ning yetakchi oʻyinchisi sifatida isteʼfoga chiqdi. 22-sentabr kuni Greenwood EFL kubogining uchinchi bosqichida „Luton Town“ ustidan mehmonda 3:1 hisobida gʻalaba qozonib, mavsumdagi ilk golini kiritdi[28]. 28-oktabr kuni Greenwood UEFA Chempionlar Ligasidagi ilk golini RB Leipzigga qarshi 5:0 hisobida gaalaba qozonilgan oʻyinda urdi[29]. 5-dekabr kuni u oʻzining mavsumdagi birinchi ligadagi golini safarda West Ham Unitedga qarshi oʻyinda (3:1) kiritdi[30].

2021-yil 24-yanvarda Greenwood Angliya Kubogidagi ilk golini toʻrtinchi turda azaliy raqibi Liverpulga qarshi oʻz uyida 3:2 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda urdi[31]. 2-fevral kuni Greenwood „Manchester Yunayted“ning Premer ligadagi Southamptonga qarshi oʻyinda toʻliq 90 daqiqa oʻynadi va 9:0 hisobida yirik gʻalaba qozondi[32]. 4-aprel kuni u ligadagi toʻrt oylik qurgʻoqchilikni buzdi va oʻz maydonida 2:1 hisobida yakunlangan Brighton & Hove Albionga qarshi oʻyinda gol kiritdi[33]. Greenwood aprel oyida toʻrtta oʻyinda toʻrtta gol urdi, shu jumladan Burnleyga qarshi oʻyinda[34]. Bu uni Premer ligada oyning eng yaxshi oʻyinchisi nominatsiyasi boʻyicha nomzodlar qatoriga kiritdi, uni West Ham Unitedda ijarada oʻynagan jamoadoshi Jesse Lingard qoʻlga kiritdi[35]. 29-aprel kuni Greenwood UEFA Yevropa Ligasidagi oʻzining mavsumdagi ilk golini yarim finalning birinchi oʻyinida Romaga qarshi oʻyinda urdi va jamoa 6:2 hisobida gʻalaba qozondi[36].

2021-22 mavsum

Greenwood 2021-yil Manchester Unitedda

2021-yil 14-avgust kuni Greenwood Manchester Unitedning Premer liganing 2021-22-yilgi mavsumining ochilish oʻyinida „Lids“ ustidan 5:1 hisobida qozonilgan gʻalabasida, mavsumdagi ilk golini kiritdi[37]. 29-avgust kuni Greenwood Wolverhampton ustidan 1:0 hisobidagi gʻalabani taʼminlagan golni urdi va Premer liga tarixida Robbi Faulerdan keyin jamoasining mavsumdagi dastlabki uchta oʻyinida gol urgan ikkinchi oʻsmirga aylandi,[38] va Unitedga rekordni yangilashga yordam berdi.Manchester United ketma-ket 28 ta safar oʻyinlarida magʻlub boʻlmagan holda Angliya futboli tarixidagi rekordni yangiladi[39][40]. 8-dekabr kuni Greenwood 2021-22 yilgi Chempionlar ligasidagi ilk golini BSC Young Boysga qarshi oʻyinda vaqtinchalik bosh murabbiy Ralf Rangnik qoʻl ostidagi Chempionlar Ligasidagi ilk oʻyinida (1:1) urdi[41].

Manchester United vs Everton, 7-Avgust 2021-yil Mason Greenwood, David de gea va Bruno Fernandes


Xalqaro faoliyat

Greenwood Angliyaning 17 yoshgacha boʻlgan terma jamoasida 2017-18 yillarda oltita oʻyinda oʻtkazgan va Portugaliyadagi Algarve turnirida jamoaning bir qismi boʻlgan[42].

2019-yilning 30-avgustida Greenwood ilk bor Angliyaning 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilari terma jamoasiga kiritildi[43] va 21 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati-2021 saralashida 6-sentabr kuni Turkiyaga qarshi oʻyinda (3:2) 59-daqiqada oʻrinbosar sifatida debyut qildi[44]. 19-noyabr kuni Greenwood U21 uchun Angliya 2:1 hisobida Gollandiyaga qarshi magʻlub boʻlgan oʻyinda birinchi golini urdi[45].

2020-yilning 25-avgustida Greenwood birinchi marta Angliya terma jamoasiga kiritildi[46]. U 5-sentabr kuni UEFA Millatlar ligasi A ligasining 2020-21-yilgi mavsumida Islandiya ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda debyut qildi va 78-daqiqada maydonga tushirildi[47]. 7-senytabr kuni Greenwood va ingliz jamoadoshi Fil Foden Islandiyadagi COVID-19 karantini qoidalarini buzganidan soʻng, mehmonxonaning Angliya terma jamoasi egallab turgan qismini tark etib, Angliya terma jamoasidan olib tashlandi, OAV xabarlariga koʻra, Greenwood va Foden mehmonxonaning boshqa qismida ikki ayol bilan uchrashgan[48].

Greenwood 2020/21 yilgi mavsumni kuchli boshlaganiga qaramay, uchta oʻyinda uchta gol urgan boʻlsa ham, Greenwood 2021-yil sentabr oyida Angliya terma jamoasi uchun Jahon chempionati saralash bosqichi uchun tanlanmadi, murabbiy Garet Sautgeyt shunday dedi: „U bizning fikrimizda, men u va uning klubi bilan gaplashganimizda, u bizga juda yoqadigan oʻyinchi. Biz hammamiz u kerakli vaqtda oldinga siljishini juda yaxshi tushunamiz.“[49]

Karyera statistikasi

Klub

match played 22 January 2022
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollar
KlubMavsumLigaFA CupEFL CupEuropeBoshqalarJami
DivisionAppsGoalsAppsGoalsAppsGoalsAppsGoalsAppsGoalsAppsGoals
Manchester United2018–19Premier League3000001[lower-alpha 1]040
2019–20Premier League311051419[lower-alpha 2]54917
2020–21Premier League317423114[lower-alpha 3]25212
2021-22Premier League18510104[lower-alpha 1]1246
Jami83221038228812935
Manchester United U212019-201[lower-alpha 4]111
Karyera jami8322103822881113036

Xalqaro

match played 5 September 2020
Terma jamoa va yil boʻyicha koʻrinish va gollar
National teamYearAppsGoals
Angliya202010
Total10

Mukofotlar

  • UEFA Yevropa Ligasi ikkinchi oʻrin sohibi: 2020-21[50]
  • Premer liga 2 da oyning eng yaxshi futbolchisi: 2019-yil, aprel[51]
  • Jimmi Merfi yilning eng yaxshi yosh futbolchisi: 2018-19
  • IFFHS Jahon yoshlar terma jamoasi (U20): 2021-yil[52]

Manbalar

Havolalar

  • Profile at the Manchester United F.C. website
  • Profile at the Football Association website