Muhammad Muxbir

(Muhammad Moxberdan yoʻnaltirildi)

Muhammad Muxbir Dizfuliy (forscha: محمد مخبر دزفولی‎; 1955-yil 1-sentyabr, Dizful) — eronlik davlat arbobi, 2021-yil 8-avgustdan 2024-yil 19-mayga qadar Eronning birinchi vitse-prezidenti. 2024-yil 20-maydan Eron prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchisi.

Muhammad Muxbir Dizfuliy
forscha: محمد مخبر دزفولی‎
 Eron prezidenti v.b.
 
Mansab davri
20-may 2024-yil – hozirgacha
Oʻtmishdoshi Ibrohim Raisiy
Oliy Rahnamo Ali Xomanaiy
 7-Eron vitse prezidenti
 
Mansab davri
8-avgust 2021-yil – 19-may 2024-yil
Prezident Ibrohim Raisiy
Vorisi Isʼhoq Jahongiriy
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1-sentyabr 1955-yil (1955-09-01) (68 yosh)
Dizful
Fuqaroligi Eron
Kasbi Siyosatchi
Dini Islom shia
Ilmiy unvoni Magistr
Imzosi

Bolaligi

Muhammad Muxbir 1955-yilda Dizful shahrida tugʻilgan[1]. Xalqaro huquq va menejment fanlari nomzodi va magistr darajasiga ega[2][3].

Mehnat faoliyati

Eron-Iroq urushi davrida Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusining tibbiy korpusida ofitser boʻlib xizmat qilgan. 2021-yil 8-avgustdan 2024-yil 19-maygacha Eronning birinchi vitse-prezidenti sifatida faoliyat yuritgan.

Prezidentlik

Muhammad Moxber

2024-yil 19-may kuni Eronning Sharqiy Ozarbayjon viloyatida Eronning oliy rahbarlari uchib ketayotgan vertolyot halokatga uchraydi. Natijasida 6 kishi, jumladan Eron prezidenti Ibrohim Raisiy va mamlakat tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon halok boʻladi. 2024-yil 20-may kuni qonunchilikka asosan Muhammad Muxbir 50 kun muddatga Eron prezidenti vazifasini bajaruvchisi etib tayinlanadi.

Sanksiyalar

Muhammad Moxber

2010-yil iyul oyida Yevropa Ittifoqi Muhammad Muxbirni „yadroviy yoki ballistik raketa faoliyati“ masalasiga aloqadorlikda ayblanib, sanksiya qoʻyilgan jismoniy va yuridik shaxslar roʻyxatiga kiritdi. Ikki yildan soʻng u qayd etilgan roʻyxatdan chiqariladi[4].

Manbalar