Medhi Benatia

Medhi Amine El Mouttaqi Benatia (1987-yil 17-aprelda tugʻilgan) — sobiq professional futbolchi, markaziy himoyachi sifatida oʻynagan. Benatia xalqaro oʻyinlarda Marokash terma jamoasi sharafini himoya qilgan. U terma jamoa safida 66 ta xalqaro oʻyinda ishtirok etgan va eng muhimi, 20 yil ichida birinchi Jahon kubogida sardorlik qilgan.

Medhi Benatia
Benatia 2018-yil Jahon chempionati Marokash safida
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiMedhi Amine El Mouttaqi Benatia[1]
Tavallud sanasi17-aprel 1987-yil (1987-04-17) (37 yosh)
Tavallud joyiCourcouronnes, Fransiya
Boʻyi1.90 m[2]
AmpluasiHimoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2000-2002Clairefontaine
2002-2003Guingamp
2003-2005Marseille
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
2005-2008Marseille0(0)
2006-2007Tours (ijara)29(0)
2007-2008Lorient (ijara)0(0)
2008-2010Clermont57(2)
2010-2013Udinese80(6)
2013-2014Roma33(5)
2014-2017Bayern Munich29(2)
2016-2017Juventus (ijara)12(1)
2017-2019Juventus28(2)
2019-2021Al-Duhail38(1)
Milliy terma jamoa
2005Fransiya U181(0)
2006-2007Marokash U204(0)
2009-2019Marokash66(2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(9-dekabr uchun)

Hayoti

Benatia Fransiyaning Kurkuron shahrida marokashlik ota va jazoirlik ona oilasida tug‘ilgan[3][4].

Klublardagi faoliyati

Marsel

Benatia 2003-yilda „Marsel“ga kelib qoʻshilgan va ular bilan ilk professional shartnomasini imzolagan[5]. Tours va Lorientda ijarada oʻynaganidan soʻng, u 2008-yilning 1-iyulida Liga 2 klubi „Clermont“ga tekinga oʻtib ketadi.

Udinese

2010-yilning 1-iyulida Benatia A Seriyaning „Udineze Calcio“ klubiga yana erkin agent sifatida oʻtadi. U „Udineze“ safida 80 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urgan.

Roma

2013-yilning 13-iyulida Benatia 13,5 million yevro evaziga Romaga transfer qilindi va 5 yillik shartnomaga imzoladi[6]. 26-sentyabr kuni Benatia klub safida birinchi golini „Sampdoriya“ga qarshi oʻyinda (2:0) kiritdi[7].

Bavariya

Benatiya 2014-yilda „Bavariya“da oʻynagan

2014-yil 27-avgustda Myunxenning „Bavariya“ klubi Benatiani[8] 26 million yevro evaziga Roma klubidan transfer qildi va besh yillik shartnoma imzoladi[9][10]. „Bavariya“dan tashqari Benatia uchun „Manchester City“, "Chelsea", "Barcelona" va "Real Madrid" kabi klublar kurash olib bordi[11]. U „Roma“ni tark etganidan hafsalasi pir boʻlganini aytadi va klub uni pul uchun sotib yuborganligini taʼkidlab oʻtadi[11]. Buni eshitgan „Roma“ prezidenti Jeyms Pallotta gʻazablanib, „poisonous liar“ (yolgʻonchi) boʻlgani uchun uni sotib yuborganini aytib javob qaytaradi[12].

Yuventus

Benatia „Yuventus“ bilan 2018-2019-yilgi mavsumoldi oʻyinlarida

2016-yilning 15-iyulida Italiya chempioni "Yuventus" Benatiani 3 million yevro evaziga Bavariyadan 17 million yevroga sotib olish huquqi bilan ijaraga oladi[13][14]. U klubdagi debyutini 27-avgust kuni A Seriya doirasida „Lazio“ ga qarshi oʻyinda (1:0) oʻtkazdi[15].

2017-yilning 10-martida Benatia „Yuventus“ stadionida A Seriya doirasida „Milan“ga qarshi o‘yinda (2:1) „Yuventus“ safidagi ilk golini urdi[16]. 12-may kuni „Yuventus“ Benatiani 2020-yilgacha doimiy ravishda sotib olish imkoniyatidan foydalandi[17][18].

Al-Duhayl

2018-2019-yilgi mavsumning birinchi yarmida[19] atigi beshta o‘yinda maydonga tushganidan so‘ng, 2019-yilning yanvar oyida Benatia Qatar Yulduzlar ligasining „Al-Duhail“ klubiga o‘tdi[20][21]. 28-yanvar kuni „Yuventus“ Benatia transferidan 8 million yevro va bonuslar bilan 2 million yevro ishlab oldi[22]. U 16-fevral kuni Qatar Yulduzlar ligasida „Al-Sayliya“ga qarshi o‘yinda (1:0) „Al-Duhail“ safida debyut qildi[23].

Fotih Karagümrük

2021-yilning yozida u Turkiya Superligasining „Fotih Karagumruk klubiga oʻtdi. U 2021-yil 9-dekabrda professional futbol faoliyatini yakunlashdan oldin oltita ligada oʻynadi[24].

Terma jamoadagi faoliyat

Benatia 2011-yil iyun oyida Jazoirga qarshi oʻyinda.

Benatia Marokash terma jamoasi safida debyutini 2008-yil 19-noyabrda Kasablankadagi Muhammad V stadionida Zambiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida (3:0) o‘tkazdi[25]. U oʻzining birinchi golini 2011-yilning 4-iyunida „Stad de Marrakech“ stadionida Afrika Millatlar kubogi-2012 saralash bosqichi doirasida Jazoirga qarshi oʻyinda urdi[26].

Faoliyat statistikasi

Klub

Klub safida mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar
KlubMavsumLigaMamlakat kubogiKontinentalBoshqaUmumiyManba
LeagueOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollar
Tours (ijara)2006-07Ligue 22901000300[27]
Lorient (ijara)2007-08Ligue 100100010
Clermont2008-09Ligue 22711000281[28]
2009-10Ligue 23010020321[27][28]
Total5721020602
Udinese2010-11Serie A34300343[28]
2011-12Serie A27100111382[28]
2012-13Serie A1920060252[28]
Total80600171977
Roma2013-14Serie A33540375[28]
Bayern Munich2014-15Bundesliga151207100242[29]
2015-16Bundesliga14110601022[30]
Umumiy2923013110463
Juventus2016-17Serie A151105000211[28]
2017-18Serie A202328010324[28]
2018-19Serie A5000100060[28]
Umumiy4034214010595
Al-Duhail2018-19Qatar Yulduzlar ligasi711071152[27][28]
2019-20Qatar Yulduzlar ligasi1802060260[27][28]
2020-21Qatar Yulduzlar ligasi1301050190[27][28]
Total3814018100602
Fatih Karagümrük2021-22Süper Lig6000000060[27][28]
Umumiy312191826234039624

Xalqaro

Terma jamoa safida yil boʻyicha oʻyinlar va gollar[27][31]
Terma jamoaYilOʻyinlarGollar
Marokash200970
201040
201151
201280
201370
201440
201540
201640
201791
201880
201950
Umumiy662
Medhi Benatia tomonidan kiritilgan xalqaro oʻyinlardagi gollar roʻyxati[27]
No.SanaMaydonRaqibHisobNatijaCompetition
12011-yil 4-iyunStade de Marrakech, Marrakech, Marokash  Jazoir1-04-02012-yilgi Afrika Millatlar kubogi saralashi
22017-yil 11-noyabrStade Félix Houphouët-Boigny, Abidjan, Kot-d’Ivuar  Kot-dʼIvuar2-02-02018-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi

Yutuqlar

Benatia (chapdan beshinchi) „Yuventus“ safida

Marsel

  • UEFA Intertoto kubogi: 2005-yil

Bavariya[32]

Yuventus[32]

Al-Duhayl[33]

  • Qatar Yulduzlar ligasi: 2019-20
  • Qatar Amir kubogi: 2019

Shaxsiy sovrinlari

  • Yilning CAF jamoasi aʼzosi: 2013, 2014, 2015, 2018[34][35][36][37]
  • Mars d’Or (Eng yaxshi Marokash futbolchisi): 2013, 2014
  • Yilning eng yaxshi arab futbolchisi El Heddaf: 2015-yil
  • „Roma“da mavsumning eng yaxshi futbolchisi: 2013-14[38]
  • „Gran Galà del calcio AIC“ eng yaxshi markaziy himoyachi: 2014-yil[39]
  • Yevropa sport mediasining Yevropadagi mavsumning eng yaxshi jamoasi aʼzosi: 2013-14[40]
  • A Seriyaning yil jamoasi aʼzosi: 2013-14[41]
  • Qatar Yulduzlar ligasining eng yaxshi jamoasi aʼzosi: 2019-20
  • Globe Soccer Awards yilning eng yaxshi arab futbolchisi: 2014[42]
  • France Football Africa Yil jamoasi aʼzosi: 2017[43]
  • Goal Afrikaning yil jamoasi aʼzosi: 2018[44]
  • IFFHS CAF 2011-2020 oʻn yillikning eng yaxshi erkaklar jamoasi aʼzosi[45]
  • IFFHS barcha vaqtlardagi Marokash erkaklar jamoasi aʼzosi[46]

Manbalar