Nahomi Kawasumi

Nahomi Kavasumi (yapon: 川澄 奈穂美, Kawasumi Nahomi, 1985-yil 23-sentabrda tugʻilgan) - yaponiyalik futbolchi, Nyu-Jersi FC Gotham jamoasida oʻynaydi. 2008-yildan beri toʻliq xalqaro oʻyinchi boʻlib, 2011-yilgi jahon chempionatida oltin, shuningdek, 2012-yilgi London Olimpiadasi va 2015-yilgi jahon chempionatlarida kumush medalni qoʻlga kiritgan. 2011-yilgi Jahon chempionatida u ikkita gol urdi, shu jumladan yarim finalda Shvetsiyaga qarshi 35 metrdan ajoyib gol sohibasiga aylandi va Yaponiyaga oʻz tarixida birinchi marta turnirda gʻalaba qozonishga yordam berdi.

Nahomi Kawasumi
Nahomi_Kawasumi
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi川澄 奈穂美
Tavallud sanasi23-sentyabr 1985-yil (1985-09-23) (38 yosh)[1]
Tavallud joyiYamato, Kanagawa, Yaponiya
Boʻyi157 sm
AmpluasiHujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
NJ/NY Gotham FC
Raqami9

Futbolga ilk qadamlar

Kavasumi Tokiodan 40 daqiqa janubda joylashgan Kanagava prefekturasida tugʻilib katta boʻlgan va u yerda yoshligida katta opasidan oʻrnak olib, futbol oʻynay boshlagan[2]. U Yaponiya terma jamoasining boʻlajak himoyachisi Megumi Kamiyonobe bilan birga boshlangʻich maktabda Rinkan Lemons jamoasida oʻynagan[3]. Kavasumi va Kamyonobe jamoa gollarining taxminan 70% ga mualliflik qilishdi[4]. Kavasumi Nippon Sport fan universitetida tahsil olgan[5].

Klubdagi karyera

INAC KOBE LEONESSA 2008—2016-yillar

Kavasumi INAC Kobe Leonessa bilan 2008-yilda shartnoma imzolagan[6]. Jamoa 2011-yilgi mavsumni 12-3-0 rekordi va 39 ochko bilan yakunladi[7].

2013-yilgi mavsumda Kavasumi ikkinchi marta liganing eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Uning oʻn ikkita golli natijasi jamoadoshi Beverli Gyobeldan keyin ikkinchi boʻldi[8]. Shuningdek, u ketma-ket toʻrtinchi yil liganing eng yaxshi oʻn bir jamoasiga kiritildi[9]. INAC 16-0-2 hisobi bilan ligada birinchi oʻrinni egallab, ketma-ket uch yil ichida uchinchi liga chempionligini qoʻlga kiritdi[10]. Ularning 48 ochkosi ikkinchi oʻrindagi Nippon TV Beleza jamoasidan 10 ochkoga koʻp edi.

2013-yilgi Xalqaro ayollar klublar chempionatida Kavasumi INACning ikkinchi goliga mualliflik qildi. Yarim finalda Chilining Kolo-Kolo Femenino jamoasi ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozondi[11]. INAC Kobe finalda Chelsi LFCni 4-2 hisobida magʻlub etib, turnirda gʻolib chiqdi[12][13].

2014-yil sentabr oyida Kavasumi 2014-yilgi NWSL mavsumini Seattle Reign FC bilan ijara asosida tugatgandan soʻng INAC Kobe Leonessaga qaytdi[14].


Kawasumi Seattle Reign FC tarkibida

Seattle Reign FC 2014—2018-yillar

2014-yil fevral oyida Kavasumi Sietl Reign bilan 2014-yilgi Ayollar Milliy Futbol Ligasi mavsumi uchun ijaraga shartnoma imzoladi[15]. 2014-yilning 6-iyulida Boston Breakersga qarshi oʻyinda 3-2 hisobida gʻalaba qozongan va Sietlning ikkita goliga mualliflik qilganidan soʻng Kavasumi NWSL haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi[16]. Bir necha hafta oʻtgach, 2013-yil chempioni Portlend Tornsga qarshi oʻyinda Kavasumi ikkita gol urdi va Reignsning 5:0 hisobida gʻalaba qozonishiga yordam berdi[17]. Keyinchalik u mavsumning 16-haftasida ikkinchi marta NWSL haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi[18]. Kavasumi 2014-yilgi mavsumni 9 gol va 5 golli uzatma bilan yakunladi[19]. U 2014-yilgi mavsumda NWSL Best XIga saylandi[20].

2016-yil iyun oyida Kavasumi NWSL klubi Sietl Reign FC bilan qayta shartnoma imzoladi[21]. Kavasumi qayta imzolanganidan bir necha kun oʻtib Boston Breakersga qarshi debyutida dubl qayd etib, NWSL haftaning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qoʻlga kiritdi[22]. Shuncha saʼy-harakatlarga qaramay, Reyn 2016- NWSL mavsumida beshinchi oʻrinni egalladi va uch yil ichida birinchi marta pley-offni oʻtkazib yubordi. Kavasumi qayta shartnima imzolanganidan keyin Reign uchun oʻnta oʻyinning barchasida oʻynadi, sakkiztasini asosiy tarkibda boshlab, uchta gol urdi.

2017-yil 13-may kuni Kawasumi Vashington Spirit ustidan 6-2 hisobida gʻalaba qozonib, toʻrtta assist bilan NWSL yakkalik bahslarida yangi rekord oʻrnatdi[23]. U 2017-yilgi mavsum oxirigacha shunday oʻynashda davom etdi, barcha 24 oʻyinda maydonga tushdi va oltita gol urdi[24]. Uning hissasiga qaramay, Sietl yana beshinchi oʻrinni egalladi va pley-offni oʻtkazib yubordi.

Yangi bosh murabbiy Vlatko Andonovski kelganidan keyin Kavasumi kam maydonga tusha boshladi va 2018-yilgi mavsumni ochkolarsiz yakunladi[25]. Mavsum oraligʻida Kavasumi oʻz mamlakatida boʻlib oʻtadigan 2019-yilgi ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati va 2020-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlari oldidan oʻzining maydonga tushishlar sonini maksimal darajaga chiqarishni soʻrab murabbiyga murojat qildi[26].

NAC Kobe Leonessa 2016-yil

2016-yilgi NWSL mavsumi yakunlangach, Kavasumi sobiq klubi INAC Kobe Leonessa bilan L.League 2016-yilgi mavsumining qolgan qismi uchun ijaraga shartnoma imzoladi[27]. U finalda oʻynamaganiga qaramay, klubga 2016-yilgi imperator kubogini yutib olishga yordam berdi[28].

Sky Blue FC

2019-yil 15-yanvarda Sietl Reign FC Kavasumini NWSL klubi Sky Blue FCga amerikalik hujumchi Shea Groom evaziga almashtirdi.

Terma jamoa

Nahomi Kawasumi Yaponiya terma jamoasi tarkibida

Kavasumi 2008-yilda Nadeshiko Yaponiya nomi bilan tanilgan Yaponiya terma jamoasida oʻynay boshlagan. U birinchi xalqaro golini 2011-yil Algarve kubogida Finlandiya darvozasiga kiritdi[29].

2011-yilgi jahon chemponati

JCh-2011 yarim finalida Shvetsiyaga qarshi oʻyinda Kavasumi ikkita gol urib, Yaponiyaga 3:1 hisobida gʻalaba olib keldi bu Yaponiyani AQShga qarshi finalga olib chiqdi[30][31][32]. Kavasumi asosiy tarkibda maydonga tushdi va 18-daqiqada hisobni tenglashtirdi, keyin esa 64-daqiqada gʻalaba golini kiritdi[33]. Yaponiya yakunda AQShni penaltilar seriyasida magʻlub etib, oltin medalni qoʻlga kiritdi[34][35][36].

2012-yilgi yozgi olimpiada oʻyinlari

Kavasumi 2012-yilgi London Olimpiadasi uchun Yaponiya terma jamoasiga kiritildi va jamoaning Kanadaga qarshi guruh bosqichidagi birinchi oʻyinida turnirdagi ilk golini kiritdi. Yaponiya Kanadani 2:1 hisobida magʻlub etdi[37]. Yaponiya Shvetsiya va Janubiy Afrikani magʻlub etib, oʻz guruhida ikkinchi oʻrinni egalladi[38]. Chorak finalda Braziliyani 2:0 hisobida magʻlub etgan Yaponiya yarim finalda Fransiya bilan toʻqnash keldi va 2:1 hisobida gʻalaba qozonib, finalga yoʻl oldi[39]. Finalda jamoa AQSHga 2-1 hisobida magʻlub boʻldi va Yaponiyaga turnirning kumush medalini qoʻlga kiritdi[40]. Kavasumi Yaponiya terma jamoasi uchun har bir oʻyinda oʻynab, bittadan gol urib, turnirni yakunladi[41].

2015-yilgi jahon chempionati

Kavasumi Yaponiya jamoasining ajralmas qismi boʻlib qoldi va jamoaga 2015-yilgi ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida ikkinchi oʻrinni egallashga yordam berdi. Uning soʻnggi daqiqadagi uzatmasi ingliz himoyachisi Laura Bassettning avtogoli bilan yakunlandi va Yaponiyani finalga olib chiqdi[42].

Karyera statistikasi

Klub

KlubMavsumLigaMamlakat kubogiLiga kubogiUmumiy
OʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGol
INAC Kobe Leonessa200821342-255
2009211030-2410
201018842522712
2011161242-2014
201218841522711
20131812421053219
Umumiy1125323920915571
Seattle Reign FC2014209-20229
2016103--103
2017246--246
2018140-00140
Umumiy6818-207018
INAC Kobe Leonessa20149120-111
201523451-285
20161121030152
Umumiy4378130396
Karyerada umumiy22378311025927995

Terma jamoa

Xalqaro maydonda kiritlgan gollar

Xalqaro gollar
Raqam.SanaJoyRaqibHisobNatijaTurnir
14-Mart 2011-yilLagos, Portugaliya
2–0
5–0
2011 Algarve kubogi
29-Mart 2011-yilParchal, Portugaliya
1–2
1–2
313-Iyul 2011-yilCommerzbank-Arena, Frankfurt, Germaniya
1–1
3–12011-yilgi jahon chempionati
4
3–1
51-Sentabr 2011-yilShandong Provincial Stadium, Jinan, Xitoy
1–0
3–0
2012-yilgi yozgi olimpiada oʻyinlari uchun kvalifikatsiya
65-Sentabr 2011-yil
1–0
1–0
729-Fevral 2012-yilParchal, Portugaliya
2–1
2–1
2012 Algarve kubogi
87-Mart 2012-yilEstádio Algarve, Portugaliya
1–2
3–4
925-Iyul 2012-yilCity of Coventry Stadium, Coventry, Buyuk Britaniya
1–0
2–1
2012-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari
1011-Mart 2013-yilEstádio Algarve, Portugaliya
2–0
2–0
2013 Algarve kubogi
1126-Iyun 2013-yilPirelli Stadium, Burton upon Trent, Angliya
1–1
1–1
Oʻrtoqlik oʻyini
1222-Sentabr 2013-yilNagasaki Athletic Stadium, Isahaya, Yaponiya
2–0
2–0
1326-May 2014-yilThống Nhất Stadium, Ho Chi Minh City, Vietnam
1–0
4–02014 AFC Ayollar oʻrtasida Osiyo kubogi
14
4–0
15.18-Sentabr 2014-yilNamdong Asiad Rugby Field, Incheon, Janubiy Koreya
1–0
12–02014 Osiyo oʻyinlari
16.
12–0
17.22-Sentabr 2014-yilIncheon Munhak Stadium, Incheon, Janubiy Koreya
0–3
0–3
18.28-Oktabr 2014-yilCommonwealth Stadium, Edmonton, Kanada
0–3
0–3
Oʻrtoqlik uchrashuvi
19.9-Mart 2015-yilStadium Bela Vista, Parchal, Portugaliya
1–0
1–3
2015 Algarve kubogi
207-Mart 2016-yilKincho Stadium, Osaka, Yaponiya
3–1
6–1
2016 AFC Ayollar oʻrtasida olimpiada kvalifikatsiyasi


Manbalar


Havolalar