Varzaqandagi vertolyot halokati (2024)

2024-yil Eronda yuz bergan hodisa

2024-yil 19-may kuni Eronning Uzi, Varzaqan shahrida Tabrizga ketayotgan vertolyot halokatga uchragan[1]. Vertolyotda Eron prezidenti Ibrohim Raisiy, tashqi ishlar vaziri Husayn Amir-Abdullohiyan, Sharqiy Ozarbayjon gubernatori Malek Rahmatiy va Oliy rahbarning Sharqiy Ozarbayjondagi vakili Muhammad Ali Ale-Hoshem boʻlgan. Xabarlarga koʻra, ayni damda 40 nafar qutqaruv guruhi Dizmar oʻrmoni hududida qulagan vertolyotni topishga harakat qilmoqda[2][3]. Vertolyot qayerdaligi va yoʻlovchilarning ahvoli noma’lumligicha qolmoqda[4].

Varzaqan vertolyot halokati

Qulagan vertolyotning Xudaferinda olingan soʻnggi tasviri.
Hodisa
Sana 19-may, 2024-yil (12 kun avval) (2024-05-19), ≈ 13:30
Joylashgan joy Uzi, Varzaqan, Eron
Parvoz kelib chiqishi Eron
Manzil Tabriz, Eron
Yoʻlovchilar 4+
Yoʻqolgan 4+

Bu hodisa, Raisiy Eronning Ozarbayjon bilan chegarasida joylashgan Joʻlfa shahri yaqiniga uyushtirgan sayohati chogʻida sodir boʻlgan[5][6]. Eron televideniyesining xabar berishicha, qutqaruv ishlari zich oʻrmon relyefi, kuchli yomgʻir, tuman va kuchli shamol kabi noqulay ob-havo sharoiti tufayli qiyinchiliklarga duch kelmoqda[5]. Vertolyotni qidirishga yordam berish uchun dronlar, qidiruv-qutqaruv guruhlari va maxsus oʻqitilgan itlar safarbar etilgan[7].

Yana qarang

Manbalar