My Heart Will Go On
„My Heart Will Go On“ kanadalik qoʻshiqchi Celine Dion ijro etgan qoʻshiqdir. James Cameron tomonidan suratga olingan Titanic filmi asosiy taronasi oʻlaroq tanilgan. Qoʻshiq musiqasi James Horner tomonidan yaratilgan. Qoʻshiq matnini esa Will Jennings yozgan[1][2].
„My Heart Will Go On“ | ||||
---|---|---|---|---|
Celine Dion qoʻshigʻi | ||||
„Let's Talk About Love“ albomidan | ||||
Chiqarilgan sanasi | 24-noyabr 1997-yil | |||
Yozib olingan | 22-may 1997-yil | |||
Studiya | Wallyworld, The Hit Factory | |||
Janr | Pop | |||
Davomiyligi |
| |||
Leybl |
| |||
Bastakor(lar) | James Horner | |||
Lirik ijodkor(lar) | Will Jennings | |||
Prodyuser(lar) |
| |||
Celine Dion singllari xronologiyasi | ||||
| ||||
James Horner singllar xronologiyasi | ||||
| ||||
Klipi | ||||
„My Heart Will Go On“ YouTubeda |
Tarona Dionning Let's Talk About Love (1997) nomli studiyaviy albomiga kiritilgan. 1997-yilning 24-noyabrida singl oʻlaroq chiqarilgan. Qoʻshiq global miqyosda hitga aylangan. AQSh, Avstraliya, Avstriya, Belgiya, Birlashgan Qirollik, Daniya, Finlandiya, Fransiya, Germaniya, Irlandiya, Islandiya, Ispaniya, Italiya, Kanada, Niderlandiya, Norvegiya, Shvetsiya, Shveysariya va Vengriya kabi yigirma beshdan oshiq mamlakatlar chartlarida eng yuqori pogʻonani egallagan.
„My Heart Will Go On“ qoʻshigʻi Dionning „tashrif qogʻozi“ oʻlaroq koʻriladi[3]. Ashula umumjahon boʻylab 18 milliondan ortiq nusxada sotilgan[4][5]. Amerika ovoz yozish sanoati assotsiatsiyasi va Milliy sanʼat fondi tomonidan tuzilgan „Asr qoʻshiqlari“ (inglizcha: Songs of the Century) roʻyxatiga kiritilgan. Qoʻshiq uchun Bille Woodruff rejissorligida klip suratga olingan. Klip 1997-yilning oxirida omma eʼtiboriga havola etilgan. Bundan tashqari, Dion 2017-yilning 21-mayida Billboard Music Awards taqdirlash marosimida Titanic filmining 20 yilligi sharafiga qoʻshiqni ijro etgan[6].